Shtab: Muftiyot juma namoziga ruxsat berilishini so‘ramoqda

228
0

Shtab: Muftiyot juma namoziga ruxsat berilishini so‘ramoqda

 Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi koronavirusga qarshi respublika tezkor shtabiga murojaat qilib, fuqarolardan juma namoziga ruxsat berish to‘g‘risida iltimoslar tushayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda shtabning 22-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida aytildi

 Yig‘ilishda, musulmonlar diniy boshqarmasi diniy muassasalarda sanitariya talablarining bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmasiga olmoqda. Shtabning ma’lumotiga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Almazbek Baatirbekov sog‘liqni saqlash vazirligi, Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi va muftiyotga sanitariya xavfsizligi algoritimini ishlab chiqish vazifasini topshirdi.

 Izoh: Biz musulmonlar Islom davlatisiz, Xalifaliksiz shunday xor darajaga tushdikki, Allohning farzini bajarish uchun kofirning malayidan ruxsat so‘raydigan, uning marhamatini kutadigan bo‘lib qoldik.

 Qirg‘iz hukumati mart oyida mamlakatda karantin joriy etgan vaqtda binichi o‘rinda masjidlarni yopdi, musulmonlarni jamoat va juma namozlarini ado etishlarini taqiqladi. Qariyib ikki oy davom etgan qat’iy karantindan so‘ng rasmiy hukumat karantin choralarini bosqich-bosqich yumshatib, bozorlar, sport markazlari, fitnes klublar… va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan maskanlar faoliyatiga ruxsat berdi. Ammo masjidlar ochilishi eng oxirgi navbatga qoldirildi. Hukumat masjidlar ochilishiga ruxsat bergan bo‘lsada, masjidlarda “ijtimoiy masofa” saqlanishi, dizenfektsiya ishlari olib borilishini shart qilib qo‘ydi. Bozorlar, jamoat transportlari, istirohat bog‘larida esa bu talablar bajarilmayotganiga e’tibor ham qaratmadi. Musulmonlar hukumat tomonidan qo‘yilgan talablarni bekamu ko‘st bajarishlariga qaramay rasmiylar Ramazon hayit namozi o‘qishga ruxat berishmadi. Keyinchalik, mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashganini bahona qilib yana qayta masjidlarda juma namozlari o‘qilishini taqiqladi, Qurbon hayiti namozini bekor qildi, Haj ziyoratidan to‘sdi. Biroq, bozor va boshqa kasallik o‘chog‘i bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarni yopmadi…

 O‘zlarini musulmonlar ustidan rahbarmiz deb hisoblaydigan muftiy va muftiyot xodimlari esa Allohning shariatiga rioya qilish o‘rniga rasmiy hukumat chiqargan qarorlarni shariatga maslashtirish uchun dinni burmalashga o‘tishdi. Ular Allohning oldidagi hisob-kitobdan emas, balki vaqtinchalik egallab turgan lavozimlarini saqlab qolish ilinjida dunyoviy hukumat rahbarlaridan qo‘rqishdi. Ular bu dunyo o‘tkinchi ekanligini bilib turgan holda dunyo matosini Oxiratdan afzal bilishdi…

 Biz musulmonlar, yana qayta Islom bayrog‘i ostida birlashmas ekanmiz ustimizda hukm yuritayotgan kofir tuzum va uning malaylari dinimiz, e’tiqodimiz va qadriyatlarimiz ustidan ko‘ngillariga kelgan ishni qilaverishadi. Biz avvalgi azizlik holatiga qaytishimiz, ibodatlarimizni birovning qosh-qovog‘iga qarab o‘tirmay, emin-erkin bajarishimiz, zimmamizdagi omonatni ado etish, Islomni butun olamlar uchun hidoyat va rahmat risolati sifatida ko‘tarib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz uchun Xalifalik davlatini qayta barpo etishimiz zarur.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.