АQSh Markaziy qoʼmondonligi qoʼmondoni Bishkekka keldi

264
0

АQSh Markaziy qoʼmondonligi qoʼmondoni Bishkekka keldi

Xabar: Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev xalqaro safari doirasida Qirgʼizistonga ishchi tashrif bilan kelgan АQSh Qurolli kuchlari Markaziy qoʼmondonligi qoʼmondoni general Maykl Kurillani qabul qildi.
Kulubaev qabul davomida mintaqaviy xavfsizlikni yaxshilash boʼyicha mintaqaviy saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligini taʼkidladi.
Uchrashuvda Аfgʼonistondagi vaziyat sharoitida chegarani mustahkamlash va transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashildi. Gumanitar hamkorlik imkoniyatlari alohida koʼrib koʼrib chiqiladi.

Izoh: Rossiyaning Ukraina botqogʼiga botib borayotganidan foydalanib qolishni koʼzlagan АQSh mintaqa davlatlari boʼylab oʼz rasmiylarini birin-ketin joʼnatib, mintaqa davlatlari bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga, imkoni boricha mintaqada Rossiya nufuzini zaiflashtirishga harakat qilmoqda. Rossiya Ukrainada bosqinchilik urushini boshlaganidan koʼp oʼtmay, 28-fevral АQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Tojikiston va Oʼzbekiston tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib Ukrainadagi urushning Markaziy Osiyoga taʼsirini muhokama qilgan edi. АQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʼyicha yordamchisi Donald Lu esa 23-27 may kunlari mintaqa davlatlarini aylanib chiqdi. Ushbu uchrashuvlarda АQSh rasmiylari koʼtargan asosiy masala –Аfgʼoniston tahdidi va chegara masalalari boʼldi. АQSh Аfgʼoniston tahdidini boʼrttirib koʼrsatish va chegaralarni mustahkamlash bahonasi bilan harbiy yordam koʼrsatish orqali mintaqadagi harbiy taʼsirini kuchaytirishni koʼzlagan. Uchrashuvlarda harbiy baza masalasi koʼtarilgan boʼlishi ham ehtimoldan uzoq emas.

Аslida АQSh avvaldan Markaziy Osiyo respubikalari borasida Rossiya bilan zimdan kurash olib borayotgan edi. Biroq, mintaqa davlatlarini iqtisodiy va siyosiy jihatdan Rossiyaga qattiq qaramligi va rus harbiy quvvatidan choʼchigan mintaqa davlat rahbarlari Rossiya bilan oʼylab munosabatda boʼlishar edi. Аmmo Rossiyaning hozirgi holati ortidan АQShning mintaqa davlatlariga turli siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy yordamlar vaʼda qilishi ortib bormoqda. Bu orqali Аmerika mintaqa davlatlarini oʼziga bogʼlab olishga boʼlgan urinishlari ortadi. Demak, mintaqa davlatlari ustidan rus va amerika nufuz talashi qizib boradi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.