Hamdukning Sudanni xalqaro vasiylik ostiga kiritish uchun harakat qilishi harbiy inqilobni tezlashtirishi mumkin

346
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hamdukning Sudanni xalqaro vasiylik ostiga kiritish uchun harakat qilishi harbiy inqilobni tezlashtirishi mumkin

Xalqaro xavfsizlik kengashining 2020 yil 24 aprel juma kuni chiqargan bayonotida Sudanning BMTda siyosiy vakolatxona ochish to‘g‘risidagi iltimosi qondirildi. (Sudan tribyun). Ushbu delegatsiya bosh vazir Hamdukning 2020 yil 26 yanvarda BMT bosh kotibiga yo‘llagan maktubidagi iltimosiga binoan keladi. Bu haqda Qudsul Arabiy gazetasining 2020 yil 9 fevral sonida bunday deyiladi: (Sudan hukumati oltinchi bobga muvofiq tinchlikni qo‘llab-quvvatlash uchun imkoni boricha tezroq BMTdan Xavfsizlik kengashi vakolatini olishni iltimos qildi. Sudan hukumati buni kuchli tarkibga ega siyosiy delegatsiya shaklida bo‘lishi hamda kutilayotgan delegatsiyaning vakolati Sudanning barcha territoriyasini o‘z ichiga olishi lozimligini aytgan). Shu manbaning o‘zida ushbu delegatsiya salohiyatlari haqida bunday deyiladi: (Sudanga xalqaro iqtisodiy yordamlar ko‘rsatish, yurtning barcha joylarida faol insonparvarlik yordamlarini berish, konstitutsiya ishlab chiqish hamda qonun va sud sohasida islohot o‘tkazish, madaniy xizmatlar va xavfsizlik sohasida, fuqaroviy xizmat sohasida islohotlar o‘tkazish uchun texnik ko‘mak ko‘rsatish, yurt ichida darbadar yurganlar va xorijdagi qochqinlar masalasini qayta ko‘rib chiqish, mahalliy jamiyatlar o‘rtasida bitimlar tuzish, tinchlik o‘rnatish, o‘tish davrida adolat o‘rnatish, oddiy fuqarolarni himoya qilish, milliy politsiyaning kuchini tiklash hamda BMT va Afrika Ittifoqi politsiyasidan maslahat guruhini etkazib berish).

Darhaqiqat, Hamdukning BMT bosh kotibiga yo‘llagan murojaati taqriban ikki hafta maxfiy saqlandi. Lekin shundan keyin bu xabar matbuotga sizib chiqib, uning ishi fosh bo‘ldi. So‘ng amaliy jihat boshlandi va mart oyi oxirida Britaniya bilan Germaniya Xavfsizlik Kengashiga rezolyutsiya loyihasini taqdim etishdi. So‘ng matbuot Hamdukning xitobini loyihaga bog‘ladi. «Intibohiya onlayn»ning 2020 yil 30 mart kungi xabarida bunday deyildi: (BMTning Sudanda tinchlikni saqlash va o‘rnatish uchun siyosiy missiyani tashkil etish rezolyutsiyasi loyihasi Britaniya tomonidan ilgari surildi, Germaniya ishtirokida uni BMT Xavfsizlik Kengashiga tayyorlab berildi… Bundan, demak, Hamduk hukumatining Sudanni xalqaro vasiylik ostiga tashlab bergani va qayta mandatga kiritgani yaqqol ko‘rinib turibdi). Britaniyaning Xartumdagi elchisi ushbu xabarni tinglagach o‘zini yo‘qotayozdi hamda Hamdukning murojaati oshkora tarqalib ketgani va uni rezolyutsiya loyihasiga bog‘lashganidan bezovtalandi. Britaniya elchisi TagPress saytiga bunday dedi: (Rezolyutsiya loyihasining ayni damda oshkor bo‘lgani mas’uliyatsiz ish bo‘lib, uni Xavfsizlik Kengashi tomonidan tasdiqlanishini qiyinlashtiradi). Elchi qo‘shimcha qilar ekan, bunday dedi: (Kuzatganingizdek, rezolyutsiya loyihasining oshkora tarqab ketishi va Xartum gazetalarida bosib chiqarilishi Sudan hukumatiga qarshi xunuk tanqidlar paydo qildi. Menga shu narsa tushunarli bo‘lishini istaymanki, ushbu rezolyutsiya loyihasi avvalo Britaniya va Germaniya davlatlarining fikrlaridir. Biz bu loyihani Sudan hukumatiga tanishtirgan emasmiz, Sudan hukumati unda ishtirok etgan emas. Shuning uchun bu rezolyutsiya Sudan hukumati qarashini belgilaydi yoki uni qo‘llab-quvvatlaydi, deb aytish xatodir).

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari ushbu voqe qarshisida quyidagi haqiqatlarni bayon qilamiz:

Birinchidan: Britaniya elchixonasi buyruqlarini bajaradigan bosh vazir Abdulloh Hamduk qari Britaniya yordami bilan Sudanni an’anaviy mustamlaka, ya’ni xalqaro vasiylik ostiga kiritmoqchi. Hamduk bu ishni hukumatning barcha konstitutsion salohiyatlarini ushbu delegatsiyaga topshirish orqali amalga oshirmoqchi. Zero, bu talab Xavfsizlik kengashiga konstitutsion sud salohiyatlarini beradi va uni konstitutsion hujjatni saqlashga hakam qilib qo‘yadi. Natijada, o‘tish davri hukumatining barcha muassasalari BMT delegatsiyasi etakchiligiga bo‘ysunadigan bo‘lib qoladi. Bu aynan mustamlakaning o‘zi emasmi? Hamduk va uning o‘tish davri hukumati qilayotgan ish milliy boshqaruv va mustaqillikni devorga urib, mamlakatni mustamlakaga topshirish emasmi?

Ikkinchidan: Hamduk o‘z murojaatini 26 yanvardan 9 fevralgacha yashirdi, so‘ng u fosh bo‘ldi va Britaniya elchisi Hamduk murojaatining oshkora tarqab ketishidan bezovtalandi. Bularning barchasi bosh vazir Britaniya elchisi yordami bilan Sudanni xalqaro vasiylik ostiga kiritish uchun uyushtirgan til biriktiruv ekaniga dalillardir!!!

Uchinchidan: Britaniyaga tobe Hamdukning Sudanni BMT vasiyligi ostiga kiritishidan maqsadi, Amerika elchiligiga aloqador harbiy etakchilikning hukumatga qarshi inqilob qilishini to‘xtatishdir. Zero, bu hukumat odamlarning hayotiga oid barcha muammolarini hal qilish, zulmni yo‘qotish hamda jinoyat qurbonlari, Bashir muassasalarining zo‘ravonliklari va qatli om borasidagi ma’lumotlarni odilona hal qilishdan ojizdir.

To‘rtinchidan: Hamdukning bosgan qadami aks natija berishi va harbiy inqilobni paydo qilishi mumkin. Ayniqsa o‘tish davri hukumati koronavirus pandemiyasi sababli uch haftadan beri poytaxtda hukm surayotgan to‘la karantinga qarshi harbiy inqilob bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p marta ogohlantirayotgan ekan, inqilob bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Arabiy 21 sayti Nьyu-York Tayms gazetasidan iqtibos qilishicha, amerikalik bir rasmiy ismini oshkor qilmaslik sharti bilan bunday degan: (So‘nggi oylarda iqtisod tufayli xalq qo‘llab-quvvatlovini yo‘qotgan fuqarolik etakchiligi inqilob bo‘lishidan shunchalik ko‘p ogohlantirdiki, hatto «Yolg‘onchi cho‘pon» hikoyasidagi cho‘ponga o‘xshab qolishi ham mumkin). Kecha, ya’ni, 2020 yil, 25 aprel kuni boshqaruv kengashi raisi Abdulfattoh Burhon Sudan televideniesi orqali chiqish qildi. Kengash raisi unda siyosiy partiyalarni armiya ichida yacheykalar tashkil qilishda ayblar ekan, bunday dedi: (Ayrim taraflar (ismini aytmadi) harbiy muassasaga mansub kishilar bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda. Ayrim partiyalarning armiya ichida yacheykalari bor. Burhon bu bilan Sudanda ro‘y bergan barcha inqiloblarni qurolli kuchlar uyushtirgani va bu ishda boshqalarga suyanganiga ishora qildi).

Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari Ummatimizni mustamlakadan ozod qilishga bel bog‘laganmiz. Bu ish mustamlakachi kofirlar va ularning malaylari parda ortida tuzadigan rejalarini fosh qilishni taqozo etadi. Ummat Islomni boshqaruvga olib kelish bilangina mustamlaka zanjirlaridan ozod bo‘ladi. Lekin buning uchun Islomni tatbiq etadigan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati bo‘lishi kerak. Bu davlatda o‘z aqidasi va Ummatiga xolis rabboniy kishilar etakchilik qiladilar. Ularning siyosiy onglari o‘zlari uchun qo‘riqchidir. Ular yurtlarimizdan kofirlarning ildizini qo‘porib tashlab, Islomni olamga olib chiqadilar.

Biz Allohga itoat va qurbat hosil qilinadigan ushbu ulug‘ oyda kuch va himoya ahlini elkalariga yuklangan ulug‘ mas’uliyatning buyuk ekanini eslashga va boshqaruvni Hizb ut-Tahrirga berish orqali o‘z burchlarini oqlashga chaqiramiz. Zero, Hizb ut-Tahrir bir necha islomiy yurtlarda hokimiyatni olish uchun harakat qilmoqda. Hizb bu ishni Payg‘ambarimiz ﷺ bashorat qilgan ikkinchi roshid Xalifalik davlatida islomiy olamni birlashtiradigan Islomiy davlatning hosildor urug‘ini ekish orqali amalga oshirmoqchi. Alloh Taolo aytadi:

وَالسَّابِقُونَ الْأَوَّلُونَ مِنَ الْمُهَاجِرِينَ وَالْأَنصَارِ وَالَّذِينَ اتَّبَعُوهُم بِإِحْسَانٍ رَّضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي تَحْتَهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَداً ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ

«Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi bo‘ldi va ular ham Undan rozi bo‘ldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qo‘ydi. Mana shu buyuk baxtdir» [Tavba 100]

Hizb ut-Tahrir Sudan viloyati

3 ramazon 1441h

26 aprel 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.