Qirg‘iziston xalqaro tashkilotlarga umid ko‘zini tikmoqda

429
0

Qirg‘iziston xalqaro tashkilotlarga umid ko‘zini tikmoqda

 Qirg‘iziston hukumati Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo taraqiyot banki, Evropa taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan 456 million dollar qarz olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Erkin Asrandievning 17-aprel kuni ma’lum qildi. Bundan tashqari Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Koreya, Tsveytsariya, Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlardan moliyaviy va insonparvarlik yordami qatori oziq-ovqat va tibbiy asbob uskunalar ko‘rinishida olingan yordamlar bor.

 “31-martda XVFdan 120 million dollar kelib tushdi. Qolgan summa kelganicha yo‘q. XVFdan olingan mablag‘ byudjet harajatlari: oylik ish haqi, nafaqa, pensiya va Sog‘liqni saqlash vazirligi harajatlariga sarflanmoqda”, – dedi Erkin Asrandiev.

Izoh: Koronavirus pandemiyasi qishloq xo‘jaligiga asoslangan, shundoq ham qashshoq davlatlarni yanada ko‘proq qarzga botirish quroliga aylanib bormoqda. Xususan, Qirg‘iziston ham o‘z imkoniyatlarini hisobga olmagan holda butun xalqni majburiy tarzda karantinga oldi. Iqtisod deyarli to‘xtab qoldi. Jeenbekov pandemiyaga qarshi kurash va uning iqtisodga etkazadigan salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun deyarli barcha xalqaro moliyaviy tashkilotlardan qarz so‘rash yo‘liga o‘tib oldi. Hukumat oqibatini o‘ylamay, kim qanday shartlar asosida bo‘lmasin qarz berishga rozi bo‘lsa hech birini qaytarmay olmoqda. Ammo bir kun kelib bu qarzlarni qaytarish zarur bo‘ladi. Shunda hukumat avvalgi qarzlarni to‘lash uchun yana yangi qarz olishga majbur bo‘ladi. Masalan, joriy yilda Qirg‘iziston tashqi qarzni to‘lash uchun 28 milliard som (350 million dollar) ajratishi zarur. Biroq, byudjetda shusiz ham mavjud bo‘lgan kamomad sababli hukumat bu qarzni ado qila olmaydi. Shu sababli ham Jeenbekov haqdor davlatlardan, xususan Xitoydan qarz muddatini kechiktirishni so‘rab murojaat qildi. Ammo hozircha Xitoy hukumati prezidentning bu iltimosiga javob qaytarmadi. Bundan tashqari, Qirg‘izistonning Xalqaro valyuta fondidan bo‘lgan qarzi 139 million dollarni tashkil etadi (yangi olingan 120 million dollardan tashqari). XVF va boshqa sudxo‘r tashkilotlar 25 davlat uchun qarz to‘lash muddatini 6 oyga kechiktirdi. Biroq bu davlatlar safiga Qirg‘iziston kiritilmadi. Demak, qirg‘iz hukumati joriy yilda ham qarzini to‘lashi, ham byudjetdagi 30 milliard somlik kamomadni yopishi zarur bo‘ladi. Buning uchun esa yana yangi qarz oladi va qarz botqog‘iga botib boraveradi. Mustamlakachi davlatlar manfaati yo‘lida xizmat qiluvchi bu tashkilotlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad ham ayni o‘zidir.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.