«Islom oila, avlod va jamiyatning himoyachisidir» nomli kampaniya yakunlandi!

432
0

«Islom oila, avlod va jamiyatning himoyachisidir» nomli kampaniya yakunlandi!

Ma’lumki, 2020 yil 21 yanvarda «Islom oila, avlod va jamiyatning himoyachisidir», nomli kampaniya boshlagan edik. Koronavirus epidemiyasi tufayli ko‘rilayotgan chora-tadbirlar sababli, ushbu kampaniyamizni 2020 yil 28 mart shanba kungi yakuniy programma orqali ertaroq yakunladik. Yakuniy programmada akademik, jurnalist va nodavlat tashkilot vakillaridan 21ta ishtirokchi (5 tasi bevosita studiyada, 15 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali) qatnashdi. Yig‘ilish so‘nggida «Islom oila, avlod va jamiyatning himoyachisidir» kampaniyasining yakuniy bayonoti eshittirildi. Shuningdek, unda quyida ishlar ta’kidlandi:

Oila jamiyatning asosini tashkil etadi, farzandlarimiz esa, kelajagimizni shakllantiradi. Oila, avlodlar va jamiyatni turli yomon fikrlar, ishlar va mashg‘ulotlardan himoya qilish Islomni adolat bilan tatbiq qiladigan va uni risolat sifatida olamga olib chiqadigan davlatda ro‘yobga chiqadi. Erkak va ayolni oilaning ikki ustuni degan e’tiborda, farzandlarni er-xotinlik samarasi degan e’tiborda himoya qilinsa va ularning Islom bilan bog‘lanishlari kuchli bo‘lsa, jamiyat kuchli va bir-biriga jips bo‘ladi. Er-xotinlik, erkakning ayolga bo‘lgan aloqasi, oilaviy aloqalar hamda nasl-nasab va qarindoshlik buzilsa, jamiyat mo‘rt bo‘ladi va birinchi zarbadayoq qulaydi. Bu narsa bugun olamda koronavirus epidemiyasi tarqalgan paytda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa, jamiyat uchun birdamlik va hamkorlikning qanchalik ahamiyati bor ekanini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Biz Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati a’zolari 21 yanvarda «Islom oila, avlod va jamiyatning himoyachisidir», nomli kampaniyani boshlagan edik. Biz bu kampaniya davrida Turkiyaning turli shaharlarida 29ta seminar va lektsiyalar o‘tkazdik. Koronavirus epidemiyasi xususida 26ta seminar o‘tkazdik. Kampaniya mobaynida oilani himoya qilish mavzusida biz bilan hamdard bo‘ladi, deb hisoblagan nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, baladiyalar rahbarlari, rasmiy vakillar, jurnalistlar va matbuot xodimlari bilan bilvosta aloqa bog‘ladik. Tub echimlar haqida fikr almashdik va maslahat qildik. Kampaniya maqsadlari haqida gaplashib, ularning qo‘llab-quvvatlashlarini talab qildik. Shu doirada 547ta ziyorat qilib, ushbu mavzu bo‘yicha o‘zimiz tayyorlagan 55 mingta kitobcha tarqatdik. Shuningdek, «Istanbul kelishuviga va 6284 raqamli qonun»ga barham berish uchun internet orqali imzo yig‘dik, 110 ming kishining imzosi va qo‘llab-quvvatloviga erishdik.

Biz ko‘pgina yaxshi insonlarning qo‘llab-quvvatloviga erishganimiz uchun Alloh Taologa hamd aytamiz. Biz bilan hamdard bo‘lgan, bizga o‘z eshiklarini ochgan, kampaniyada ishtirok etgan va chaqirig‘imizga javob bergan nodavlat tashkilotlar, mufakkirlar, jurnalistlar, akademiklar, ustozlar, hurmatli shayxlar va ushbu kampaniyaga qatnasha olmagan musulmonlarga tashakkurlar bildiramiz. Alloh ularning barchasidan rozi bo‘lsin.

Biz Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati a’zolari qayta aytamizki, biz oila, avlod va jamiyatni himoya qilish uchun musulmonlar bilan birga faoliyat qilamiz. Bizning «Islom oila, avlod va jamiyatning himoyachisidir» nomli kampaniyamiz yakunlangan bo‘lsa-da, muammo hali echilmadi. Chunki muammo Islom hayotimizning barcha jihatlariga hukmron bo‘lsagina echiladi. Biz aynan mana shu narsa ro‘yobga chiqmagunicha o‘z faoliyatimizni uzluksiz davom ettiramiz. Ana o‘shanda bu yurtlarga Islom yana qaytadi hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida xavfsizlik, tinchlik va sihat-salomatlik qaytadi. Allohning izni bilan Rosululloh ﷺ bayrog‘i yuksak ko‘tariladi. Agar biz oliyhimmatli bo‘lsak va faoliyatni to‘xtatmasak, aziz va qo‘llab-quvvatlovchi bo‘lgan Alloh bizga nusrat beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.