Aleksandr ismli Chingiz. Nima uchun qirg’izlar xristian diniga o’tib ketishmoqda?

553
0

Asrlar mobaynida islom dinida ibodat qilib kelgan qirg’izlarning bugunga kelib xristian diniga o’tib ketishlarini kim xayoliga keltiribdi. Albatta, buning bir necha sabablari bor. Birinchi navbatda bu “Iegova guvohlari”, “Iso Masih cherkovi” va “Yettinchi kuning adventislari” va boshqa turli xristian oqimlarining diniy targ’ibot-tashviqot ishlari natijasidir.

Ikkinchi muhim omillardan biri shuki, xristian diniy oqimlari a’zolari payka, tekin tushlik va bepul kiyim-kechak sifatida moddiy yordamga ega bo’lmoqdalar. Qashshoqlikka yuz tutgan Qirg’iziston axolisining iymoni sust tabaqasiga albatta, bu muhim rol o’ynaydi.

Yaqindagina xristanlikni qabul qilgan o’shlik qirg’iz Saparbayning norasmiy suxbat chog’ida aytishicha, “Biz har qanday dinni qabul qilaveramiz. Shaytonga sig’inishga ham tayyormiz, faqat bizni qornimizni to’yg’azishsa va oziq-ovqat berishsa bo’ldi”.

Yaqinda O’shga “Iegova guvohlari” respublika xristian diniy tashkiloti boshchisi Suyun Umataliev keldi. U O’sh shahrining Cheremushka massividagi “Biblich maktabi”da “iegovistlar” bilan uchrashuv o’tkazdi. O’shsh RЅrining iogeviyotkari faoli Svetlana Malisheva qilinayotgan ishlar xaqida hisobot berdi. Unga ko’ra, yil boshidan buyon iogavistlar safiga 32 qirg’iz qo’shilgan. Uchrashuv so’ngida yangi xristianlardan bir Guruhini malaka oshirish uchun Yekaterinburkka yuborish masalasi rasmiylashtirildi. Guruhga o’shlik Salomat Ismailova rahbar etib ta’yinlandi. Yig’ilishdan keyin “iegovistlar” to’kin-sochin dasturxonga taklif`etildilar.

Yaqinda “Iso Masix cherkovi” xristian diniy oqimi O’sh bo’limi raxbarligiga amerikalik Bob Charter ta’yinlandi. Uning ishonchli vakili sifatida xristianlikni qabul qilgan va O’sh ayollari orasida targ’ibot ishlari bilan faol shug’ullanib kelayotgan Ayjamal Baqi qizi ish yuritmoqda.

“Iso Masix cherkovi” har xafta yig’ilish o’tkazadi. Unda axoli orasida tashviqot ishlarini rivojlantirish masalalari muhokama etiladi. O’z saflarini kengaytirish uchun ular tekin tushliklarni uyushtiradilar, ishtirokchilarga oziq ovqat va bolalar uchun o’yinchoqlar tarqatadilar. “Iso Masih cherkovi” AQSh tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadi.

Jaloloboddagi “Logus” o’quv markazi qoshida turli xristian oqimlari missionerlari in qurib olishgan. Tekinga chet tilini o’rgatish taklifi bilan maxalliy yoshlarni o’zlariga jalb qilmoqdalar. Asosan chet ellik bo’lgan markaz o’qituvchilari mashg’ulot chog’ida talabalarga har xil adabiyotlarni tarqatib, ularni xristian dinini qabul qilishga da’vat etmoqdalar.

Tan olish kerakki, ayrim hollarda qirg’iz yoshlari o’z xoxshi irodalari bilan bu dinni qabul qilib, murtad bo’lmoqdalar. Yaqinda 24 yoshli Chingiz Janishev ham o’z hoxshi bilan murtad bo’ldi va unga Aleksandr degan kofir ismi berildi.

Ayni shu masalada ayrim xonadonlarda janjal va kelishmovchiliklar kelib chiqmoqda. Chunki oilasidan murtad chiqib qols

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.