Kapitalistik hazorat «meva»laridan

394
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik hazorat «meva»laridan

Korona iblisi uch milliard shaxsni suv va sovunga muhtoj qilishi mumkin

Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1441 yil 25 rajab, milodiy 2020 yil 20 mart juma) kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Butun dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishiga qarshi qattiq choralar ko‘rilayotgan bir paytda, BMT ekspertlariga ko‘ra, uch milliard odam ayni kasallikdan himoyalanish vositasi bo‘lgan suv va sovunga muhtoj qolmoqda.

YuNISEFning Janubiy va Sharqiy Afrikadagi suv resurslari bo‘yicha mutaxassisi Sem Godfrining aytishicha, ba’zi insonlar suv bilan ta’minlanmagan, sovun sotib olishga pullari yo‘q, ular kasallikdan himoyalanish uchun oddiy narsalardan foydalanishning muhimligini tushunishmaydi.

Eng ko‘p tahdid solayotganlar odamlar tiqilinch yashaydigan uylar yoki qochqinlar jamloqlari aholisidir. Chunki ularda yomon ovqatlanish va sanitariya buzilishi hollari ko‘p uchraydi hamda kanalizatsiya tizimlari bo‘lmaydi.

YuNISEFning ta’kidlashicha, Afrika sahrosida shahar va qishloqlar aholisining 63 foizi (258 million aholi) qo‘llarini yuva olmaydi, bu foiz Markaziy va Janubiy Osiyo uchun 22 foiz (153 million)ni tashkil qiladi».

Roya gazetasi sharhi:

Insoniyat va xalqlar boshiga katta davlatlar hamda ularning vahshiy kapitalistik tuzumlari keltirgan narsa mana shu. Ular oltin, neftь, dioksid kremniya, rux, temir, kobalt va uran kabi boylik va resurslarni tashib ketish maqsadida o‘nlab yillar davomida urushlar olib borishdi. Natijada, o‘sha mintaqalar aholisini oziq-ovqat, suv va sovundan mahrum etishdi, ularni ochlik, kasallik, epidemiya va qochqinlikning oson o‘ljalariga aylantirishdi.

Hozirda kapitalizm va uning ochko‘zligi barcha insoniyat oldida ochiq namoyon bo‘lib qoldi. Koronavirus kelib, bu yirtqich tuzumning so‘nggi aybini ham qoldirmay ochib tashladi. Ayrim davlatlar siyosiy va iqtisodiy maqsadlari yo‘lida ayni haqiqatni yashirishdi va oqibatda ayni virus paydo bo‘lib, keng tarqaldi. Ba’zi davlatlar iqtisodiy va moliyaviy ziyondan xavfsirab, bu illatga qarshi choralar ko‘rishga hamda ekspertlar ogohlantiruviga panja orasidan qarashdi. Yana boshqa davlatlar esa, «kollektiv (jamoiy) immunitet» nazariyasi kabi soxta hujjat-dastaklar orqali bu illatni keksa yoshlilar va surunkali kasallardan qutulish uchun qulay imkoniyat, deb bilishdi. Ba’zi davlatlar yuz milliardlab, hatto trilliondan ziyod dollar mablag‘larini ayni kasallikka qarshi kurash va uning tarqalishini oldini olishga emas, balki iqtisodini, kompaniyalarni va birjalarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning ziyonini to‘xtatib qolishga sovurishdi… Diqqatlarini kapital bozoriga qaratib, oddiy insonlar salomatligi masalasidan ko‘z yumishdi.

Bularning aksi o‘laroq, Islom insonlarga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘zi bilan qaraydi, ulardan foydalanishni va ularni qul qilishni maqsad qilmaydi. Islom tuzumining yurtlarni fath qilishdan maqsadi ularning aholisini adolat va haq bilan boshqarishga, Alloh ularga ato etgan boyliklardan oqilona foydalanish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan. Boyliklarini talab o‘g‘irlash maqsadiga qaratilgan emas.

Roya gazetasining 2020 yil 1 aprel chorshanba kungi 280-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.