Odamlarni uyda o‘tirishga majburlaëtgan davlat ularga tovon puli to‘lashni ham zimmasiga olishi kerak emasmi?

519
0

Odamlarni uyda o‘tirishga majburlaëtgan davlat ularga tovon puli to‘lashni ham zimmasiga olishi kerak emasmi?

 Modomiki, davlat aholini o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishga yo‘llayotgan ekan, ushbu qaror odamlar hayoti uchun qanday oqibatlarga olib kelishi bilan bog‘liq mas’uliyatni ham zimmasiga olishi kerak.

 Bunday vaziyatda davlat aholini nafaqat ushbu davrda jismonan omon qolish imkonini beradigan sharoit bilan ta’minlashi, qolaversa, asosiy ehtiyojlarini qondirishi shart. Bu – huquq va ijtimoiy axloq talabidir.

 Shu o‘rinda masalaning huquqiy jihati xususida bir-ikki og‘iz so‘z aytish joiz. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 24-moddasiga asosan, yashash har bir insonning daxlsiz huquqidir. Unga daxl qilish eng og‘ir jinoyat sanaladi. Agar hukumat vatandoshlarning tirikchilik uchun pul ishlab topishini taqiqlasa-yu, tegishli davrda omon qolishi uchun tovon puli bilan ta’minlamasa, bu inson hayotiga daxl qilish deb qaralishi va qonun bilan jazolanishi kerak.

 Zikr etilgan modda konstitutsiyaning boshqa, ya’ni 14-moddasi bilan ham mustahkamlangan: “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi”.

Agar majburiy va tovon pulisiz “o‘zini izolyatsiya qilish” rejimida o‘tirishi oqibatida insonlar farovonligiga putur etsa, buning uchun hukumat jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan mas’uliyatni zimmasiga olishi shart. “Manba: Ozodlik”

 Izoh: Hatto ikkinchi jahon urushida ham, odamlarga maxsus kartalar ro‘yxati bilan, kundalik egulik oziq-ovqati berib turilgan. O‘zbekistonda ham, Qirg‘izistonda ham karantin davom etayotganiga qaramay shu kungacha tavon puli to‘langani yo‘q. Yoki fuqorolarini asosiy ehtiyojini qondirib turuvchi atayin ko‘mak ko‘rsatish mexanizmi ishlab chiqilgani yo‘q.

 Odamlar davlat majburlagan karantin vaqtida, oxirgi jamg‘armalarini ham eb tugatishdi. Do‘konlarda mahsulotlar narhi qimmatlab boryapti. Dehqonlar dalada o‘z hisoblaridan ekin ishlarini boshlab yuborishdi. Lekin bu sodda odamlar o‘zlarining haq huquqlarini talab qilmaydi!

 Vaholanki davlat – fuqorolar ustidagi barcha haq huquqlarini oxirigacha, kuch bilan majburan ro‘yobga chiqarib borayapti. Matbuot va diniy muassalar, odamlarni davlat ustidagi haq huquqlarini talab qilishdan chalg‘itib, ularni sabr-qanoatga, fidoiylik va vatanparvarlikka chaqirishadi. Davlat esa, odamlarning “sabrlaridan” foydalanib, ularni haqqiga xiyonat qilishda davom etayapti.

 Davlatlart xalqaro tashkilotlardan qarz olishayotib, fuqorolarining xalqaro huquqlari poymol bo‘layotgani, davlat ularni insoniylik sharoitlarini bekamuko‘st qila olmayotganini ro‘kach qilish yo‘l bilan millionlagan dollarlar undirib olishadi. So‘ng yana xalqni sabr-qanoatga chaqirib, ularni o‘z tirikchiliklarini o‘zlariga tashlab qo‘yib, tashqi qarzlarni suiste’mol qilishda davom etishadi.

 Birodarlar, biz sabr deb o‘ylagan yoki saroy ulamolari bizga sabr deb uqtirishayotgan narsa aslida sabr emas, balki xoinlar xiyonatiga imkoniyat yaratib berish deyiladi! Mo‘’min – birovni haqqini emaydi, o‘z haqqini birovlar eb ketishiga ham yo‘l bermaydi!

 Shunday ekan birodarlar, biz majbur bo‘lsak ham itoat etayotgan bitimga davlatni ham, itoat etishga majbur qilaylik. Karantin joriy qilishsa – unda uning barcha huquqiy shartlarini ular ham to‘la bajarishsin! Agar bajara olishmasa odamlarni “o‘zini izolyatsiya qilish”dan ozod qilishsin. Boy kambag‘al demay barchani ishlash imkoniyatidan mahrum qilgani uchun, o‘zlari yozgan shartnoma (konstitutsiya) asosida kompensatsiya to‘lasin!!!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.