Koronavirus hukumatning chora tadbirlari bilan odamlar onggi o‘rtasida

358
0

Koronavirus hukumatning chora tadbirlari bilan odamlar onggi o‘rtasida

Koronavirus dunyoning sharqi-yu g‘arbida tarqalganidek, Livanda ham tarqalib, odamlarning kunlik hayoti izdan chiqib ketmoqda. Livan rejimi avvalda – boshqa davlatlar kabi – odamlarni hech qanday cheklov va shartlarsiz bir-biriga aralashishga qo‘yib bergan bo‘lsa, hozirda odamlardan «ijtimoiy masofa», degan narsaga amal qilishni talab qilmoqda. Ammo odamlar kasallikdan qo‘rqqanlari sababli o‘z ixtiyorlari bilan uydan chiqishmayapti, jum’a va jamoat namozlari to‘xtatilgan. Hatto Allohning bayti va Payg‘ambarimiz ﷺning masjidlari umra qiluvchi va namozxonlardan xoli bo‘lib qoldi. Bu manzarani butun er yuzidagi kuchli tahlilchi va tadqiqotchilar ham xayolga keltirishmagan edi. Allohning:

وَخُلِقَ الْإِنسَانُ ضَعِيفاً

«(Zotan), inson ojiz qilib yaratilgandir» [Niso 28]

degan qavli naqadar to‘g‘ridir.

Turli joylarda, xususan islomiy yurtlarda mustamlakachilar va ularning malaylari qurolidan odamlar qirg‘in qilinayotgani haqidagi xabarlar bilan bir qatorda ushbu virus tufayli ham odamlarning o‘layotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Agar Livan hukumati va vazirlarining so‘zi rost bo‘lsa, kasallanganlarning soni 248 tadan o‘tmagan. Agar hukumat kasallikning yoyilishi oldini olish va uning bugungi xatarli darajaga etishini to‘xtatish uchun quyidagi choralarni ko‘rganida, uni to‘xtatib qolish imkoniyati bor edi:

1 –   Kasallik tarqalgan joylar, xususan Xitoy, Eron, Italiya va Iroqdan kelayotgan (dengiz, havo va quruqlik) sayyohlarini yuz xotirsiz to‘xtatish.

2 –   Epidemiya tarqalgan kundan boshlab Livanga kirayotganlarni karantinda saqlash.

3 –   Barchaga uy karantini e’lon qilish.

Shu bilan birga yana aytamizki: Ehtiyot choralarini ko‘rish orqali inqirozni to‘xtatib qolish uchun vaqt bor, shuning uchun quyidagi ishlar qilinishi lozim:

1 –   Barcha joylarda koronavirusni bekorga ekspertiza qilishni ta’minlash va epidemiya kirib kelishi xataridan saqlanishni faqat poytaxtga cheklamaslik. Bu ishda Payg‘ambarimizning ko‘rsatmalaridan yaxshirog‘i mavjud emas:

«لاَ تُورِدُوا المُمْرِضَ عَلَى المُصِحِّ»

«Kasalni sog‘ odamga yaqinlashtirmang».

2 –   Uzoq yillardan beri pullarni to‘plab, ulardan foydalangan banklarga ularni qaytarishni talab qilish orqali odamlarning yashashlari uchun kerak bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash. Virus tufayli ishsiz qolganlarga eng kamida 500 lira pul ajratish.

3 –   Odamlarga bekorga dezinfektsiya vositalarini tarqatish.

4 –   Tijoratchilarni monopoliyadan qaytarish va kitlarni epidemiyadan foydalanish va odamlarning cho‘ntagidagi pullarini talon-toroj qilishdan to‘xtatish.

Agar rejim va hukmron siyosiy elitaning korruptsiyasi tufayli butun davlat o‘z vazifasini bajarishda sustlik qilsa, (vaholanki, ayni sustkashligi yurtdagi odamlar hayotining turli sohalarida ko‘rinib turibdi), bunday holatda davlat yurtni ham, odamlarni ham halokatga olib boradi… Lekin davlat o‘z rolini bajarmayotgani shaxs, jamoat va jamiyatdagi faollarning o‘z rollarini bajarmasligiga bahona bo‘lmasligi lozim. Balki ular uy va mahallada hamda o‘zlarida dezinfektsiya qoidalariga amal qilishi, bir joyda to‘planmasligi, zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligi va dunyo bo‘ylab amal qilinayotgan ko‘rsatmalarga rioya qilishi lozim… Shu o‘rinda yana ortidan qo‘rquv va yomon natijalar kelib chiqadigan ishonchsiz xabar va uydirmalarni tarqatishdan saqlanishingizni so‘raymiz. Zero Payg‘ambarimiz ﷺ shunday deydilar:

«كَفَى بالمَرْءِ كَذِباً أَنْ يُحَدِّثَ بِكُلِّ مَا سَمِعَ»

«Kishi eshitgan narsasini gapiraverishi yolg‘onchiligiga kifoya qiladi».

Shuningdek biz Ummatimizni Allohga suyanish, ehtiyot choralarini ko‘rish, Alloh Taologa yaqin bo‘lish, U Zotga tavakkal qilish va istig‘for so‘rashga chaqiramiz. Bundan tashqari, Allohning qazosiga yo‘liqqanda mo‘minni xotirjam qiladigan islomiy aqidani mahkam ushlashga chaqiramiz. Chunki kasallik Allohning qazosi bo‘lib, Alloh u bilan mo‘minlarning imonini sinaydi. Mo‘minlar Allohdan o‘sha kasallik bilan jazolamasligini so‘rashi lozim. Kasallik odamlar Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rashi, yaxshiliklarni ko‘p qilishi va shifo berguvchi faqat Alloh degan ishonch bilan davo izlashlari uchun chaqiriqdir.

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

«Kasal bo‘lgan vaqtimda Uning O‘zi menga shifo berur» [Shuaro 80]

Barcha odamlar ushbu falokatga yuzlanmoqda. Ular odamlar ishlariga haqiqiy e’tibor beradigan davlatning haqiqiy g‘amxo‘rligiga muhtojdirlar. Ular modda va foydaga emas insoniyatga e’tibor beradigan davlatga muhtojdirlar. Bugun insoniyat kasallikka uni muolaja qilayotgan paytda davlatga keltiradigan foydasiga suyanadigan iqtisodiy muammo sifatida emas, balki dini, mazhabi va irqidan qat’iy nazar insoniy muammo deb qaraydigan xalifaga muhtojdir. Insoniyat Britaniya koronavirus falokatiga nisbatan qo‘llashni xohlayotgan «Kollektiv (jamoiy) immunitet» nazariyasiga muhtoj emas.

Bugun olam, shu jumladan Livan, insonlarni zulmatdan nurga, dinlar zulmatidan Islom adolati va davlatiga olib chiqadigan yangi olamshumul etakchilikka juda muhtoj bo‘lib qoldi. Ayniqsa, musulmonlar 99 yil xalifasiz vaqt kechirganlaridan so‘ng ushbu etakchilikni barpo etmoq vaqti allaqachon keldi. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

﴿إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْراً﴾

«Albatta Alloh O‘zi (xohlagan) ishiga etguvchidir» [Taloq 3]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.