Falastin rejimi Hizb ut-Tahrirga qarshi shafqatsiz kampaniyasini davom ettirib, Hizb a’zolarini hibsga olmoqda

437
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi Hizb ut-Tahrirga qarshi shafqatsiz kampaniyasini davom ettirib, Hizb a’zolarini hibsga olmoqda va ularni hayotlari uchun xavfli sharoitda saqlamoqda

Falastin rejimi haq ovozini o‘chirish niyatida Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamoqqa olish kampaniyasini davom ettirmoqda. Bunga sabab, ularning Falastin rejimining yurt va uning ahliga qarshi til biriktiruvlarini fosh etib, Trampning asr kelishuvi va boshqa sharmandali buzg‘unchilik dasturlariga qarshi fikr bildirganlari bo‘ldi.

O‘tgan chorshanba rejim xavfsizlik xodimlari Zohiriya shahridan o‘zining jur’atliligi va haq so‘zdan toymasligi bilan tanilgan shayx Maxoriza Abu Himomni umra marosimini o‘tab qaytayotganda qamoqqa olishgan edi.

Baytlahm sudi ikki ustozni, ya’ni, Batir shaharchasidan Muhammad Najjor bilan Huson shaharchasidan Anis Hamomaning hibsda saqlash muddatini o‘n besh sutkaga uzaytirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Xalil sudi ham ustoz Voil Tumayzaning hibsda saqlash muddatini besh sutkaga, ustoz Salom Salimani to‘rt sutkaga uzaytirdi. Ikkala ustoz ham Xalildagi Izna shaharchasidan.

Shuningdek, Davro sudi Zohiriya shaharchasidan shayx Yunus Ruboning hibsda saqlash muddatini olti sutkaga uzaytirdi. Ustoz Yunus 2020 yil 28 fevralda juma namozidan so‘ng qamoqqa olingan edi.

Falastin rejimi xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir tarafdorlaridan bo‘lgan ikki yigitni ham qamoqqa oldi. Ulardan biri Tulkarmdan, ikkinchisi Qilqiliyadagi Azzun shaharchasidan.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z bayonotida Hizb a’zolarining qamoqqa olinishini qattiq qoralab, ularning zudlik bilan ozod etilishini talab qilib bunday dedi.

«Biz hibsdagi yigitlar sihat-salomatligi javobgarligini rejim va uning xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklaymiz. Chunki ularning hibsda saqlanayotgan joylarda oddiy sog‘liqni saqlash vositalari ham mutlaqo topilmaydi. Buning ustiga, bugun turli kasalliklar va epidemiyalar tarqalishi uchun tayyor o‘choq bo‘lgan turma va zindonlarda koronavirus balosining tarqalishi ham xavf tug‘dirmoqda. Bu rejimning ushbu haq sohiblari ovozini hamda uning buzg‘unchilik siyosatlariga qarshi chiqayotgan muxolafatchilar ovozini o‘chirish urinishlari albatta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Hizb ut-Tahrir va xususan uning a’zolari hamda butun Falastin ahli rejim bilan mustamlakachilarning Falastin masalasiga qarshi til biriktiruvlarini fosh etishda davom etadilar. Ularni haq so‘zni aytishdan hamda Falastin masalasini o‘z ahliga qaytarish va muborak zaminni ozod etishga harakat qilish uchun Ummatga murojaat qilishdan qamoqqa olishlar ham, tahdid etishlar ham hargiz to‘xtatolmaydi.

Roya gazetasining 2020 yil 11 mart chorshanba kungi 277-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.