Koronavirus va uning jahon iqtisodiga ta’siri

462
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Koronavirus va uning jahon iqtisodiga ta’siri

Hamd Tobib qalamiga mansub

Kapitalistik buzuq tuzum hukmron ekan, jahon iqtisodi o‘rgimchak to‘ridan ham mo‘rt bo‘ladi va har qanday kuchli yoki zaif silkinish, unga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Bu narsa birja narxlariga, neft, oltin kabi muhim tovarlar narxlariga hamda xalqaro aviakompaniyalar kabi xizmatlar narxlariga ta’sir qilmay qolmaydi. Ushbu iqtisodning bunday salbiy va yomon sifatlarni o‘z ichiga olganining bir qancha sabablari bor:

Savdo va valyuta ayirboshlashda, dunyo davlatlaridagi aksar jamg‘armalar qoplamasi sifatida, zaif soxta global qoplamaga tayanishda. Bu qoplama AQSh dollaridir. Chunki dollar oltin yoki kumush yoxud o‘z qiymatini o‘zida saqlagan tabiiy buyumlar kabi barqaror asosga tayanmagan. Biz bunday global buzilish ta’sirini ko‘tarilish yoki tushish kabi jahon iqtisodida yuz bergan silkinishlarda ko‘p marta guvoh bo‘lyapmiz. Shuningdek, Amerikaning hukmronligidan dunyo davlatlarining, ayniqsa, yirik davlatlarning qiynalayotganlarini, dollar hukmronligidan qutulish uchun turli urinishlar olib borayotganlarini, ammo bu aytarli natija bermayotganini ko‘ryapmiz.
Jahon moliyaviy bozorining o‘zaro bog‘liqligi. Ya’ni, ushbu bozorlarda biror silkinish yuz bersa, bu hodisa chaqmoq tezligida butun olamga ko‘chadi. Bunday nosozlik sababi shuki, ayni bozorlar qo‘lidagi mol barqaror valyuta bilan qoplangan emas. Ulardagi aktsiya va qimmatli qog‘ozlarning aksari raqamlardan, ko‘proq soxta raqamlardan iborat. Ayrim yirik va kichik davlatlarda shunday qattiq silkinishlar bo‘ldiki, butun dunyoni larzaga solib, hatto ba’zi davlatlarni siyosiy xaritadan o‘chirib tashlashiga bir bahya qoldi.
Amerikaning iqtisodiy jihatdan hukmronlik va zo‘ravonlik qilayotgani. Ma’lumki, savdo balansi va davlat byudjetidagi mavjud kamomad oqibatida bu davlatning iqtisodi og‘ir qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Buning qator sabablari bor: Amerika o‘zining iqtisodiy hajmiga nisbatan juda katta miqdorda siyosiy va harbiy harakatlar bilan shug‘ullanadi… Oltin yoki kumush yoxud o‘z qiymatini o‘zida saqlagan tabiiy buyumlar kabi barqaror haqiqiy qoplama bilan qoplamagan holda katta miqdorda qimmatbaho qog‘ozlarni bosib chiqaradi… Ichki xarajati yalpi milliy mahsulotidan ikki barobar ko‘p… Mana shular sababli uning iqtisodi og‘ir qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. U o‘zining iqtisodiy hukmronligini saqlab qolish uchun xonavayron qiluvchi urushlar, tahdidlar, shantajlar kabi nopok uslablarni tap tortmay qo‘llab kelmoqda. Chunki shunday qilmasa, uning o‘lishi muqarrar.
Amerika neftь kabi hayotiy muhim tovarlarni nazorat qiladi hamda jahon bozorlarini boshqarib keladi. Sanoatlashgan dunyoning ushbu hayotiy muhim narsalarga ehtiyoji katta bo‘lgan bir paytda, Amerikaning mana shunday hukmronligi sanoatlashgan davlatlar va iste’molchi davlatlarga salbiy ta’sir qilib, barchasi ushbu zo‘ravon davlatning rahm-shafqatiga qaram bo‘lib qolgan.
Bugungi kunda butun jahonning qirg‘inbarot savdo urushlaridan aziyat chekayotgani sababli bozorlar ham, ishlab chiqarishlar ham, eksport ham izdan chiqdi… moliyaviy bozorlarda buzilish sodir bo‘lib, bu narsa neftь va oltin singari hayotiy muhim tovarlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Endi, ushbu kasallik (koronavirus)ga kelsak, haqiqatda u jahon iqtisodida navbatdagi krizisni keltirib chiqardi va uning ko‘lami kundan-kunga kattayib bormoqda. Xalqaro Valyuta Fondi direktori Kristalina Georgieva o‘tgan fevral oyida bunday bayonot berdi: «Yangi Koronavirusni nazorat qilish bo‘yicha mavjud noaniqlik 2020 yil mobaynida ko‘plab salbiy stsenariyalarga tayyorgarlik ko‘rishni talab qilmoqda, epidemiya nafaqat Xitoy, balki barcha dunyo davlatlarining iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda». U Saudiya poytaxti Riyozda bo‘lib o‘tgan G20 moliya vazirlari va Markaziy Banklar rahbarlarining uchrashuvi so‘nggida qilgan nutqida «ko‘plab salbiy stsenariyalarga tayyorgarlik ko‘rsak yaxshi bo‘lar edi», deya qo‘shimcha qildi. Kristalina «Virus tarqalishidan tashqari boshqa xatarlar ham mavjud. Chunki davlatlar va kompaniyalardagi qarzlarning oshib ketishi eng yuqori darajadagi xatarni yoki moliyaviy vaziyatning kutilmaganda og‘irlashishini keltirib chiqarishi mumkin», dedi.

«Capital Economics» bo‘yicha xitoylik bosh ekspert Julian Evans-Prichard bunday dedi: «Virusning keng tarqalayotgani, uning ayni chorak davomida iqtisodni albatta buzajagini anglatadi». «OANDA» korporatsiyasidagi bozorlar bo‘yicha bosh tahlilchi Edvard Moyya bunday dedi: «Sayohatlarning taqiqlanishi iqtisodga jiddiy ta’sir qiladi, degan xavotirlarni kuchaytirmoqda. Ba’zilar esa, Xitoyning yalpi ichki mahsulotini 2020 yilning birinchi choragida 1 foizga yoki undan ham quyiroqqa tushib ketishidan xavotirda».

Ushbu virusning tarqalishi aviakompaniyalarga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. «IATA» (Xalqaro Havo Transporti assotsiatsiyasi)ning ma’lum qilishicha, «koronavirus tufayli aviakompaniyalar yo‘qotgan umumiy daromad 29.3 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin». Ayni assotsiatsiya bayonotiga ko‘ra, virus tarqalishini oldindan baholash «Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi aviakompaniyalarning yo‘lovchilar talabidan 13 %ni yo‘qotishini ko‘rsatgan».

Bu epidemiyaning neftь narxiga ham ta’siri bo‘ldi. 2019 yil yanvar oyidan beri neftь narxi eng past darajaga tushdi va shu sababli Xitoydagi neftga bo‘lgan talabga koronavirusning ta’sir ko‘rsatayotgani investorlarda xavotir uyg‘otmoqda. Brent neftining bir barreli 53.3 dollarga tushib ketdi. AQSh neftining bir barreli ham 50 dollardan pastlab qoldi. Neftь narxlari o‘tgan oyning eng yuqori darajasiga nisbatan 20 %ga tushdi. Xalqaro tashkilotlar koronavirusning Xitoy ichidagi neftga bo‘lgan talabni kuniga 260 ming barrelga kamaytirganini, ayni kasallikni bartaraf etuvchi vaktsinani yaratish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ushbu zaif talab yanada chuqurlashishini aytishmoqda. Ma’lumki, Xitoy dunyoda eng yirik xom neftь importchisi hisoblanib, kuniga o‘rtacha 10 million barrel neftь import qiladi.

Kasallikning oltin narxiga bo‘lgan salbiy ta’siriga kelsak, uning narxi bir hafta ichida eng yuqori ko‘rsatgichni qayd etdi. Bunga investorlarning xavfsiz boshpana qidirayotganlari hamda koronavirus tarqalishining iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha ularning xavotirlari kuchayayotgani sababdir. Ayni illatdan qurbonlar soni kun sayin ortib bormoqda va hozirgacha 2000 shaxsdan oshdi.

«Koronavirusning bozorga bo‘lgan ta’siri haqida hali ham ko‘p noaniqliklar mavjud. Bu kasallikdan o‘lish va unga chalinishning ko‘payayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu esa, kelgusi davrda oltinga bo‘lgan talabni kuchaytiradi», deydi iqtisodchi ekspert Mustafo Nisor.

Voqe-hodisalar va yuqorida aytganimiz voqealar keskin bir iqtisodiy haqiqatni ko‘rsatmoqda: u ham bo‘lsa, demak, jahon iqtisodi o‘rgimchak to‘ridan ham mo‘rt ekan, degan haqiqatdir. Chunki jahon iqtisodining poydevorlari buzuq. Avvalambor, bu poydevorlarning na ildizi bor, na ustun va tayanchi. Qolaversa, yuqorida aytganimizdek, valyuta tizimi haqiqiy bo‘lmagan soxta tizimdir. Shuningdek, eng muhim haqiqat shundan iboratki, ushbu buzuq tizim yo‘q qilinib, uning o‘rniga sog‘lom rabboniy tizim barpo qilinishiga butun jahon muhtoj bo‘lib qoldi. Darhaqiqat, 2008 yildagi ipoteka krizisi yuz berganda jahon iqtisodini qoqilish va krizislaridan qutqarishga faqat Islomdagi iqtisod nizomigina qodir, deya gapirmagan tillar, yozmagan qalamlar qolmadi.

Bu bizga Haq Subhanahu va Taoloning kalomini xotirlatmoqda, unda kufr va uning buzuq tizimlari haqida bunday deyilgan:

أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىٰ تَقْوَىٰ مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانٍ خَيْرٌ أَم مَّنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَانْهَارَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

«Binolarini Allohdan qo‘rqish va Uning rizosi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga emirilayotgan jar yoqasini asos qilib olib, shu sababli o‘zi ham jahannam o‘tiga qulagan kimsami?! Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas» [Tavba 109]

مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتاً وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ

«Allohdan o‘zga «do‘stlar»ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o‘zi uchun) uy qurib olib, (o‘sha uyidan panoh istagan) o‘rgimchakka o‘xshaydi. Albatta uylarning eng mo‘rti o‘rgimchak uyasidir. Koshki ular buni bilsalar edi» [Ankabut 41]

Alloh Taolodan so‘raymiz: sog‘lom hayot va to‘g‘ri yo‘lda bo‘lmog‘imiz uchun ushbu krizislarni butun jahonni zalolat va halokatdan qutqaruvchi yaxshilik darvozalarini ochqichiga aylantirsin.

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.