Demokratiya sarobdan boshqa narsa emas

357
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Demokratiya sarobdan boshqa narsa emas xuddi Alloh Taolo

كَسَرَابٍ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ الظَّمْآنُ مَاء

«… Sahrodagi sarobga o‘xshaydi, tashna odam uni suv deb o‘ylar» degani kabidir

«Safir» gazetasida Tunis parlamenti deputati Safi Saidning ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida nashr qilgan maqolasi chop etildi. Safi Saidga ko‘ra, Tunis Respublika prezidenti buyrug‘i asosida ikki hukumat tomonidan talashilmoqda hamda bu hukumatlar parlament hokimiyatidan uzoq. Birinchisi hukm yuritishga yaroqsiz hukumat bo‘lsa, ikkinchisi xalq deputatlari kengashi ishonchiga ega bo‘lmagan hukumatdir. Chunki Saidning fikricha, bu ikkinchi hukumatning na biror vazifasi bo‘lsin, na ishlari. Qizig‘i shundaki, ba’zi tomonlar yana bir uchinchi hukumat tuzish to‘g‘risida ham o‘ylayapti. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati tomonidan nashr qilinuvchi Tahrir jurnalida bunday deyiladi:

Yantoqdan uzum etishtirmoqchi bo‘layotgan xom xayollar bugun qumdan qasr qurishga urinishyapti. Xuddi sobiq soxta saylovlar kabi, bugungi ushbu qum qasrlar ham asta sekin emirila boshladi. Chunki avvalgi saylovlar sel yuvib ketadigan erlarga qurilib, emirilib bitgan edi. Faqat bu safar sarob ertaroq ko‘zga ilindi, ya’ni, mansabparastlar ko‘zlagan kursilariga o‘tirishni kutib o‘tirishmadi va bu bilan saylov qutilariga shoshiluvchi kishilar umidini puchga chiqarishdi. Inson o‘ylab topgan tuzum hamda davlat arboblari bo‘lishga taqlid qilgan kimsalar bor ekan, har doimgidek, ular kursilar va papkalar ustida jiqqamusht bo‘la boshlashdi. Habib Jamaliy hukumati yiqilishi bilanoq «prezident hukumati», degan narsani tiklashdi va yana xomxayollar ulardan yaxshilik kuta boshlashdi, muvaqqat bosh vazir bilan yig‘in o‘tkazishlari bilanoq o‘ljalar taqsimlana boshladi, hatto ular o‘rtasi bo‘linib ketdi, qo‘zg‘olon ruhi g‘oyib bo‘ldi, yurtning oliy manfaatlari so‘ndi, eb to‘ymas partiya va shaxslarning o‘tkir tishlari ko‘rindi…

Demak, ularning hukumat tuzish ustida muzokaralari va maslahatlari, shunday bir taklif va mashg‘ulotlardan iboratki, ularni faqat demokratiya folbinlari bilan ilmoniylik va taraqqiyot safsatachilari tushunishadi, xolos.

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.