Xalifaliksiz 99 yil

539
0

Xalifaliksiz 99 yil

Yil hisobini barchamiz yaxshi bilamiz, bu yil 2020-yil. Shu bilan bir vaqtda musulmonlarning bundan farq qiluvchi o‘ziga xos yil hisobi bor. Bu hijriy yil. Masalan bu yil hijriy 1441-yil.

Ma’lumki, bizning o‘quv dasturlarimizga islomiy saqofat kiritilmagan. Shu sababli Islom tarixini deyarli bilmaymiz. Islomiy adabiyotlardan tarixning ba’zi jihatlarinigina mustaqil o‘qib olganmiz. Vaqdan foydalanib mana shu islomiy yil tarixiga bir oz to‘xtalib o‘taylik.

Yuqorida aytganimizdek, ba’zi adabiyotlardan musulmonlarni Makkadan Madinaga hijrat qilganlarini o‘qiganmiz. Shuningdek, hijriy yil Umar roziyallohu anhu xalifaligi davrida, sahobalar ijmosi bilan mana shu hijrat kunidan boshlaganini bilamiz. Biroq, mana shu adabiyotlarda bizga oshkor qilingandan boshqa, yashirilgan haqiqatlar ham bor. Sababi, bugungi kunda davlatlar tomonidan ruxsat berilgan kitoblar YuNESKO “elagidan” o‘tadi va bu tashkilot ruxsat bermagan ma’lumotlar bu kitoblardan olib tashlanadi. Demak, shu hijratga taalluqli bir haqiqatga e’tiboringlarni burmoqchimiz.

Yil hisobini belgilashda sahoba roziyallohu anhumlar turli takliflar bildirishdi. Ayrimlari Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tug‘ilgan kunini taklif qilishsa, ba’zilari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning payg‘ambar qilib yuborilgan kunini taklif qilishdi. Ba’zilari esa u zot sollallohu alayhi va sallam vafot egan kundan boshlashni aytishdi. Oxir-oqibat ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hijrat qilgan kundan boshlashga ijmo qilishdi. Demak, shu nuqtaga yaxshiroq e’tibor bering, bu kun qanday kun edi? Bu kun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tishi bilan Madinada Islomiy davlat tiklangan kun edi!!!

Ha, musulmonlarning bundan boshqa ham muqaddas kunlari bor bo‘lib, ular ham yil hisobining boshi qilib belgilanmadi. Masalan, Qur’onni nozil bo‘lishi, Isro va Me’roj kuni, qiblaning o‘zgarishi, ramazon ro‘zasini farz bo‘lishi va boshqalar. Yana musulmonlarning bulardan boshqa mashxur kunlari bor edi, bular ham yil hisobining boshlanishi qilib belgilanmadi. Masalan, Badr jangi, Makka fathi, Allohning ahzobga qarshi nusrat berishi, Tabuk jangida Allohning payg‘ambariga Rumga qarshi bir oylik masofadan turib qurquv bilan nusrat berishi va boshqalar. Bulardan, bu ijmoda sahoba roliyallohu anhumlar Islomiy Davlat barpo etilgan kunga alohida e’tibor berishgani ma’lum bo‘ladi.

Islomi Davlat degani bu – Islomning to‘liq tatbiq qilinishi degani. Ya’ni, bu davlatda uning aqidasi islomiy aqida bo‘ladi va unda shar’iy hukmlar to‘liq tatbiq qilinadi, shuningdek, davlat Islomni butun olamga da’vat va jihod yo‘li bilan olib chiqadi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlaridan keyin davlatni Xulafoi roshidinlar, ya’ni, to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar deb tanilgan ulug‘ insonlar boshqardi.

Xulafoi roshidinlar haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun bugungi kunda ham katta imkoniyat bor. Agar izlansangiz, ularni haqiqatdan ham roshid xaliflar bo‘lganini ko‘rasiz.

Xulafoi roshidinlardan keyin davlatni ummaviy xaliflar boshqarishdi. Ularning ayrimlarini xalifa sifatida qilgan ba’zi ishlarini aytib o‘tamiz.

5-ummaviy xalifa Abdulmalik Marvon pochta aloqasini yo‘lga qo‘ydi. Oltin tangalar bosib chiqardi. Eslatib o‘tamiz-ki, Islomiy iqtisodiy nizomda pul sifatida oltin va kumush (ya’ni dinor va dirham) tizimi tatbiq qilinadi.

6-ummaviy xalifa Valid ibn Abdulmalik davrida birinchi shifoxona qurilgan. Qutayba ibn Muslim qo‘mondonligida Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona fath qilingan. Muhammad ibn Qosim qo‘mondonligida Hindiston fath qilingan. Toriq ibn Ziyod qomondonligi ostida Andalusiya fath qilingan.

8-ummaviy xalifa Umar ibn Abdulaziz “xulafoi roshidinlarning beshinchisi” deb e’tirof etilgan.

Shunday qilib (Andalusiyadagi ummaviylarni qo‘shmaganda) 14 ummaviy xalifa o‘tdi. Ulardan keyin Abbosiy xalifalar boshqarishdi. Ulardan ham ayrimlarining xalifa sifatida qilgan ba’zi ishlarini aytib o‘tsak bo‘ladi.

2-abbosiy xalifa Al-Mansur Abu Ja’far Bag‘dodga asos solgan. Bag‘dod universitetini qurgan

3-abbosiy xalifa Al-Mahdiy Muhammad ibn al-Mansur asosiy yo‘llarni qurgan. Pochta aloqalarini juda yaxshi yo‘lga qo‘ygan. Vizantiyaliklar musulmonlar bilan bitim tuzib, jizya to‘lashgan.

5-abbosiy xalifa Ar-Rashid Xorun ibn al-Mahdiy abbosiylar ichidagi eng mashxurlaridan biri bo‘lgan.

E’tiboringlarga xalifa Xorunning bir makutibini xavola qilamiz. Vizantiya imperatori Nikifor bitimni buzib, Xorunga jizya to‘lamaymiz deb xat jo‘natadi. Shunda Xorun quyidagicha javob yo‘llaydi” “Bismillahir Rohmanir Rohim. Mo‘’minlar amiri Xorun ar-Rashiddan Rum ko‘ppagi Nikiforga. Ey kofir ayolning o‘g‘li, men sening xatingni o‘qidim. Javobni bo‘lsa qulog‘ing bilan eshitmasdan, o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan…”. Aytganidek, ko‘p o‘tmay Nikifor Xorunning qo‘shinini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi…

7-abbosiy xalifa Al-Ma’mun Abdulloh ibn Xorun ar-Rashid adabiyot va ilmga jiddiy e’tibor bergan. Bag‘dodda Baytu-Hikmani barpo etgan.

8-abbosiy xalifa Al-Mo‘’tasimbillah Muhammad ibn Xorun ar-Rashid voqeasidan bir misol keltiramiz. O‘sha vaqtda Vizantiyaga qarashli Amuriya degan shahar bo‘lgan. U erdagi bir kofir bir muslima ayolning ro‘molini yulib oladi. Shunda zulm ko‘rgan ayol “Ey Mo‘’tasim, qaerdasan” deb nido qiladi. Bu gap xalifaga etib keladi. Xabar tunda kelgan bo‘lsa, erta tongda xalifa qo‘shinini boshlab yo‘lga tushadi. Amuriyaga borib, shahar hokimidan ayolga zulm qilgan ahmoqni jazolashni talab qiladi. Hokim bunga rozi bo‘lmaganidan keyin, shaharga hujum qilib uni fath qiladi.

Shunday qilib, abbosiylardan 37 xalifa o‘gan (Misrdagi abbosilarni hisoblamaganda).

Ulardan keyin xalifalikni usmoniylar davom ettirishdi

2-usmoniy xalifa Sulaymon Balqon o‘lkalarni fath qilgan. Avstriyaga qadar etib borgan. Qonun va shariyat hukmlarini devon qilib yozdirib, Qonuniy nomini olgan.

Shu o‘rinda 26-usmoniy xalifa Abdulhamid II haqida to‘xtalib o‘tish zarur.

Sultonimiz hokimiyatga hijriy 1293 yil, milodiy 1876 yilda o‘tirdi. U payt davlat anarxiyaga to‘la bo‘lib, ichki va tashqi jihatdan g‘oyat yomon, beqaror ahvolda edi. Bu vaqtda Evropa Usmoniy davlat ishlariga har qachongidan ko‘proq aralashadigan bo‘ldi, unga ayrim Islomga zid qonunlarni zo‘rlab o‘tkazdi, Evropa konsulliklari zaharli fikrlarni tarqata boshladi, missionerlik maktablari o‘z talabalarini Usmoniy davlat fuqarolari orasidagi nizoni yana-da kuchaytirishga safarbar qila boshladi. Evropa davlatlariga malaylik qilayotgan yirik ziyolilar va davlat mulozimlari Evropa konstitutsiyalaridan olingan konstitutsiya tatbiq qilinishini talab qiladigan bo‘lishdi. Ular Frantsiya qo‘zg‘oloni mafkuralaridan va ba’zi Evropa davlatlari tuzumlaridan ta’sirlanib, Usmoniy davlatdagi zaiflik sababi uning shar’iy ahkomlarni tatbiq qilayotganidadir, deb hisoblashdi. Avval Rashid posho, keyin Midhat posho boshchiligidagi katta-katta mulozimlar dillari davlat tuzumiga tajovuz qilish, uning sultonlarini tahqirlash bilan to‘ldi. Midhat posho etakchiligida G‘arb konstitutsisini tatbiq qilishni talab qilayotganlar soni ko‘paydi, sulton Abdulhamid oldida bunday bo‘ron oldida egilish va ular talab qilayotgan konstitutsiyani tatbiq qilishdan boshqa yo‘l qolmadi. Biroq oradan bir yil o‘tib, zudlik bilan sulton bunday g‘ayriilohiy dasturni bekor qildi va yana hayotiy ishlarni faqat islomiy shariat boshqaradigan bo‘ldi. Keyin bu g‘arbparast malaylarni ta’sirli erlardan uzoqlashtirib, kattalari Midhat poshoni Hijozga surgun qildi, posho o‘sha erda vafot etdi.

Lekin Evropa davlatlari sulton Abdulhamidni tinch nafas olishga qo‘ymadi. Hech qancha vaqt o‘tmay, mazkur g‘arbparast mulozimlarning qolgan-qutgan tarafdorlarining gijgijlovi bilan Rossiya va Usmoniy davlat o‘rtasida urush alanga oldi. Ruslar hamda Bolqonning nasroniy xalqlari va ayrim Evropa davlatlari bu davlatga qarshi ko‘ppaklardek yopirildi… Ruslar bilan qo‘zg‘olonchilar Bolqonning katta qismini va Usmoniy davlating ba’zi sharqiy qismini bosib oldi. Bu esa, mash’um San-Stefano shartnomasi imzolanishiga olib keldi. Sulton Abdulhamid Usmoniy davlat vakilligi raisi olib kelgan ayni shartnoma bandini o‘qigach, yirtib tashladi va shartnomaga 1878 yil Berlin konferentsiyasida o‘zgartish kiritildi. Ayni urush ortidan Usmoniy davlat Bolqonni boy berdi. Evropa davlatlarining naqadar past va hasis ekanligi, Usmoniy davlatga nisbatan yomon niyatdaligi, uni yo‘q qilish uchun barcha boyliklarini tashib ketish maqsadida ekani Sulton Abdulhamidga oydinlashdi. Masalan, Evropa Bosniya va Gertsegovinani olgan bo‘lsa, Rossiya Bolqoning sharqidagi ba’zi erlarni oldi. Keyin Britaniya Kipr orolini oldi. 1881 yil Frantsiya Tunisni, 1882 yil Britaniya Misrni oldi. Keyin Basraga juda yaqin keldi. Saudiyaning Asir shahri bilan Yamandagi ba’zi shayxlar Usmoniy davlatga qarshi isyon qila boshlashdi. Davlat ulkan qarzi tufayli juda og‘ir ahvolda qoldi va ba’zi Evropa davlatlarga imtiyozlar berishga majbur bo‘ldi.

Sulton Abdulhamid bu xavfni angladi va butun kuch-g‘ayratini davlatni isloh qilishga sarfladi. Birinchi ishni davlat fuqarolari orasida birlik paydo qilishdan boshladi, so‘ng arab tilini davlatning rasmiy tiliga aylantirishga harakat qildi. Biroq – ming afsuski – davlatdagi katta mulozimlar va ulamolarning qattiq e’tiroziga uchradi va bu fikridan voz kechishga majbur bo‘ldi. Keyin fuqaroga yaqin bo‘ldi va kurdlarni himoya qilishga kirishdi, chunki ularning xavfsizligi butunlay buzilgan edi. Shuningdek, davlat fuqarolari orasida hamda boshqa islomiy yurtlar ahli orasida Xalifalikni hurmat qilish mafkurasini keng yoydi. Natijada, er yuzini mag‘ribu mashriqidagi musulmon xalqlar Xalifalik shar’iy hukmdir, musulmonlar zimmasiga xalifaga itoat qilish va nasihat qilish tushadi, deb biladigan bo‘ldilar. Keyin sulton barcha musulmonlarni kalimalarini bir qilishga, saflarini barobar qilib, Evropadagi mustamlakachi to‘ymas davlatlarga qarshi turishga rag‘batlantirdi. Armiyaga kelsak, sulton ularni Germaniya harbiylari qo‘lida zamonaviy harbiy mashqlar o‘rgatish orqali ularning harbiy holatini juda puxta tayyorlari. Shuningdek, Abdulhamid sulton Usmoniy harbiy dengiz flotini ham dunyoda ikkinchi o‘rinni egallovchi flotga aylantirdi, birinchi o‘rinda ingliz floti turar edi. Sulton Abdulhamid ilmning naqadar muhimligini yaxshi bilardi. Shu bois juda ko‘p madrasalar, oliy o‘quv yurtlari va harbiy bilim yurtlari ochdi. Davlatni oyoq-qo‘llini falaj qilgan va irodasini tortib olgan davlat qarzlariga kelsak, sulton ulardan qutulish sxemasini ishlab chiqdi va bir necha yil o‘tib-o‘tmayoq davlat qarzini to‘rtdan uch qismini uzishga muvaffaq bo‘ldi, buni dushmanlari ham e’tirof etdi, hayron qolishdi. Sulton davlat taraqqiyotga erishishi va o‘zining chor atrofini nazorat qilishi uchun transport masalasining naqadar muhim ekanini yaxshi tushunardi. Shu sababdan buyuk temir yo‘l liniyasi loyihasini bunyod etdi. Istanbul-Basra liniyasi loyihasi bilan Hizoj temir yo‘l loyihasi ushbu muvaffaqiyatli loyihalarga ajoyib misol bo‘ladi. Sulton rohimahulloh Istanbulni San’o bilan bog‘lashni istardi. Uning davrida Istanbuldan Madinai Munavvaragacha temir yo‘l liniyasi qurib bitkazildi. Ammo afsuski, bu liniya faqat bir necha yil ishladi, xolos. Chunki Britaniya va uning “Katta arab qo‘zg‘oloni” a’zolaridan iborat malaylari yordamida zudlik bilan bu temir yo‘li buzib tashlandi va hatto haligacha u ishlamay turibdi.

Kofir davlatlar Usmoniy davlatga qarshi til biriktirishlarini yanada kuchaytirishdi, sulton Abdulhamidni taxtda ag‘darishga bel bog‘lashdi. Britaniyaning o‘sha vaqtdagi tashqi ishlar vaziri raisligida yirik davlatlar konferentsiya o‘tkazib, Usmoniy davlatni bo‘lib olishga kelishishdi.

Kofir davlatlar Usmoniy davlatga qarshi til biriktiruvlarini yana-da kuchaytirishdi, sulton Abdulhamidni taxtdan ag‘darishga bel bog‘lashdi. Britaniyaning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri raisligida yirik davlatlar konferentsiyasi o‘tkazildi va unda Usmoniy davlatni bo‘lib olishga qaror qilishdi. Tez orada Usmoniy davlat tepasiga “Birlik va Taraqqiyot” partiyasini olib chiqishga va u orqali 1909 yilda sulton Abdulhamidni taxtan bo‘shatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Keyinchalik bu ish katta xato bo‘lganini unga qarshi chiqqanlarning o‘zlari ham tan olishgan masalan, “Birlik va Taraqqiyot” partiyasining mufakkiri Rizo Tavfiq bunday degan: Biz “sulton zolim”, “sulton majnun”, degan gaplarni aytdik. Sultonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishimiz kerak, deya unga qarshi chiqdik. Uxlayotgan fitnani uyg‘otdik. Ey asrning buyuk siyosatchisi, siz (Abdulhamid) aslo majnun emasdingiz. Aksincha, biz jinni ekanmiz. Biz nafaqat jinni, balki sog‘lom axloqdan mahrum pastkash, yovuz va ahloqsiz ekanmiz.

Abdulhamidga qarshi til biriktirganlarning kattasi Anvar posho: “Biz sionistlar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lgan holda inqilob qildik, ahmoq ekanmiz”, — degan.

Sulton Abdulhamidni taxtdan ag‘darishgach, uning o‘rniga Muhammad Rashodni o‘tqazishdi. Muhammad Rashodning qo‘lida saltanat deyarli yo‘q edi. Ko‘p o‘tmay Birinchi jahon urushi boshlandi.

Birinchi jahon urushi boshlanishi oldidan Abdulhamid oldiga Anvar posho keldi. Abdulhamid unga davlatning bu urushda aslo qatnashmasligi kerakligini uqtirdi. O‘zining butun hayoti davomida Evropa davlatlari o‘rtasida katta bir urush chiqishidan va ularning birbirlarini parchalashlaridan manfaatdor bo‘lganini, Usmoniy davlatni esa urushdan uzoq tutganini, bu vaqt davomida davlat qaddini rostlab olib, yoshlarini qayta tarbiyalab etishtirganini poshoga ma’lum qildi. Lekin ayni partiya orasidagi inglizparast malaylar bunga rozi bo‘lmadi.

Birinchi Jahon urushi oqibatlari ayon bo‘lgandan so‘ng qamoqda Abdulhamidni yana Anvar posho ziyorat qildi. Sultonga “Birlik va Taraqqiyot” partiyasining Istanbuldan chiqib ketishga qaror qilganini bildirdi. Sulton unga bunday dedi: “do‘stlaringa ayt, Alloh uchun Istanbuldan zinhor chiqa ko‘rmasinlar. Chunki biz Vizantiya imperatori Konstantin XIdan qudrat va shijoat jihatidan kam emasmiz. 1453 yili Muhammad Fotih – Alloh rozi bo‘lsin –Konstantinopolni fath qilganida, bu imperator oxiriga qadar kurashgan”. Qaranglar, sultonimiz qanday pozitsiyani namoyon qilgan.

1918 yil Alloh Taolo uni O‘z dargohiga chaqirish ne’mati bilan siyladi. Alloh sultonimizga inglizlar, ularning ittifoqchilari va malay iflos Mustafo Kamollar tomonidan dunyoning eng katta yurti bo‘lmish Xalifalik poytaxtida buzg‘unchilik qilinganini ko‘rsatmadi.

Shu tarzda, hech qanday aloqasi ham, foydasi ham bo‘lmagan bu urushga Usmoniy davlat ham kirib mag‘lub bo‘ldi. Keyin g‘olib davlatlar o‘rtasida Sayks-Piko shartnomasida Usmoniy davlat bo‘lishib olindi. Britaniya Mustafo Kamolni etishtirib chiqarib, u orqali soxta g‘alabalar yasadi, bu kimsaga Xalifalikni yo‘q qilish va Turkiyada Islomning izini ham qoldirmay o‘chirish, Usmoniy davlatning – Onado‘lidan tashqari – barcha erlarini dushmanga topshirish vazifasini topshirdi. 1924 yil Xalifalik butunlay yo‘q qilindi va Turkiya respublikasi, degan narsa tashkil topdi. Musulmonlarning so‘ngi xalifasi Abdulmajid II mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Shu tarzda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam melodiy 622-yili Islomiy Davlatni barpo etganlaridan boshlab, bu davlat hijriy 1342-yil, melodiy 1924-yilga qadar Islomni tatbiq qilib keldi. Shu vaqt mobaynida Ummat xalifasiz yashamadi. Chunki, ular 3 kundan kechktirmay xalifa saylab olish farz ekanligini bilishgan. Ammo, 1924-yili Xalifalik qulatilganidan beri bu farz har bir musulmonning zimmasida turipti. Sababi, o‘shandan buyon 3 kun emas, 99 yil o‘tdi.

Bu farz zimmamizdan soqit bo‘lishi uchun Xalifalik davlatini qayta barpo etishda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatib ketganlaridek faoliyat olib borish zarur. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinada davlat barpo etgunga qadar faqat fikriy-siyosiy kurash olib borganlar. Kurashning so‘ngi bosqichida davlat tiklangan. Hozir mana shu yo‘lda Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi faoliyat olib bormoqda. Shunday bo‘lsada hozircha davlatimiz qayta tiklangani yo‘q.

Bu yil hijriy 1441-yil… Bu yil Xalifalik qulatilganiga 99 yil to‘ldi…

Hizb-ut-Taxrir — Qirg‘iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.