Pampeo O‘zbekiston diniy ulamolari bilan uchrashdi

434
0

Pampeo O‘zbekiston diniy ulamolari bilan uchrashdi

 AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston diniy ulamolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda AQSh davlat kotibi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Bu haqda “Sputnik” O‘zbekiton xabar qildi.

 “O‘zbekiston diniy etakchilari bilan uchrashdik. Uchrashuvda olib borilayotgan islohotlar O‘zbekistonda qanday qilib yanada kengroq diniy erkinlikka xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi. Ushbu sohada O‘zbekiston hukumatining yutuqlari juda ulkan bo‘ldi. Men bu borada O‘zbekiston yangi muvaffaqiyatlarga erishishni intizorlik bilan kutmoqdaman”, – deb yozib qoldirgan o‘z tvitterida Pompeo.

 Ma’lumki, AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo 2-fevral kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikkiyoqlama muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Tomonlar 2018 yilning may oyida O‘zbekiston-Amerika sammiti doirasida bo‘lgan oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshishi jarayonini muhokama qilib, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

 Izoh: 2010 yil boshida AQSh prezidenti Barak Obama kongress oldida so‘zlagan nutqida, “Biz endi islomiy mamlakatlarda o‘z askarlarimizni jonini xavfga qo‘ymaymiz. Endi ular o‘z yurtlaridagi “terrorizm”, “ekstremizm”ga qarshi va ularni xavf xatarlarini oldini olish uchun o‘z imkoniyatlari bilan harakat olib borishadi. Biz faqat ularga bu ishlariga yordam ko‘rsatamiz” degan ma’nodagi yangi strategiyasini e’lon qilgan edi.

 Bunga qadar Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashida asosan kuchga suyanib kelgan Amerika yangi strategiyasida musulmonlarni adashtiruvchi makkor yo‘lni tutdi. Yangi strategiya “mo‘’tadil islom” loyihasi bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad musulmonlarni ikkiga – “mo‘’tadil” va “radikkal”larga bo‘lishdan iboratdir. Bu kufrga Islom to‘nini kiydirish. Bunda u “sopini o‘zidan chiqarish”ga ahamiyat qaratdi va o‘z yo‘liga yurishga rozi bo‘lgan imomlarga keng imkoniyat yaratib berish, dunyo matolari evaziga oxiratini boy berishni istamaganlarni qamoq, quvg‘in va hatto qatl etish yo‘lini tutdi…

 O‘zbekiston jallodi Karimov ham Islom va musulonlarga qarshi salkam 30 yil davomida olib borgan qatag‘on siyosati kofirlar ko‘zlagan natijani bermadi. U musulmonlarga qarshi adovat bilan kurash olib borgan bo‘lishiga qaramay musulmonlar qalbidan Islomni sug‘urib tashlay olmadi (uning sirli o‘limidan keyin o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida minglab hofizi qur’onlarning qatnashishi bunga yaqqol dalildir). Karimov o‘limidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Mirziyoev o‘zini dunyo hamjamiyatiga islohotchi sifatida taqdim qildi va diniy sohada ham bir qator islohotlar o‘tkazgandek ta’surot uyg‘otishga harakat qilib kelmoqda. Aslida uning bu islohotlari ham olamiy kufr tuzumi tomonidan ilgari surilayotgan “mo‘’tadil”chilarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘lda butkul DXX nazorati ostida bo‘lgan imom va diniy arboblardan foydalanmoqda.

 Bugungi kunda Islom ulamolari, shu jumladan, O‘zbekiston imomlari ham ikki yo‘l qarshisida qolishdi. Birinchi yo‘l, kufr chizib bergan loyiha bo‘yicha faoliyat olib borib, kufrga Islom to‘nini kiydirish, Islomni demokratiyaga moslashtirib berish bo‘lsa, ikkinchisi, payg‘ambarlarning haqiqiy merosxo‘rlari sifatiga ega bo‘lib, odamlarga sof Islomni etkazish. Birinchi yo‘lda kufr ularga bu dunyo amallari va ne’matlarini muxayyo qilib berishga va’da beryapti. Ammo bu ishning oxiri kesik bo‘lib, oxiratda alamli azob kutib turipti. Ikkinchisida esa ularni turli sinov va mashaqqatlarga duchor bo‘lishlari mumkin. Ammo buning oqibati dunyo va oxirat azizligidan iborat. Tanlash ixtiyori esa ulamolarda!

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.