Konstantinopol fathi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Gollandiya o‘tkazgan «Ulug‘ tariximiz va porloq kelajagimiz» nomli simpozium

447
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Konstantinopol fathi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Gollandiya o‘tkazgan «Ulug‘ tariximiz va porloq kelajagimiz» nomli simpozium

Konstantinopol fathi xotirasi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Gollandiya (hijriy 1441 yil 19 jumodul-avval, milodiy 2020 yil 14 yanvar seshanba kuni) Gaaga shahrida fikriy siyosiy seminar o‘tkazdi. Tadbir Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi tomonidan boshlangan yirik xalqaro kampaniya doirasida hamda Hizb amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Konstantinopol fathining hijriy xotirasi munosabati bilan qilgan ma’ruzasidan ta’sirlangan holda uyushtirildi. Ushbu seminarda birinchi Allohning Kitobidan muattar oyatlar tilovat qilindi. So‘ng birodarimiz Mikoil Hasan ushbu muborak fath hodisalari haqida hamda qamaldan oldin qilingan ulkan sa’y-harakatlar va tuzilgan rejalar, shaharning ajoyib tarixi haqida so‘zladi. Shaharning devor bilan o‘ralgani sababli fath qilish qiyin bo‘lganini, shunga qaramay, musulmonlar Rosululloh ﷺning quyidagi hadislarida qilgan bashoratlarini ro‘yobga chiqarish ilinjida tarix davomida tinimsiz hujumlar qilishganini yoritib berdi:

«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»

«Konstantinopol albatta fath etiladi. Uni fath qilgan amir naqadar yaxshi amir, uni fath qilgan qo‘shin naqadar yaxshi qo‘shin».

Mikoil Hasan yana shuni ta’kidladiki, Alloh Subhanahu ushbu fath sharafiga sulton Muhammad va uning qo‘shini noil bo‘lishini iroda qildi va bu narsa butun tarixni o‘zgartirgan hamda Sharqiy Evropani fath etib, u erlarga hidoyat risolasini etkazishni qulaylashtirgan fath bo‘ldi.

Keyin Hizb ut-Tahrirning Gollandiyadagi rasmiy vakili ustoz Okay Pala ma’ruza qildi. U ham ushbu mahobatli fath xotirasi bilan birga, quyidagilarni ta’kidladi: Biz ushbu fathga faqat muayyan tarixiy hodisa sifatida qaramasligimiz, balki ushbu buyuk hodisadan ibrat olmog‘imiz darkor. Ushbu fath va buyuk voqeani eslaganda, beixtiyor Rosululloh ﷺning ayni fath to‘g‘risida bashorat qilgan hadislarini ham eslaymiz… Musulmonlarning Nabiy ﷺ xushxabarlarini amalga oshirishga qattiq qaror qilib, Konstantinopolni fath qilish uchun sakkiz asrdan ziyod vaqt tinim va charchoq bilmay harakat qilganlarini aslo unutmaymiz. Zero, bu ishda ulkan shon-sharaf bor bo‘lib, bu narsa – musulmonlarning o‘z suyukli Payg‘ambarlariga nisbatan va u zotning qilgan bashoratlari albatta ro‘yobga chiqishiga nisbatan ishonchlari yuksak ekaniga dalolat qiladi. Darhaqiqat, Nabiy ﷺ qaysi shahar avval fath bo‘lishi haqida so‘ralganda, avval Konstantinopol fath bo‘lishini xabar qildilar. Bu esa, Konstantinopoldan keyin Rimning fath bo‘lishi muqarrar ekanini anglatmoqda.

Ustoz Okay Pala hali ro‘yobga chiqmagan ba’zi bashoratlarga to‘xtalib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish, mana shu ro‘yobga chiqmagan bashoratlarning eng birinchisi va eng muhimi ekanini, sayyidimiz mustafo ﷺ xabar qilgan bashoratlarning barchasini ro‘yobga chiqishda birinchi qadamimiz mana shu bo‘lishini ta’kidladi.

Roya gazetasining 2020 yil 22 yanvar chorshanba kungi 270-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.