Rohinga musulmonlari Ummatning qonli yarasidir, bas bu qonni kim to‘xtatadi?!

415
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rohinga musulmonlari Ummatning qonli yarasidir, bas bu qonni kim to‘xtatadi?!

Onado‘li axborot agentligi veb-saytida (hijriy 1441 yil 4 robiul-avval, milodiy 2019 yil 1 dekabr yakshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Mьyanma rasmiylari rohinga musulmonlaridan 100ga yaqinini qamoqqa oldi. Ular yurt g‘arbidagi Arakan viloyatidan chiqib ketishga urinayotgan bo‘lgan. Ma’lumki, bu viloyatda ikki yildan buyon hukumat kuchlari tomonidan harbiy hujumlar sodir etilishi va buning oqibatida minglab rohinga musulmonlarining qurbon bo‘lishi kuzatilmoqda.

Shanba kuni «Arakan» axborot agentligining ismi oshkor etilmagan bir manbaga tayanib xabar qilishicha, juma kuni 96 nafar rohinga musulmonlari Mьyanma hukumati rasmiylari tomonidan qamoqqa olingan. Ular Iravadi daryosi bo‘ylab, Mьyanmadagi tijoriy poytaxt bo‘lgan Yangon shahriga etib borishga uringanlar.

O‘z navbatida, rohinga faollaridan biri Su Tumu Mьyanma hukumati tomonidan bu hibsga olinganlarga chegarani noqonuniy buzib o‘tish ayblovi qo‘yilishi mumkinligini taxmin qiladi.

«Arakanda qolayotgan rohinga musulmonlariga nisbatan qatli om qilinish xavfsi hanuz saqlanib qolmoqda», deyiladi «Arakan» axborot agentligida.

Mьyanma hukumati rohinga musulmonlariga Arakan viloyati bo‘ylab sayohat qilishni hamda u erdan boshqa viloyatlarga ko‘chishni taqiqlagan.

2017 yil 25 avgustdan beri Mьyanma armiyasi va ekstremistik butparast jangarilar Arakan (Roxin) viloyatidagi rohinga musulmonlariga qarshi harbiy kampaniya va ayovsiz vahshiyona qirg‘inlar sodir etib kelmoqda.

Bir xil ichki va xalqaro manbalarga ko‘ra, bu to‘xtovsiz jinoyatlar minglab rohingalarni o‘limiga hamda BMTga ko‘ra, millionga yaqinining Bangladeshdan boshpana topishiga olib keldi.

Mьyanma hukumati rohingalarni Bangladeshdan kelgan «noqonuniy immigrantlar», deb hisoblaydi. BMT esa, ularni «dunyodagi eng ko‘p istibdodga uchragan ozchilik», deya tasniflaydi».

Roya gazetasi sharhi:

Birgina rohinga musulmonlari chekayotgan azob-uqubatlar, barcha musulmonlarning halovati buzilib, uyqularidan mahrum bo‘lishlari uchun kifoya. Axir, Rosuli akram ﷺ

«مَثَلُ الْمُؤْمِنِينَ فِى تَوَادِّهِمْ وَتَرَاحُمِهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ مَثَلُ الْجَسَدِ إِذَا اشْتَكَى مِنْهُ عُضْوٌ تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ الْجَسَدِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى»

«Mo‘minlarning o‘zaro munosabatlari, rahmdilliklari va hamdardliklari xuddi bir tanaga o‘xshaydi. Agar uning biror a’zosi og‘rib qolsa qolgan a’zolar ham isitmalab, bedor bo‘lib chiqadi», demadilarmi?! Bas, ey musulmonlar, bizga nima bo‘ldiki, ularning azob-uqubatlaridan ko‘z yumyapmiz?! Dushmanlarimiz yuragiga qo‘rquv solib qo‘yadigan haybatimizni qayta tiklash yo‘lini go‘yo bilmaymiz! Vaholanki, bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo qilish yo‘li-ku?! Faqat ushbu Xalifalikkina rohinga va boshqa barcha musulmonlarga nusrat beradi, haq-huquqlarini qayta tiklaydi va ularga zulm qilganlardan intiqom oladi. Shunday bo‘lgach, keling uni barpo qilaylik… Allohga qasamki, u bizga bu dunyoda kuch-qudrat, oxiratda zafar keltiradi.

Roya gazetasining 2019 yil 4 dekabr chorshanba kungi 263-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.