Misr rejimining yurt va uning ahliga qarshi jinoyatlari to‘xtamayapti

435
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr rejimining yurt va uning ahliga qarshi jinoyatlari to‘xtamayapti

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zosi

2019 yil 14 noyabrda Al-Jazira veb-saytida Misrning Xalqaro Valyuta Fondidan yangi kredit olish kelishuvi yaqinlashib qolgani to‘g‘risida xabarlar tarqalib, o‘tgan vaqtlar mobaynida Misrda inflyatsiyaning pasaygani va iqtisodning o‘sgani haqida hisobotlar paydo bo‘ldi. Aftidan, bu xabar va hisobotlar donor davlatlarga yo‘llangan bir mujda ko‘rinadi. Vaholanki, mujdaning turgan bitgani yolg‘ondir. Bundan tashqari, Misr Moliya vaziri Britaniyaga qarashli «Euromoney» iqtisodiy jurnaliga o‘tgan oktyabr oyida bergan intervьyuda o‘z mamlakatining kelgusi yil mart oyida kelishuvga erishish niyatida, yangi moliyaviy paket olish uchun Xalqaro Valyuta Fondi bilan yangi muzokaralar boshlaganini aytib o‘tdi.

Bu munozaralar misrliklarning yangi kredit berilishi evaziga bepul ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatining bekor qilinishiga olib borishi mumkin, deya xavotirlanishlari manzarasida bo‘lyapti. Bu axborot vositalarining yaqinda parlamentdagi «yaxshi xabardor», deya baholangan manbaga asoslanib tarqatgan xabarida aytildi. Ayni manbaga ko‘ra, bepul ta’limning bekor qilinishi, kelasi yillar ichida bosqichma-bosqich tarzda amalga oshishi mumkin. Bunga «davlatning ta’limni rivojlantirish loyihasini moliyalashga qodir emasligi»ni da’vo qilinadi. O‘z navbatida, misrlik jurnalist Amr Xalifa ham Misrning shunday ishga qo‘l urishi ehtimoli bor, deb hisoblaydi. U Al-Jazira net bilan o‘tkazgan suhbatida, 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan byudjetda sog‘liqni saqlash va ta’lim xarajatlari uchun ajratilgan pul kamayganini va bu 6,2 trillion junayhni tashkil etuvchi yalpi mahsulotning 3,3 %iga etganini ma’lum qildi. Bu esa, hozirda amal qilinayotgan 2014 yilgi konstitutsiyada belgilangan nisbatlarga ziddir.

Misr rejimining Xalqaro Valyuta Fondi bilan yangi kredit olish to‘g‘risida kelishib olgani haqida, hatto yaqinda moliyaviy emas, deya aytilgan kelishuv haqida eshitishimiz bilanoq, ko‘z oldimizda Misr ahlining bunday zolim rejimdan qanchalar azob chekayotgani gavdalanmoqda… Rejim Misr ahlini G‘arbning qul bozoriga olib chiqib, sariq chaqaga pullamoqda, G‘arb va uning kapitalistik tashkilotu shirkatlariga esa, Misr ahlining mulkiga ega chiqishlari hamda boyliklarini talashlari uchun imkoniyat yaratib bermoqda. G‘arb esa, bu rejimni himoya qilib, parvarishlab, unga shunday qonunlarni ishlab chiqib bermoqdaki, natijada Misr ahli o‘z boyliklarini G‘arbga o‘z qo‘li bilan topshirishga va kelajakda talab qilishadigan haq-huquqlaridan mahrum bo‘lishga majbur bo‘lyapti. Zotan, o‘z xalqidan soliq yig‘adigan, boylik va jamg‘armalariga hukmronlik qiladigan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarga deyarli hech narsa sarflamaydi. Bunday davlat og‘iz ko‘pirtirib gapirayotgan «yutuqlar»dan odamlar voqelikda hech narsani ko‘rmaydi. Bunga yaqinda ulkan devorli poytaxt qurish haqidagi gaplarini misol qilish mumkin. Holbuki, bu devorlar rejimni Misr ahli g‘azabidan himoya qilishga mo‘ljallangan. Bir so‘z bilan aytganda, uning zolimona qarorlarni tinimsiz chiqarishi va Jahon Bankining ko‘rsatmalarini bajarishi oqibatida alanga olishi mumkin bo‘lgan xalq nafratidan rejimni saqlash uchun quriladi. Zero, bu tashkilotlarning ko‘rsatmalari Misr va uning ahliga xonavayronlikdan o‘zga narsa keltirmaydi. Hatto yaqin vaqt ichida «rivojlanish» da’vosi bilan ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish umuman to‘xtatib qo‘yilishi ham mumkin. Zero, rejim o‘zining yolg‘on loyihalarini tamomlash uchun yanada ko‘proq kreditlarni qo‘lga kiritish maqsadida Jahon Bankidagi xo‘jayinlari qarorlarini amalga oshirmoqda.

Xo‘sh, aslida, Misr ahli shu kreditlarga muhtojmi?! Jahon Banki zo‘rlab tiqishtirayotgan bu qaror va ko‘rsatmalar chindan ham Misr ahli muammolarini hal qiladimi?! Misr muammolari va inqirozining haqiqiy echimi bormi?!

Misrdek bir davlat boylik, resurslar va energetikaga ega ekan, hech qachon G‘arb berayotgan yordamlaru kreditlarga muhtoj bo‘lmasligi kerak. U o‘zidagi imkoniyatlar bilan hatto yirik davlatga aylanishi ham mumkin, dunyoning birinchi davlatiga aylanmasa agar. Biz boshqa xalqlarni qo‘shmasdan Sayks-Piko doirasiga qamab qo‘yilgan Misr haqida so‘z yurityapmiz. Vaholanki, uning joylashuvi, voqeligi, aholisining voqeligi shunday holatdaki, bu yurt oziq-ovqat, dori-darmon, qurol-yarog‘ va energetika sanoati bilan nafaqat o‘z aholisi qondira oladi, balki boshqalarga ham sahovat qilishga qodir. Bundan tashqari, Misrning oltini, foydali qazilmalari, er osti va er usti resurslari bor. Ekin ekishga amalda yarog‘li bo‘lgan, ammo ekin ekilmayotgan bepoyon erlari maydoni haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bu yurt Qizil dengiz, Oq dengiz va Nil daryosiga hamda suv havzalariga, baliq va boshqa jonivorlarga boy ko‘llarga egadir… Aslida, faqat shular yordamida Misr turli qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini etishtirishi va sanoat sohalarini yaratishi, yolg‘iz shu orqali boyib ketishi turgan gap. Aytishimiz mumkinki, haqiqiy resurslardan birginasining o‘zi bu yurtga nafaqat o‘z-o‘zini ta’minlash uchun etarli, balki unga shu orqali xalqaro miqyosdagi birinchi davlat maqomi uchun raqobatlashish qudratini beradi.

Biroq bugungi rejim ostida bu boylik va resurslardan Misr va uning ahliga foyda keltiradigan tarzda foydalanish amri mahol. Chunki bu rejim o‘z qaroriga ega emas, G‘arbga malay. U faqat G‘arb manfaatini himoya qilib, uning Misr boyliklarini talashiga sharoit yaratib kelmoqda, Misr ahlining ularga egalik qilish va foydalanishlariga yo‘l qo‘ymayapti.

Kreditlar va ularning ortidan qabul qilinajak qarorlar hamda ijro etilajak ko‘rsatmalar esa, bular Misr va uning ahli boshiga bitgan balodir. Misrning o‘zi qaror qilolmaydigan bo‘lib qolgan. Hatto uning rejimi o‘zgarsa yoki ishlar G‘arb nazoratidan chiqib ketsa ham, Misr ayni kredit va ko‘rsatmalarga qaram bo‘lib, uning kishanlariga qutulib bo‘lmaydigan ravishda mahkamlab tashlangan. Bas, yurt o‘z valyutasini o‘zgartirish bilan nima yutdi, vaholanki, iste’mol qiladigan mahsulotining qariyb 90 foizini import qilayotgan bo‘lsa?! Rejimning kredit olish qarori faqat G‘arbga foyda keltiradi. Chunki G‘arb qadri yo‘q bir siqim dollarga Misrning sanoat shirkatlarini sotib olyapti. Misr bu shirkatlarni, Jahon Banki tomonidan buyurilgan xususiylashtirish qarorlari doirasida sotuvga qo‘yishga majbur bo‘lyapti. Oqibatda esa, yurt o‘zining ishlab chiqarish quvvatini arzon narxda boy bermoqda. Ammo rejim berilgan kreditlarni sarmoyadorlar va yangi xaridorlarga xizmat qiluvchi infratuzilmalarga sarflab yotibdi, bu infratuzilmalar yordamida ular hech qanday qiyinchilik va sarf-xarajatsiz yirik daromad orttirishmoqda. Chunki bu kreditlar, grant va yordamlar bekorga berilmaydi. Balki ularni qanday sarflash uchun ma’lum shartlar qo‘yiladi, shirkatlarga sarflash loyihalari tuzib beriladi. Ko‘pincha, donor davlatlarning o‘zi ayni loyihalarni nazorat qilib, shirkatlarga grantlarni o‘zlari berishadi. Ularning barchasi, yuqorida aytganimizdek, kambag‘al-bechoralarga etib kelmaydi, balki faqat yurtdagi boylar va kapitalistlarga xizmat qiladi.

Jon Perkins o‘zining «Iqtisodiy suiqasd» nomli kitobida xuddi shularni ta’kidladi. U qashshoq davlatlarga kreditlar berish bilan shug‘ullanuvchi davlatlarni iqtisodiy qotillar, deb atagan yozuvchilardan biridir. Perkinsning ta’kidlashicha, aslida, Xalqaro Valyuta Fondi bergan kreditlarini qaytarib olmaydi, balki ularni yanada o‘stirib olishga harakat qiladi, bunga rozi bo‘lmagan hukmdor esa, yo suiqasd qurboni bo‘ladi yoki ishdan haydaladi. Chunki rozi bo‘lmaslik, G‘arbga malaylik va qaramlik kishanlaridan ozod bo‘lish, demakdir.

Demak, kreditlar va ular ortidan beriladigan buyruqlar, shubhasiz, G‘arbga malaylik qilishga va yurtni xom ashyo resurslari manbaiga aylantirishga qaratilgan. G‘arb yurtni xom ashyo resursi bozoriga aylantirib, o‘z sanoati uchun foyda keltiradigan tarzda ularni tashib ketmoqda. Buning yurtimiz muammolarini hal qilmasligiga, aksincha, inqirozini murakkablashtirishiga aslo shubha yo‘q.

Misr muammolari va inqirozining real echimi avvalo o‘z boyliklariga o‘zi egalik qilishidan boshlanadi. Qolaversa, Misr bu boyliklarni odamlar o‘rtasida to‘g‘ri, odil suratda qayta taqsimlashi, ulardan odamlarga kifoya va behojat qiladigan tarzda berishi, ulardan oqilona foydalanib, odamlarni yurt rivoji yo‘lida harakat qilishga targ‘ib qilishi, hech bo‘lmaganda, Rosululloh ning

«مَنْ أَحْيَا أَرْضاً مَيْتَةً فَهِيَ لَهُ»

«Kim o‘lik erni tiriltirsa, er unikidir», degan so‘zlariga binoan, xalqni o‘lik erlarni tiriltirish va obod etishga chorlashi lozim. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va buning uchun kerakli sanoat odamlarni to‘ydiradi, yurt boshdan kechirayotgan ishsizlikka barham beradi. Hali, bu yoqda neft, gaz, oltin va boshqa boyliklar ham borki, agar davlat ularning atigi o‘g‘irlanishiga chek qo‘ysa hamda qazib olib, odamlarga aynan yoki naqd tarqatsa yoxud real xizmat ko‘rsatishlar bilan taqdim etsa, biz Misr zaminida birorta ham kambag‘alni topmaymiz. Chunki yurt boyliklari kambag‘allarni boylarga aylantirishi aniq.

Biroq anavi tuzum mavjud ekan, bularning amalga oshishi amri maholdir. Chunki rejimning istagi Oq uydagi xo‘jayinlari ixtiyorida bo‘lib, ular rozi bo‘lmaydigan va ularning manfaatiga xizmat qilmaydigan birorta ham qaror qabul qilolmaydi. Shuning uchun Misr rejimi va uning G‘arb saqofati bilan zaharlangan gumashtalariyu, xoin yuvindixo‘r elitasi bor ekan, yurt hargiz yaxshilik ko‘rmaydi. Uning yaxshilik ko‘rishi uchun faqat bir yo‘l bor. U ham bo‘lsa, rejimni barcha basharalari bilan qo‘shib tubdan qo‘porib tashlash, kofir G‘arbning barcha surati va shaklu shamoiliga qullik qilishdan ozod bo‘lish, yurtimizni g‘arbparast xoinlar etishtirib chiqaruvchi ma’rifatdan tozalab, hazoriy loyiha bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishdir. Ushbu Xalifalik Islomni, xususan, uning iqtisodini to‘liq shaklda tatbiq qiladi va tatbiq qilish bilan odamlar ahvolini yaxshilaydi, ishlarini boshqaradi, barchalariga boylikka ega bo‘lish va undan foydalanish imkoniyatlarini yaratib beradi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.