Xalqaro Valyuta Fondi tavsiyalariga bo‘ysunish katta jinoyatdir

431
0

Xalqaro Valyuta Fondi tavsiyalariga bo‘ysunish katta jinoyatdir

2019 yil 22 noyabrda parlamentda 2019 yildagi qo‘shimcha moliyaviy qonun va 2020 yilgacha bo‘ladigan moliyaviy qonun loyihasini o‘rganuvchi muvaqqat moliyaviy komissiyani tinglash sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda moliya vaziri Rizo Shalg‘um parlament va kelgusi hukumat ikki tanlov qarshisida turganini aytdi. Unga ko‘ra, yo yoqilg‘i narxlarini oshirish yoki tashqaridan qarz olish kerak. Vazir bu bilan Tunis xalqini xalqaro moliyaviy tashkilotlarga bog‘lanib qolish olovi bilan baland narxlar va qimmatchilik gulhani orasiga solib qo‘ydi.

Moliya vaziri ishora qilgan kamomad va bog‘lanib qolish tanlovlari tinimsiz almashayotgan hukumatlarning siyosiy irodasizligi va tashqi ko‘rsatmalarga bo‘ysunishini ko‘rsatmoqda. Chunki davlat olib borayotgan qarz olish siyosati mamlakatni tubsiz qarz ummoniga g‘arq qilgan. Davlat qarzi 82,6 milliard dollardan ortib ketgan. Bu yalpi ichki mahsulotning 71,1 %iga tengdir. Bu esa G‘arb davlatlarining mamlakat va uning iqtisodiy boyliklari ustidan hukmronlik qilishiga olib kelgan. 2019 yil 8-11 oktyabr kunlari Xalqaro Valyuta Fondining elchisi Tunis davlati qanchalik islohotlar o‘tkazayotganini ko‘rish va kelgusi yil byudjeti borasida hukumat bilan bahs munozara qilish uchun Tunisga tashrif buyurgan. Elchi Tunis davlatidan narxlar borasidagi “Avtomatik o‘zgartirishlar” doirasida yoqilg‘ining narxini darajama-daraja oshirishni talab qilgan. Bu o‘zgartirishlar borasida 2016 yili hukumat va Xalqaro Valyuta Fondi o‘rtasidagi imtiyozli kredit kelishuvlari tuzilganda aytilgan edi. Bugun foizlar miqdori 24 %ni tashkil qiladi va 2020 yilda yana shuncha qo‘shilishi kutilmoqda.

Biz Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati a’zolari tinimsiz almashayotgan hukumatlarni Xalqaro Valyuta Fondi ortidan chopishning yomon oqibatlaridan ko‘p marta ogohlantirib keldik. Shuningdek, ularga bu ishlarning Islom hukmlariga zid ekani hamda jamiyat, iqtisod va yurt etakchiligiga bo‘lgan yomon ta’sirlarini aytganmiz. Lekin ular Xalqaro Valyuta Fondining tavsiyalari va o‘ldiruvchi dozalarini qabul qilib kelishdi. Natijada ahvol shu darajaga etdiki, bunga izohning hojati yo‘q.

Bugun Tunisdagi ahlimizga xolis nasihat qilar ekanmiz, ularga narx va soliqlarni oshirish sizlar uchun falokatdir, deb aytamiz. Agar davlatning o‘z xalqiga nisbatan olib borayotgan och qo‘yish va qashshoqlashtirish siyosatiga rozi bo‘lsangiz bu narsa to‘xtamaydi. Balki ahvol bundan ham yomonlashib boraveradi. Chunki Xalqaro Valyuta Fondi tabiiy boyliklarni egallagach, qolgan boyliklarni ham tortib olish uchun bosim qilaveradi.

Ey Tunis ahli: sizlar hukumatni eng katta munkar hisoblanmish ajnabiyga bo‘ysunish va ortidan ergashish siyosati borasida muhosaba qilishingiz lozim. Shuningdek, buzuq kapitalistik nizomdan nafratlanishingiz va Islomni hayotga qaytarish orqali taqdiriy masalangizni hal qilishingiz lozim. Bu esa, hayotning barcha sohalarida Islomni to‘la tatbiq etadigan roshid Xalifalikni tiklash orqali bo‘ladi. Ana o‘shanda dunyoda baxt-saodatga va oxiratda Allohning roziligiga erishasiz. Alloh Taolo aytadi:

قُلْ إِنَّمَا أَعِظُكُمْ بِوَاحِدَةٍ أَنْ تَقُومُوا لِلَّهِ مَثْنَى وَفُرَادَى ثُمَّ تَتَفَكَّرُوا مَا بِصَاحِبِكُمْ مِنْ جِنَّةٍ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ لَكُمْ بَيْنَ يَدَيْ عَذَابٍ شَدِيدٍ

«(Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: Men sizlarga faqat birgina narsani – Alloh uchun juft-juft, yolg‘iz-yolg‘iz holingizda turib, so‘ngra (Muhammad va U keltirgan Kitob haqida) tafakkur qilishingizni tavsiya qilurman. Sohibingizda (ya’ni Muhammadda) hech qanday jinnilik yo‘qdir. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga (yuborilgan) bir ogohlantirguvchi (payg‘ambardir) xolos» [Saba’ 46]

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.