Hasina rejimi mushrik Hindistonning Bangladeshdagi manfaatlariga qarshi gapirgan har qanday ovozni o‘chirish uchun Hizb ut-Tahrir a’zolari va tarafdorlaridan besh kishini qamoqqa oldi

404
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hasina rejimi mushrik Hindistonning Bangladeshdagi manfaatlariga qarshi gapirgan har qanday ovozni o‘chirish uchun Hizb ut-Tahrir a’zolari va tarafdorlaridan besh kishini qamoqqa oldi

Mushrik Hindiston manfaatlariga qarshi gapirgan har qanday ovozni o‘chirish yo‘lida olib borayotgan omadsiz urinishlari doirasida tog‘ut Hasina Hizb ut-Tahrir a’zolari va tarafdorlaridan besh kishini qamoqqa oldi. Bu qamoqqa olish hodisasi Hindistonning «Bobariy» masjidiga qilgan hujumiga hamda Hasina rejimining ayni hujumni itoatkorlik bilan qarshi olishiga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati o‘tkazgan norozilik namoyishlari va yurishlari ortidan bo‘lib o‘tdi. Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, bunday dedi:

«Hasina mana shunday manfur qamoqqa olishlar orqali Ummatga Hindiston manfaatlariga qarshi qaratilgan birorta ham norozilik namoyishi o‘tkazilishiga – hatto tinch namoyish bo‘lsa ham – yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlab qo‘ymoqchi bo‘lyapti». Bayonotda Hasina rejimi quyidagicha ogohlantirildi:

«Bu rejim ayni jirkanch qilmishlari bilan odamlar ovozini o‘chira olmaydi, Hizb ut-Tahrir va uning tarafdorlarini ham o‘z ahd-paymonlaridan qaytara olmaydi. Zero, bugungi kunda hammaning ongi o‘sib qoldi hamda xoin rejim niqoblari tushib, asl basharasi ham ochilib bo‘ldi. Hizb ut-Tahrir va uning xolis tarafdorlari Alloh Azza va Jallaga bergan ahd-paymonlarida sodiq qoladilar. Bu kofirlaru mushriklarning o‘z muxlis malaylari bilan birgalikda Islom Ummati va diniga qarshi til biriktiruvlarini fosh etishga bergan ahd-paymondir». Bayonot so‘nggida Hasina rejimi xavfsizlik xizmatidagi tajovuzkorlarga bunday murojaat qilindi:

«Senlarning da’vatni ko‘tarib chiqqan Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi sodir etgan jinoyatlaring hargiz hisobsiz qolmaydi. Bu vaqt masalasi, xolos. Vaqti kelib, anavi Hasina rejimidan ham hisob so‘raladi va ular albatta munosib jazosini olishadi. Bu esa, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati qayta barpo bo‘lishi bilan, Allohning izni ila, albatta amalga oshadi. Bu davlat barcha zolimlarni adolat mahkamasiga topshiradi va ular haqli jazolarini oladilar.

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.