G‘azo til biriktiruv, bosim va suiqasdlar o‘rtasida

410
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘azo til biriktiruv, bosim va suiqasdlar o‘rtasida

Hamd Tobib qalamiga mansub

G‘azo va uning ahliga qarshi amalga oshirilayotgan bosim, suiqasd va til biriktiruvlar haqida gapirishdan oldin aytamizki, G‘azo ahlining bu zamin va uning siyosiy kelajagi haqidagi ko‘z-qarashi G‘arbiy Sohildagi boshqa falastinliklar hamda dunyodagi boshqa musulmonlar ko‘z-qarashi bilan bir xil. Bu ko‘z-qarash Islomiy Ummat aqidasining tub mohiyatini ifodalaydi. Ya’ni, Ummat ushbu muborak zaminni to‘liq ozod etish va yahud vujudi bilan uchrashib muzokara qilmaslik yoki sulh tuzmaslik, shuningdek bosqinchi yahudiylarning davom etib kelayotgan agressiyasini batamom tugatish vojib, deb biladi.

Falastin ahli va butun musulmonlarning bu haqdagi ko‘z-qarashi Islom shariatidan kelib chiqqan. Zero, shariat bosqinchi yahudiylar bilan bo‘ladigan har qanday muzokarani rad etadi va Falastinning biror qarich eridan voz kechmaslikka buyuradi. Shuningdek, shariat bosqinchi yahudiylar bilan bo‘ladigan har qanday uchrashuvni ham rad etadi, faqat jang maydonidagi uchrashuv bundan mustasno.

Ushbu ko‘z-qarashni sindirish hamda Falastin ahlini yahudiylar bilan muzokara qilishga, keyin ularni tan olib, ular bilan aloqalarni normallashtirishga majburlash uchun ularga qarshi butun dunyo va musulmonlarning malay hukmdorlari til biriktirishdi. Ushbu til biriktiruv «Balьfur» deklaratsiyasini hamda «Sayks-Piko» rejasini amalga oshirish bilan 1917 yili boshlandi. Keyin yahudiylarni Falastinga ko‘chirish bilan katta til biriktiruv amalga oshirildi. Keyin esa, 48, 56 va 67 yillarda arab davlatlari armiyalarining mag‘lubiyatga uchrash sahna o‘yini amalga oshirildi. Keyin, Arab davlatlari Ligasi ko‘rsatmalari nomi ostida Falastin ahli vakillari bilan o‘tirib muzokara qilishning muqaddimasi sifatida Falastin Ozodlik tashkilotini Livandan chiqarib, uning jangchilarini u er, bu erga tarqatib yuborishga til biriktirildi. Undan keyin «Madrid» va «Oslo» konferentsiyalari bo‘lib o‘tdi. Shunday qilib, 2002 yili arab davlatlari sammitida Arab davlatlari Ligasi yahudiy vujudini oshkora tan oldi.

Falastinga va uning ahliga qarshi to‘qilgan til biriktiruvlar shu bilan tugadimi? Aslini olganda, kelgusi til biriktiruvlar ko‘lami Falastinga va uning xalqiga nisbatan sodir etilgan avvalgi xiyonat va til biriktiruvlardan ulkan bo‘ladi. Bu til biriktiruvlar Falastin xalqini tiz cho‘ktirish bilan nihoyasiga etadi. Ularni tiz cho‘ktirishdan maqsad, Amerika bilan musulmonlarning hukmdorlari o‘rtasida qabul qilingan va til biriktiruvlarning yakuni hisoblangan asr kelishuviga muvofiq kelgusi til biriktiruvni ham qabul qildirish hamda yahudiylarni butun mintaqada ho‘jayinga aylantirishdir. Bu bilan yahudiylar regional siyosiy tashkilotlarga ham, harbiy tashkilot va muassasalarga ham hukmron bo‘ladi. Shuningdek, mintaqa davlatlari oldida bosqinchi vujudni maqbul va voqeiy vujudga aylantirish uchun u bilan mintaqadagi barcha davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar normallashtiriladi.

Umuman butun mintaqa va xususan Falastin kelajagi haqidagi bunday ko‘z-qarash unga qarshi qo‘shimcha bosimlarni amalga oshirmasdan tek tashlab qo‘yilmaydi. Ya’ni, xossatan G‘azodagi xolis jangchilarga qarshi suiqasdlar amalga oshiriladi. Shuningdek, Falastinning ichkarisiyu tashqarisidagi ulamolar, islomiy yurtlardagi rejimlar siyosatiga qarshi chiquvchi faollar qamoqqa olinadi.

Falastin ahliga qarshi ko‘p bosimlar qo‘llandi, ayniqsa G‘azo sektorida bunday bosimlar hamon davom etmoqda… Bosimlar ikki yo‘nalishda qo‘llanmoqda. Birinchi yo‘nalish: yahudiylar iqtisodiy bosim va tazyiqlarni qo‘llamoqda, oshkora va yashirin urush olib bormoqda hamda harbiy tozalash va suiqasdlarni amalga oshirmoqda… Ikkinchi yo‘nalish: Misr hukumati repressiya va qamoqqa olishlarni qo‘llamoqda, Misr va G‘azo o‘rtasidagi o‘tish yo‘llarini hamda tunnellarni yopib qo‘ymoqda. Shuningdek, u G‘azoga va uning ahliga qarshi katta til biriktiruvlarni amalga oshirmoqda.

G‘azoni siyosiy jihatdan bo‘ysundirish ishi Misrga, xususan uning josuslik xizmatiga yuklangan. Josuslik xizmati jirkanch urushning barcha turlarini qo‘llamoqda. Shuningdek, josuslik xizmati xolis siyosiy va harbiy etakchilarga suiqasd qilish ishlarida yahudiylar bilan til biriktirmoqda…

Falastin ahliga qarshi qo‘llanayotgan bosim, och qoldirish, suiqasdlar, maoshlarni to‘xtatib qo‘yish va tazyiq o‘tkazish siyosatlarining qo‘llanishidan maqsad «Balьfur» deklaratsiyasi va «Sayks-Piko» shartnomasidan keyingi til biriktiruvlarni qabul qilishga majburlashdir. Taxminan yuz yil oldin rejalangan «Balьfur» deklaratsiyasi va «Sayks-Piko» shartnomasi qarorlarining ijrosi bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Mustamlakachilar va ularning musulmonlar hukmdorlaridan tashkil topgan malaylari muborak zaminga qarshi ushbu ulkan til biriktiruvni oxiriga etkazishda yutuqqa erishishadimi?

G‘arb va uning malaylari ayniqsa qo‘zg‘olonlar bosqichidan keyin tushunib etgan haqiqat shuki, islomiy xalqlar ularga va ularning ovozini eshitishga toqat qilmaydigan bo‘lib qoldi. Islomiy xalqlar «tong otib uyg‘onsamu ulardan birortasini ko‘rmasam» deb orzu qilmoqda. Qo‘zg‘olonlar hatto yahudiylarning islomiy xalqlar haqidagi qarashlarini o‘zgartirib yubordi. Islomiy xalqlarning Falastin, uning muqaddasligi va musulmonlar aqidasida uning tutgan o‘rni haqidagi ko‘z-qarashlarini yahudiylar boshqalardan ko‘ra yaxshi bilishadi. Bu xalqlarning Falastinni ozod qilishga va ularning vujudini qo‘porib tashlashga harakat qilishlarini ham va bu yuz berishi muqarrar ish ekanini ham yaxshi bilishadi. Shuningdek, ular o‘zlari harakat qilayotgan tinchlik qog‘ozdagi siyoh va xalq istagiga zid ravishda mintaqadagi malay davlatlar kuchi bilan ijro qilinayotgan shartnomadan boshqa narsa emasligini ham bilishadi.

Xotimadan oldin aytamizki: Falastin zamini kofirlar tomonidan bosib olinganidan keyin bir necha bor ozod qilingan. Har safar uni Salohiddin, Zohir Beybars va Qutz kabi taqvodor qo‘mondonlar ozod qilgan…

Kofirlar va malay hukmdorlarning til biriktiruvlari yaqinda aniq muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Falastin ichkarisi va tashqarisidagi uni ozod qilishga, yahud changalidan uni qutqarishga harakat qilayotgan musulmon xalqning irodasi oldida bu til biriktiruvlar chilparchin bo‘ladi.

Xotima qilib aytamizki: Islomiy yurtlardagi malay davlatlar albatta zavolga yuz tutadi va yahudiy vujudi ham to‘liq vayron qilinib, ildizi bilan qo‘porib tashlanadi… Falastin zamini Allohning izni ila oldingidek Ummatning bazasiga, Islom diyorining markaziga aylanadi va Ummat armiyasi Evropani fath qilish sari shu bazadan harakatga keladi. Ibn asokir «Damashq tarixi» kitobida keltirgan hadisda Rosululloh  aytadilar:

«هَذَا الأَمْرُ – يعني الخلافة – كَائِنٌ بَعْدِي بِالْمَدِينَةِ، ثُمَّ بِالشَّامِ، ثُمَّ بِالْجَزِيرَةِ، ثُمَّ بِالْعِرَاقِ، ثُمَّ بِالْمَدِينَةِ، ثُمَّ بِبَيْتِ الْمَقْدِسِ، فَإِذَا كَانَ بِبَيْتِ الْمَقْدِسِ فَثَمَّ عُقْرُ دَارِها، وَلَنْ يُخْرِجَهَا قَوْمٌ فَتَعُودَ إِلَيْهِمْ أَبَداً»

«Mendan keyin bu ish (Xalifalik) Madinada bo‘ladi, keyin Shomda, keyin Arab Yarim orolida, keyin Iroqda, keyin Madinada, keyin Baytul Maqdisda (bo‘ladi). Agar Baytul Maqdisda bo‘lsa, (Baytul Maqdis) uning markazi bo‘ladi. Uni (Xalifalikni) u erdan hech kim hech qachon chiqarolmaydi». Payg‘ambar  yana bunday deganlar:

«يَا ابْنَ حَوَالَةَ إِذَا رَأَيْتَ الْخِلَافَةَ قَدْ نَزَلَتْ أَرْضَ الْمُقَدَّسَةِ فَقَدْ دَنَتْ الزَّلَازِلُ وَالْبَلَابِلُ وَالْأُمُورُ الْعِظَامُ، وَالسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ أَقْرَبُ مِنْ النَّاسِ مِنْ يَدِي هَذِهِ مِنْ رَأْسِكَ»

«Ey Ibn Havola, qachon Xalifalik muqaddas zaminga joylashganini ko‘rsangiz, demak, zilzilalar, balolar va ulkan ishlar yaqinlashibdi. O‘sha kunda qiyomat soati mana shu qo‘limning boshingizga yaqinligidan ham yaqinroq qoladi».

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.