Otunbaeva: “Qishloqliklar! O‘nglaning, madaniyatinggizni ko‘taring! Biz sizlarni saviyangizga tushib, ortga qayta olmaymiz”

522
0

Otunbaeva: “Qishloqliklar! O‘nglaning, madaniyatinggizni ko‘taring! Biz sizlarni saviyangizga tushib, ortga qayta olmaymiz”

Sobiq prezident Roza Otunbaeva bu gaplarini, 3-dekabr kuni “Ata Meken” partiyasi lideri sobiq deputat O‘mirbek Tekebaevning kitobini taqdimot anjumanida aytib o‘tdi.

“Qishloqlardan shuncha ko‘p odam keldi. Bishkekning yarmi qishloq bo‘lib qoldi. Ey, biz sizlarning saviyangizga tusha olmaymiz. Ertaga birortasi kelib “hammang ro‘mol o‘rashasan” desa, shunday vaqt keladimi? Nimaning asosida kimlardir bizga ko‘rsatma berishi kerak” dedi Otunbaeva.

Tahlil: Otunbaeva Bishkekdagi muzeyda yalang‘och surat va jonli yalang‘och ayollar ko‘rsatmasiga qarshi jamoatchilik noroziligiga qarshi fikri va nafratini to‘kib soldi. Jamoatchilik noroziligi ortidan muzeydagi taqdimot to‘xtatildi. Muzey direktori ishdan olindi.

Roza Otunbaeva “qishloqilar noroziligi” deb ifodalamoqchi bo‘layotgan jamoiy ruh, aslida odamlar orasida urfga aylanib borayotgan islomiy tuyg‘udan kelib chiqqan qadriyatlarga qarshi yo‘naltirilgan fikrlardir. Otunbaeva Islom va Musulmonlarda shakllanib borayotgan islomiy, insoniylik qadriyatlarini qoloqlik, tubanlik va madaniyatsizlik deb ifodaladi! Bu bilan u behayo ayolning jamoatchilik oldiga yalang‘och holda chiqishini qishloqilar tushuna olmayotgan yuksak madaniyat ramzi demoqchi bo‘ldi.

G‘arb hazorati ayolga – madaniy shakl qatori, ya’ni undan odamlar mumkin qadar ko‘proq lazzatlanishi kerak bo‘lgan mato deb qaraydi. Shundan kelib chiqib bu hazorat yalang‘och ayol ramzini muqaddaslab, uni suratlarda ifodalaydi. Ular ayolni (jismini) bir kishiga tegishli bo‘lishini unga nisbatan zulm deb qarashadi.

Islom ayolga – begonalardan ehtiyot qilinishi kerak bo‘lgan or-nomus deb qaraydi. Shundan kelib chiqib ayollari, qizlari, onalarini jamoatchilik oldiga yalang‘och olib chiqishga, ularni yalang‘och suratlarini chizish va sotuvga qo‘yilishiga yo‘l bermaydi.

Qirg‘izistonda hazoratlar kurashi avjiga chiqib boryapti. Bir necha o‘n yillar mobaynida G‘arb dunyoqarashi Qirg‘izistonda yangi bir avlodni o‘z saqofati asosida shakllantira oldi. Endi u o‘z ta’siri ostidagi minglagan fuqorolarni Rossiyaparast siyosiy doiraga qarshi siyosiy kurash quroliga aylanib boryapti. U Sovet ittifoqidan qolgan qadriyat va mintalitetlarni sindirib, o‘rniga G‘arb madaniyatidan kelib chiqqan yangi siyosiy doira paydo qila boshladi. Aslida Qirg‘izistonda ana shu ikki dunyoqarashdan ta’sirlangan qadriyatlar o‘rtalaridagi urush kuchayib boryapti.

Hokimiyatda turgan etakchi guruh va siyosiy doira asoslangan qadriyatlar ham, G‘arb hazorati bilan qurollanib borayotgan yangi dunyoqarash egalari ham, Islom va Musulmonlar uchun mutlaq begonadir. Islom vaziyatlarga o‘z hazoratidan kelib chiqqan nuqtai-nazaridan qaraydi. Ularning har ikkisi ham bir biriga qarshi kurashayotib, Islom va Musulmonlarni o‘z maqsadlari sari yo‘naltirmoqchi bo‘lishadi.

Vaziyatlar keskinlashib borishi bilan hokimiyat vakillari Musulmonlarni (terroristlar, ekstremistlar kabi) har xil qo‘rqinchli atamalar bilan atab, go‘yo ular jamiyatga xavf solayotgandek voqe’likni paydo qilishga harakat qiladi. Musulmonlarni har turli tuhmat yo‘llari bilan jinoiy javobgarlikka torta boshlaydi! Vaziyat o‘ta keskinlashgudek bo‘lsa, o‘z fuqorolari ustida atayin qo‘poruv ishlari uyushtirishdan ham toymaydi. Ularning bu harakatlarining barchasi matbuot hujumidan yoki xalq nafrati va norozilik ifodalaridan qutulish uchun chalg‘itish uslublari bo‘lib, jamiyatda Islom va Musulmonlar ortida quvvat yo‘qligi uchun bu kabi zulmlar faqat ular ustida ro‘y beraveradi.

Demak bizning quvvatimiz islomiy qadriyatlarimizni, birlarimizni, or-nomusimizni, e’tiqodimizni saqlashda va jamiyatdagi harom unsurlarga nisbatan tutgan shar’iy pozitsiyalarimizni kuchaytirishimizda namoyon bo‘ladi! Jamiyatimizda ro‘y berayotgan barcha noshar’iy ishlarga ziyrak turaylik birodarlar! Islomiy dunyoqarshdan qarasak, ularning (kufr) dunyoqarashlari nafaqat dinga, balki oddiy insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi! Alloh har bir shar’iy harakatlarimiz va ortidan kelayotgan jabrlarga sabrlarimiz uchun ajrlarimizni ziyoda qilib bersin. Amiin!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.