Rossiya “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li uchun 200 mln. rubl ajratdi

524
0

Rossiya “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li uchun 200 mln. rubl ajratdi

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos tayyorlandi. Bu haqda prezident Sooronbay Jeenbekov ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash uchun 200 million rubl (RF Markaziy banki kursi bo‘yicha 3 136 364 dollar) ajratdi.

 “Siyosiy qaror qabul qilindi. Ekspert guruhlari ishlamoqda. Xitoy tomoni rozi bo‘ldi. Men Xitoyga ikki marta tashrif buyurdim, safarlar davomida bu borada muzokaralar olib borildi. Rossiya prezidenti bilan ham muzokaralar o‘tkazildi, siyosiy qaror qabul qilindi”, – dedi Jeenbekov.

 Izoh: Ma’lumki, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish tashabbusi 2000-yillarning boshlarida ko‘tarilgandi, ammo shu vaqtga qadar bu narsa amalga oshmay keldi. Buning asosiy sababi, mazkur temir yo‘l qurilishi mintaqada o‘zini yakka hokim sifatida ko‘rishga odatlangan Rossiya manfaatlariga zid kelganligida edi. Xitoy mablag‘i evaziga quriladigan yangi temir yo‘l loyihasi Xitoyning O‘rta Osiyoga nisbatan ta’sirini yanada kuchaytiradi. Mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga sharoitlar yaratib beradi. Bu esa Rossiya uchun istalmagan holat hisoblanadi. Bundan tashqari, gaz va neft quvurlarining Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali Xitoyga yotqizilishi hamda turkman va o‘zbek gazlarining katta  qismining Xitoyga sotilayotgani ham Rossiya manfaatlarining mintaqada zaiflashib borishiga olib kelayotgandi. Shu sababli ham temir yo‘l qurilishi Rossiya bosimi ostida ma’lum muddat to‘xtab qoldi. Va nihoyat, muzokaralar natijasida Rossiya manfaatlari ham ta’minlangach, loyihani amalga oshirish ishlari qayta jonlanib ketdi.

 Aslida temir yo‘l O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun manfaatli. Chunki, u dunyoda dengiz orqalik amalga oshiriladigan yuk tashishdan keyingi o‘rinni egallab turgan strategik ahamiyatga ega va tannarxi arzon yo‘nalish hisoblanadi. Ammo kufr tuzumi musulmon o‘lkalari, jumladan, bizning yurtlar manfaatlariga mustamlakachilik ko‘zi bilan qaraydi. Ular ba’zida biror sohada o‘z mustamlakasini eplay olmay qolgan taqdirda ham, olamiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan boshqa mustamlakachi davlat loyihalariga biz mustamlaka davlatni topshirishlari mumkin. Yangi temir yo‘l loyihasi ham mintaqani qisman rus ta’siridan xalos etib, mushrik xanlar changaliga tashlash yo‘lidagi qadamlardan biridir.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.