Bishkekda KXShT sammiti bo‘lib o‘tadi

515
0

Bishkekda KXShT sammiti bo‘lib o‘tadi

 28-noyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) sammitida Qirg‘izistonning tashkilotga raislik vazifasi yakuniga etadi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbaev ma’lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston raisligi davrida ustivor vazifa sifatida, tashkilotda xavfsizlik masalalari, inqiroziy vaziyatlarni izga solish, harbiy va iqtisodiy masalalar, harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratgan.

 Bishkekda bo‘lib o‘tadigan sammitda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi. Bir qator hujjatlar imzolanib, tashkilotning 2020-yil uchun byudjeti tasdiqlanadi.

 “Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” mintaqaviy tashkilot bo‘lib, “tinchlikni saqlash, kollektiv asosda mintaqaviy va global xavfsizlikni mudofaa qilish” kabi niqob ostida Rossiyaning mintaqadagi harbiy ta’sirini mustahkamlashga xizmat qiladi.

KXShT tarkibida 26 ming doimiy harbiy va 4 mingdan ortiq tinchlikparvar askarlardan iborat 10 batalьon bor. Bulardan 3 batalьon Rossiyaga, ikktasi Qozog‘istonga, qolgan a’zolarga bittadan batalьon tegishli. Havo kuchlaridan 10 harbiy samolyot va 14 vertolyot Qirg‘izistondagi Rossiya avia bazasida joylashgan.

 O‘zbekiston taklifiga binoan 2005-yili qabul qilingan bitimga muvofiq, KXShT a’zo davlatlardan tashqarida ham davlat to‘ntarishiga qarshi harbiy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Bu o‘z navbatida Armaniston-Ozorbayjon va Qirg‘iziston-O‘zbekiston o‘rtasidagi mojarolarda ishtirok etish imkonini beradi.

 Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, KXShT mintaqada asosan ikki vazifani bajaradi. Birinchisi, bu tashkilot Rossiyaga o‘zining sobiq mustamlakalaridagi ta’sirini saqlab, uning manfaatlarini kafolatlab beradi. Bu o‘z navbatida mintaqaga boshqa derjavalarni harbiy aralashuviga to‘siq qo‘yadi. Ikkinchisi, xalqaro karvon bilan birga “terrorizm” bahonasi ostida mintaqadagi musulmonlarga qarshi kurashadi. Aniqrog‘i, Islomni to‘liq tatbiq qilishga harakat qilgan musulmonlarni sindirishni ko‘zlaydi.

 Bundan tashqari, Rossiya mintaqadagi harbiy bazalari – Qirg‘iziston va Tojikistonda joylashgan bazalari hamda Qozog‘istonda maxfiy saqlanayotgan harbiy qurol-yaroqlari orqali o‘z ta’sirini saqlab turadi.

 Mumtaz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.