Saudiya Rossiyadagi loyihalarga 10 milliard dollar sarmoya ajratgani aytildi

601
0

Saudiya Rossiyadagi loyihalarga 10 milliard dollar sarmoya ajratgani aytildi

Rasmiy tashrif bilan 14 oktyabrda Saudiya Arabistoniga borgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ar-Riyodda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida ikki davlat o‘rtasida bir necha milliard dollarlik shartnomalar imzolandi.

Shartnomalar sarmoya, aerokosmik sanoat, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ilg‘or texnologiyalar sohasiga oid ekani aytilmoqda.

Kremlь matbuot xizmatining bildirishicha, Putin Muhammad Bin Salmon bilan uchrashuv paytida Saudiya jamoat fondi Rossiyadagi turli loyihalarni amalga oshirish uchun 10 milliard dollar sarmoya ajratganini bildirgan.

Putin Saudiyaga tashrifi arafasida Al-Arabiya, Sky News Arabia va RT Arabic telekanallariga bergan intervьyusida qirol va valiahd shahzoda bilan do‘stona munosabatlarda ekanini bildirgan edi.

Tahlil: Biror davlatning ikkinchi bir davlatga sarmoya (investitsiya, moliyaviy qarz) kiritishi, o‘sha davlatni o‘ziga va dunyoqarashiga yoki boshqa biror manfaati tomon tortish maqsadida amalga oshiriladi. Shu asosdan kelib chiqib, ular zayif davlatlarni doimiy iqtisodiy zayif va qaram holda ushlashga harakat qilishadi. Shuning uchun zaiyf davlatlar yirik olamiy ta’sir quvvatiga ega bo‘lgan mustamlakachi davlatlardan sarmoya olish yoki ularga o‘z boyliklarini taklif qilib, ulardan investitsiya tortish asosida o‘z mamlakatining iqtisodiy rejasini tuzishadi.

Lekin  yadroviy qurol va boshqa keng potentsiallarga ega bo‘lgan Rossiya, shu kunga kelib xalqaro siyosatda deyarli ta’sir quvvatiga ega bo‘lmagan, Saudiya sarmoyasiga muhtoj holatga tushib qolishining sababi nimada?! Rossiya o‘n yil mobaynida o‘zining rezerv fondidagi qariyb 4 trillion rublni sarflab yubordi. Putinning siyosati Rossiyaning og‘ir sanoatini deyarli yo‘q qilib, mamlakatni G‘arb va Xitoy investorlari uchun ochib berishga majbur qildi. Putin rejimi o‘z fuqorolarining yashash darajasini avval rezerf fondidan hozirgi holatda ushlab keldi. Bir yil avval rezerv fonddagi pullar deyarli tugadi. Og‘ir sanoati, so‘ng engil sanoati ham to‘xtab borayotgan Rossiya, boshqa davlatlardan investorlar taklif qilishga majbur bo‘ldi. Lekin bu ham mamlakat sarf xarajatlarini qoplay olmagach, u davlat erlari, o‘rmon va tabiiy boyliklarini uzoq muddatga Xitoy kompaniyalariga sota boshladi.

Rossiya o‘z muammolarini moliyaviy mablag‘ bilan hal qila olmaydi. Putin Rossiyaning og‘ir sanoatini deyarli izdan chiqarib yubordi. Buning ortidan tabiiyki, engil sanoat ham chet el investorlariga tobe bo‘lib qoldi. Endi Putin ham, Qirg‘iziston prezidentlari singari chet eldan mablag‘ yig‘a boshladi. Rus xalqining yashash darajasi tubanlashib boraverishi bilan, mamlakatga chet eldan xalqqa yordam ko‘rsatish maqsadida grant beruvchi kompaniyalar va yana har turli kredit banklar kirib keladi. Bu esa, Rossiyaning G‘arbga mustamlaka bo‘lib borayotganini anglatadi.

Rossiya bu holdan qutilish maqsadida Xitoy va Hindiston tomonga yuzlanishga harakat qilyapti. Lekin ular ham Rossiyani bu iqtisodiy va siyosiy tanglikdan saqlab qola olmaydi. Chunki Rossiya o‘zining iqtisodiy sistemasini va davomiyligining kafolati bo‘lgan iqtisod mexanizmini buzdi. G‘arb Rossiyani sindirishga qaratilgan maqsadiga etishida Putinning xizmati juda katta bo‘ldi. Putin Rossiyadagi yirik xususiy kompaniyalarni (neft, gaz zavod, fabrika..) va mulklarni milliylashtirish bilan davlatning og‘ir sanoatini sindirdi. Balki shuning uchun hokimiyatdagi aksar oligarxlarning farzandlari G‘arb mamlakatlarida yashashadi. Putin va boshqa oligarxlarning ko‘chmas mulklari va milliardlagan pullari ham, aynan G‘arb banklarida saqlanadi. Rossiyaning ahvoli ayanchli holda tubanlashib boryapti!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.