Putin: Ukrainada sodir bo’layotgan ishlar xalq inqilobidir

324
0

images (1)Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat televideniyasi orqali o’tkazgan ochiq muloqotda Kremlning Ukraina sharqidagi to’polonlarga aloqasi borligini inkor etdi. U fuqarolar savoliga javob berar ekan, “Ukraina sharqidagi bo’layotgan hodisalarda Moskvaning qo’li bor degan gap quruq safsatadir”, dedi. Shuningdek, Putin Ukraina sharqida Rus qo’shinlari borligini ham qat’iyan rad etdi. Unga ko’ra, Ukraina sharqida sodir bo’layotgan ishlar xalq inqilobidir.

Ayni paytda olingan xabarlarga ko’ra, Ukraina sharqidagi Slavyansk shahrida qurollangan odamlar Rossiya bayroqlarini ko’tarib, zirxli mashinalarda ko’chalarni kezib yurgani aytilmoqda. Ukraina armiyasi esa ularni ekstrimistlar va sepiratistlar degan nuqtainazarda ularga qarshi aksil-terror operatsiya olib boryapti. Ukraina muvaqqat hukumati sharqiy hududlarga o’z harbiylarini safarbar etdi. Donetsk osmonida qiruvchi samolyotlar uchmoqda. Kramatorsk shahri yaqinidagi harbiy baza uzoq otishmadan so’ng rusparast isyonchilardan tortib olindi.

Shu hafta Rossiya, Ukraina va G’arb davlatlari ishtirokida Jenevada muzokara o’tkazish rejalangan. Biroq Rossiya mulozimlarining da’vo qilishicha, Ukraina sharqida fuqarolar urushi boshlanyapti. Buning oldi olinmas ekan, muzokaralardan foyda yo’q.

“O’z xalqiga qarshi tanklarni yuborib, bir paytning o’zida muzokara olib borish mantiqsizlik”, “Namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilsa, muzokaraga Moskva qatnashmaydi,”, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Turkiston:

Ukraina AQSh, Rossiya va YeI o’rtasida bitmas tugalmas janjallar mintaqasi bo’lib qolishi xaqida aytib o’tgan edik. Lekin Putin Abama bilan bir necha marotaba telefon orqali gaplashganidan keyin, xar qanaqangi xolatda xarbiy quvvatini ishga solmaslikka va’da bergan. 17 apreldagi xalq bilan o’tkazgan teledibatida xam shu masalaga oydinlik kiritib, Ukraina xududiga xarbiy aralashish re’jasining yo’qligi xaqida bir necha marotaba takrorladi.

Lekin sharqiy Ukrainada Rossiyaning milliy tarixiy mintaliteti bilan birlashib ketgan, saqofiy ta’siri o’ta kuchli. Rossiyaning pozitsiyasidan shu narsa ayon bo’ladiki, Bu mintaqalarga xarbiy jixatdan aralashmaslikka Putin Abamaga va’da bergan. Ya’ni bu mintaka Qrim evaziga AQShga tortiq qilingan edi. Lekin bu va’da boshqa tomondan (ya’ni saqofiy, e’tiqodiy, siyosiy va iqtisodiy) ta’sir o’tkazishni man qilmaydi. G’arbning o’zi xam Putin aytib o’tganidek xuddi shu uslub bilan ishlaydi. Iroq, Afg’onistonni bosib olishida, Sudanni ikkiga bo’lishda, Yugoslaviyani parchalashda, oxirgilaridan Sharqiy Ukrainaning soxta inqilobiy xarakatlarida xam xuddi shu fitnakashlik uslubidan foydalanib keladi.

Obamaning oxirgi taxdidiy, qo’pol ogoxlantirishi, Rossiyaning xalqaro mavqe’ini pasayib ketganidan dalolat. Chunki yuqoridagi mustamlaka qilish uslublari, katta davlatlarga xos bo’lib kelgan. Buning uchun ular bir birlariga ochiq bosim yasashdan extiyot bo’lishgan. Negaki bu uslublar ularning xar biri uchun munosib deb go’yoki yashirin kelishuv bordek edi. Putin oxirgi paytlarda shu narsani, ya’ni ikki xil standartlar mavjud bo’lib, AQSh qilayotgan ishlar Rossiya uchun ta’qiqlanayotganidan juda ko’p shikoyatli bayonotlar berib keladi. Vanixoyat Angelo Merkelning “Rossiya o’z o’rnini bilmay qoldi” degan ma’nodagi gapi, dunyo xamjamiyati tomonidan sukut bilan qabul qilindi. Bu esa rizolik alomati.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.