Matvienko: O‘zbekiston Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

534
0

Matvienko: O‘zbekiston Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

 O‘zbekiston Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda ayni paytda Toshkentda bo‘lib turgan Rossiya federatsiyasi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matvienko ma’lum qildi.

 “O‘zbekiston prezidenti bir qarorga kelgan va O‘zbekistonning Evrosiyo iqtisodiy kengashiga qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, – dedi Matvienko Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuv chog‘ida.

 Matvienkoning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonning EOII a’zosiga aylanishi Rossiya bilan aloqalar rivojiga yangi turtki beradi va bu orqali hozirda mavjud ba’zi to‘siqlarning bartaraf etilishiga erishiladi.

 Izoh: O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimov Rossiya bilan olib borgan munosabatlarida masofa saqlab, imkon qadar uning ta’sirini zaiflashtirishga xarakat qilib keldi. Hatto o‘z hokimiyati uchun xavf deb bilganidan so‘ng 2012-yili KXShTdagi a’zoligini ham to‘xtatib qo‘ydi. Shundan so‘ng O‘zbekiston har qanday harbiy blok va ittifoqlarga a’zo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Rossiya etakchiligida tashkil etilgan EOIIga ham a’zo bo‘lishni istamadi.

 Karimov vafotidan so‘ng Putin qo‘llovi va roziligi ortidan hokimiyat tepasiga kelgan Mirziyoev Putinni rozi qilish ilinjida O‘zbekiston eshiklarini Rossiya uchun keng ochib berishni boshladi. 1999-yildan O‘zbekistonda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlab kelinayotgan 9-may 2018 yilga kelib “Xotira va qadrlash kuni hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan bayram”ga aylandi. “O‘lmas polk” aktsiyasi O‘zbekiston poytaxti va boshqa shaharlarida bo‘lib o‘tdi. “Georgiy tasma”lari ommalashtirildi…

 …Valentina Matvienko tashrifi arafasida Toshkentni bosib olishda o‘lgan rus bosqinchi askarlariga xotirasiga bundan 150 yil oldin qurilgan butxona 28 sentyabr kuni ta’mirlana boshlandi.

 Ha, “mustaqillik”ni da’vo qiluvchi bu davlat rahbarlari o‘z kursilarini saqlab qolish uchun har qanday ishga, hatto xalq erki va boyliklarini qurbon qilishga ham tayyorlar. Mirziyoevdan talab qilinadigan bo‘lsa, u O‘zbekistonni yana qayta KXShTga olib kirishi, EOIIga a’zo bo‘lishi ham ehtimoldan uzoq emas.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.