Fors Koʻrfazidagi kitlar jangida musulmonlarning qoni oqizilib, boyliklari sovurilmoqda!!

597
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Fors Koʻrfazidagi kitlar jangida musulmonlarning qoni oqizilib, boyliklari sovurilmoqda!!

2019 yil 22 iyulda Reyter axborot agentligi bunday xabar tarqatdi: “Britaniya Xormuz boʻgʻozida harbiy-dengiz floti harakati xavfsizligini taʼminlash uchun Yevropa boshchiligida dengiz xavfsizlik kuchlari tashkilotini tuzishga chaqirdi. Bundan bir necha kun oldin Eron tomonidan Britaniya bayrogʻi ilingan tanker hibsga olingan edi. London uni “davlat qaroqchiligi”, deb atadi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant parlament oldida “bunday gʻoyat muhim hududda ekipaj va yuklarning qatnovini qoʻllab-quvvatlash uchun Yevropa boshchiligida dengiz xavfsizlik kuchlari tashkiloti tuzishga harakat qilamiz”, dedi. Bu yangi kuchlar Eronga koʻproq bosim qilishga qaratilgan “Qoʻshma Shtatlar siyosatining bir qismi boʻlmaydi. Chunki biz Eron yadroviy shartnomasiga doim amal qilib qolamiz”, deya qoʻshimcha qildi.

Xoʻsh, kurashning bunday avj olishi nimani anglatadi? Bunday tahdid va qarshi tahdidlardan nimani tushunish mumkin? Fors Koʻrfazi va Xormuz boʻgʻozida vaziyatni taranglashtirish Eronga nima uchun kerak? AQSh va uning Koʻrfazdagi ittifoqchilaridan alohida dengiz xavfsizlik kuchlari tashkiloti tuzishdan Britaniya nimani koʻzlayapti? Eron AQShning oʻziga qoʻyilgan taqiq va sanktsiyalarni olib tashlashini hamda ilgari imzolangan yadroviy shartnomani qayta tiklashni chindan ham istayaptimi? Bunday siyosiy va jangovar nozik manyovrdan kim ziyon koʻradiyu kim katta foyda oladi?

Bu savollarga javob berishdan oldin, Eronga sanktsiya qoʻyishdan aslida nima koʻzlanganini, Amerika ilgari va keyin nima qilganini aytib oʻtamiz. Shuningdek, bu voqea-hodisalardan maqsad nima ekani va unga nimalar turtki boʻlganini bayon qilamiz.

1 –           Dunyoning bunday nozik bir mintaqasida siyosiy va harbiy kurashlar oʻtgan yillar mobaynida tingani yoʻq. Buning bir necha sabablari bor: Bu mintaqa Saudiya va Koʻrfazga hamda muhim va yirik neft konlariga yaqin boʻlib, isteʼmolchi mintaqa hamda Gʻarbning tovar va sanoatiga ulkan raqobatbardosh isteʼmol bozori hisoblanadi. Shuningdek, u Xormuz boʻgʻozida joylashgan. Bu boʻgʻoz esa juda muhim dengiz yoʻlagi boʻlib, Iroq, Turkiya va Saudiya kabi, Yaqin Sharqdagi katta davlatlar uchun mojaro zonasi hisoblanadi. Shuningdek, yahudiylar bilan musulmonlar oʻrtasidagi kurashda, yahudiylar bilan “tinchlik” amaliyoti istiqbolida hamda Suriya va Livandagi kurash istiqboli kabi hassos masalalarda Eronning taʼsiri kuchli.

2 –           AQShning iqtisodiy hukmronligidan qutulish uchun Yevropa Ittifoqi bilan Xitoy tomonidan koʻp urinishlar boʻlmoqda. Oʻz navbatida, Amerika tomonidan ham ayni davlatlar ustidan nazoratni kuchaytirish va zoʻravonlikni orttirish harakati boʻlyapti. Eron masalasi Amerikaning mana shu siyosatlari doirasiga kirib, uning iqtisodiy va siyosiy jihatdan dunyoga hukmron boʻlish maqsadiga qaratilgan.

3 –           Eronga sanktsiya belgilashga AQSh inqilob boshlangandan beri chaqirib keldi. Bu sanktsiyalarning asosiysi 2002 yildan 2012 yilga qadar joriy qilingani boʻldi, undan soʻng 2015 yil Shveytsariyadagi Lozanna kelishuvi imzolandi. Unda Yevropa davlatlari, asosan, Britaniya, Germaniya va Frantsiya ishtirok etishdi. Ular bilan birga, Rossiya bilan Xitoy ham qatnashdi. Bu kelishuv matnida asosan quyidagilar kelgan:

1 –           Eron tinch atom energiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi. Bu hamkorlik tinchlik va yadroviy xavfsizlik sohalarida hamkorlik qilish yoʻlida tadqiqot olib borish uchun atom stantsiyalari va reaktorlar qurish va boshqalarni oʻz ichiga olishi mumkin.

2 –           Evropa Ittifoqi yadro dasturi bilan bogʻliq barcha iqtisodiy va moliyaviy embargolarni tugatadi. Qoʻshma Shtatlar ham yadro dasturi bilan bogʻliq barcha ikkilamchi iqtisodiy va moliyaviy embargolar ijrosini toʻxtatadi. Bir vaqtning oʻzida, Eron asosiy yadro bilan bogʻliq majburiyatlarini atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik kuzatuvi orqali bajarishga kirishadi.

3 –           Xalqaro Xavfsizlik kengashi tomonidan yangi qaror qabul qilinadi. Qarorda ushbu hamkorlik harakati kompleks dasturi qoʻllab-quvvatlanib, yadro mavzusi bilan bogʻliq sobiq qarorlarning barchasi bekor qilinadi hamda kelishib olingan vaqtinchalik muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Ushbu kelishuv ortidan Yevropa davlatlari, xususan, Germaniya bilan savdo bitimlari va shartnomalari imzolandi. Zero, Germaniya keyingi oʻn yil ichida bir milliard dollarga yaqin yirik savdo va neft shartnomalari imzoladi.

Biz mana shu uch faktdan Amerikaning Eron muammosini atayin keltirib chiqarganini guvohi boʻlyapmiz. Buning ortida ham regional, ham xalqaro darajadagi siyosiy va iqtisodiy maqsadlar yotibdi. Eron birinchi darajadagi maqsad emas, yadroviy masala ham yoʻq. Balki bu narsalar siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirish uchun bir dastak va bahona, xolos. Masalan Eronni oladigan boʻlsak, uning yadroviy loyihasi xalqaro va regional tinchlikka mutlaqo xavf solmaydi. Chunki bu loyiha qattiq xalqaro nazorat ostida. Eron amaliy jihatdan, AQShning mintaqadagi siyosati doirasidan bir kun ham chetga chiqqan emas. Ayniqsa, Amerikaning Islomga qashi kurashi, Shomdagi urushi, ilgargi Iroq va Afgʻonistondagi urushlarida, AQSh siyosatidan, uning katta-katta ishlaridan zarracha ogʻishmaydi, ortda qolmay xizmat qilib kelyapti. Hatto Eron Amerikaning mintaqadagi siyosiy va harbiy hukmronligiga yordam berib kelgan. Buni amerikalik yirik siyosatchilarning oʻzlari eʼtirof etishmoqda. Endi, ommaviy axborot vositalarida yoki ayrim eronlik siyosatchilarning Fors Koʻrfazida AQSh tomonidan olib borilayotgan siyosatlarga qarshi bergan bayonotlariga kelsak, bu biz aytgan haqiqatni mutlaqo oʻzgartirmaydi. Chunki Quddusda namoz oʻqish, yahudiylarni hayotdan supurib tashlash, Amerikani vayron qilish kabi gaplar yolgʻon gaplar. Chunki Amerika Eronning mana shunday tahdidlaridan mintaqada Yevropaga qarshi foydalanadi va oʻzini dunyoning ayni nozik mintaqasidagi qoʻriqchi, politsiya qilib koʻrsatadi. U shuningdek, bundan bir necha maqsadlarni koʻzlagan, jumladan:

1 –           Evropa davlatlarini AQShning Yaqin Sharqdagi siyosiy va iqtisodiy koʻrsatma-buyruqlariga boʻysunishga majburlash, xususan, dollar hukmronligiga qarshi chiqmaslikka, Xitoy va Rossiya bilan hamkorlikda dollardan qutulishga urinmaslikka majburlash. Ayniqsa, Germaniyaga sanktsiya joriy qilish bilan tahdid etish. Chunki u doim Amerika siyosatiga qarshi siyosat olib boradi. Germaniyaning bunday siyosatiga misollar, Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlash, aloqa (kommunikatsiya) sohasida Xitoy bilan hamkorlik qilish, Tehron bilan muomala qilayotgan nemis kompaniyalariga kredit kafolatlarini berish, AQShning harbiy dengiz floti hamkorligiga qoʻshmaslik kabilardir.

2 –           Evropa davlatlarini harbiy jihatdan Koʻrfaz botqogʻiga tortish va ularga yoʻl harakati politsiyasi vazifasini faqat AQSh qila oladi, degan narsani tiqishtirish. Xususan, qasddan Yevropaning harbiy va savdo kemalariga koʻplab muammolar keltirib chiqarayotgan Amerika boʻladi. U alal oqibat, Yevropani mudofaa va Eron xavfiga qarshi kurash koalitsiyasiga qoʻshilishga majbur qiladi.

3 –           Evropani iqtisodiy jihatdan boshi bilan oxirini bilib boʻlmaydigan va Yevropa davlatlari hal eta olmaydigan ochiq mavzuda tugatib bitirish. Bunga Eron pozitsiyasini tarangligi va kurashga chaqirib, unga muqobil javob qaytarish uslubi sabab boʻladi. Binobarin, Yevropa oʻzining iqtisodiy hajmi qanchalik ekanini va mazkur loyihalarni bajarish uchun Amerika va mintaqa davlatlariga muhtojligini his qiladi.

Amerikaning bundan boshqa rejalashtirayotgan maqsadlari ham bor, bular Amerika loyihalariga xizmat qilishi uchun arab davlatlari koalitsiyasini tuzish hamda ushbu sunʼiy tahdid orqali Koʻrfaz davlatlarini moliyaviy shantaj qilish kabi. Shuningdek, Amerika yahudiylarni Falastin masalasini hal etishda oʻz rejasi doirasida harakat qilishga majbur qilish hamda ularda bizni faqat Amerikagina mudofaa qila oladi, degan tushunchani paydo qilishni ham maqsad qilgan.

Yevropa davlatlarining, asosan, Britaniya, Germaniya va Frantsiyaning reaktsiyasiga kelsak, bu davlatlar Amerika nima qilmoqchiligini yaxshi bilishadi. Eron bilan boʻlgan savdo va neft shartnomalari bekor qilinsa, bu Yevropa iqtisodiyotiga naqadar katta ziyon keltirishini yaxshi tushunishadi. Yangi shartnoma imzolanilsa, Amerika undan oʻzi istagan yoʻlda foydalanishini va oʻzi istagan narsasini xalqaro hamjamiyatga zoʻrlab tiqishtirishini, Eron tarafida turgan davlat boʻlsa, uni sanktsiyalardan istisno qilishini yaxshi bilishadi. Shuningdek, Koʻrfazdagi vaziyatning taranglashishi nimani anglatishini ham, buni kim qilayotganini ham bilishadi. AQShning oʻz flotini Eron bilan toʻla kelishib olgan holda Koʻrfazga olib kelganini ham, Eronning vaziyatni murakkablashtirayotgani AQShga qaratilgan emasligini ham yaxshi anglashadi. Eronning Koʻrfaz dengizida koʻp reaktsiya bildirishini, asosiy nishon shu Yevropa davlatlari boʻlishini ham bilishadi. Bir vaqtning oʻzida, bu davlatlar ortida AQSh turgan har qanday muammolarga qarshi kurashishga chindan ham qodir emasliklarini, oʻz koalitsiyalari uzoq vaqt muvaffaqiyat qozonolmasligini ham juda yaxshi bilishadi.

Ming afsuski, bu kitlarning oʻzaro kurashlari va janglarining yoqilgʻisi musulmonlarning boyliklari va mollari boʻlmoqda… Amerikaning manfaati yoʻlida joriy qilingan iqtisodiy embargolar ziyoni musulmon xalqlarga yetmoqda.

Musulmon yurtlaridagi bu va boshqa koʻplab voqealar musulmon yurtlari xalqlarini AQShga qullik qilish kishanidan ozod boʻlish sari undamogʻi lozim. Buning uchun avvalo, Amerika qurol sifatida ishlatayotgan anavi hukmdorlardan qutulmoqlari kerak boʻladi. Shuning uchun bu xalqlar, agar farovon yashashni istasalar, u holda, musulmon yurtlaridagi ruvaybizalardan qoʻllarini yuvmoqlari va xuddi pokiza musaffo tanadan badboʻy libosni yechib tashlangani kabi, ulardan butunlay voz kechmoqlari zarur. Chunki Islom Ummati toza pokdir. Pok boʻlgani uchun ham Allohning Kitobi va Rosuli sunnati bilan hukm yuritilishga hamda xuddi oʻtmishda boʻlgani kabi, pokdomon hukmdorlar tomonidan boshqarilishga loyiqdir.

Roya gazetasining 2019 yil 14 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.