Ansorlar muhojirlarga shunday muomala qilishganmi Erdogan janoblari?!

496
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ansorlar muhojirlarga shunday muomala qilishganmi Erdogan janoblari?!

Smart axborot agentligi veb-sayti (hijriy 1440 yil 4 zul-hijja, milodiy 2019 yil 5 avgust dushanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Oʻtgan iyul oyida turk rejimi minglab suriyalik qochqinni Suriyaning Idlib shahri va Shimoliy Halabga deportatsiya qildi.

Suriyadagi “Bobul Havo” chegara punkti maʼmuriyati oʻzining veb-saytida Turkiya hokimiyati tomonidan Idlib viloyatiga olib ketilayotgan 6160 nafar suriyalik qochqinni qabul qilib olganini aytdi.

Oʻz navbatida, Eʼzoz rayonidagi “Bobus salomat” nomli Suriya-Turkiya chegara punkti direktori general Qosim Qosim ham Smart agentligiga oʻtgan toʻrt kun mobaynida 800 nafar (kuniga 200 nafardan) qochqinni rasman qabul qilib olganini aytadi.

Qosimning taʼkidlashicha, Eʼzoz rayoniga deport qilingan barcha qochqinlar, besh yildan beri Turkiyada yashagan boʻlib, deport qilinishlariga Istanbul shahrida “vaqtinchalik himoya karta” (kimlik)lari yoʻqligi sabab boʻlgan.

Qosimga koʻra, Eʼzoz rayoniga keltirilgan qochqinlarning barchasi, istagan tomonlariga koʻchish va ketish huquqiga ega.

Oʻz navbatida, Jarablus chegara punktidagi bir rasmiy manba ham “Smant”ga – chegara punktidan deport qilinayotgan qochqinlarni Turkiya hozirda oʻzlarining Suriyaga ketish ixtiyorlariga muvofiq amalga oshirayotganini daʼvo qildi.

Maʼlumki, turk rejimi 2019 yilning iyun oyi mobaynida birgina Bobul Havoning oʻzidan Idlibga 4178 nafar suriyalik qochqinni deport qilgan. Biroq Afrin, Eʼzoz, Jirablus va Bob kabi Shimoliy Halab rayonlari bilan Turkiya chegaralari punktlarida hech qanday rasmiy statistika mavjud emas, Chunki Suriya tomonidagi ayni punktlar maʼmuriyati ommaviy axborot vositalariga maʼlumot berishdan bosh tortishgan”.

Minglab suriyaliklar Turkiyada bir necha yildan beri yashayotganlariga qaramay, yashash uchun rasmiy ruxsatnoma (kimlik) olishda katta qiyinchiliklarga uchramoqdalar. Buning ustiga, Turkiya ichkarisida shahardan-shaharga oʻtish uchun beriladigan izn varaqasi olishda ham qiyinchiliklar mavjud. Natijada ulardan koʻpchiligi shahardan-shaharga noqonuniy yoʻllar bilan oʻtish uchun qoʻshimcha mablagʻ sarflashga majbur boʻlmoqdalar”.

Roya gazetasining 2019 yil 21 avgust chorshanba kungi 248-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.