Javid Bajva va Imron rejimi Trampdan Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida oʻrtamchilik qilishini soʻrash orqali uning qayta saylanish kampaniyasini qoʻllab-quvvatlamoqda

459
0

Javid Bajva va Imron rejimi Trampdan Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida oʻrtamchilik qilishini soʻrash va Afgʻonistonda Amerikaning holdan toygan harbiylari uchun barqarorlik oʻrnatish orqali uning qayta saylanish kampaniyasini qoʻllab-quvvatlamoqda

Javid Bajva va Imron Xon 2019 yil 22 iyulda Amerika bilan ittifoqdosh ekanliklarini isbotlash uchun Islom va musulmonlarning ashaddiy dushmani, Amerikaning prezidenti Tramp bilan uchrashishdi. Uchrashuvda razvedka va ichki xavfsizlik idorasi bosh direktori va armiya shtab boshligʻi ham ishtirok etdi. Unda Imron Xon Pokiston va Hindiston oʻrtasidagi aloqalarni normallashtirayotgani uchun Trampga toʻla ishonishini taʼkidladi. U shunday dedi: “Hindiston qitʼasida bir milliard 250 milliondan koʻproq odam istiqomat qiladi. Ular Kashmir masalasi garovidirlar. Faqat kuchli davlatgina ikki yurtni kelishtirishga qodir”. Amerikaning normallashtirish rejasiga koʻra, Pokiston Hindiston davlati foydasiga siyosiy, iqtisodiy va harbiy sohalarda chekinishi kerak. Bunda Hindiston davlati Xitoyga qarshi chiqa olishi uchun mintaqa uzra hukmronlik qilish quvvatiga ega boʻlishi va Amerika nomidan musulmonlar ustidan hukmronlik qilishi lozim. Biroq shunday boʻlishiga qaramay, Imron Xon Tramp borasida ishonchni tiklashga erishdi. Amerika Afgʻonistonda Sovet Ittifoqi kabi harbiy magʻlubiyat alamini totyapti. Shuning uchun Bajva-Imron rejimi Afgʻonistondagi siyosatni barqarorlashtirish uchun bor kuchini ayamasligini aytdi. Amerika aynan mana shunga muhtoj. Chunki u oʻz harbiylarini dunyoda yagona islomiy yadroviy oʻlka yaqiniga joylashtirishni istaydi. Bundan tashqari, uni moʻljalga olishi ham zarur. Imron Xon Trampga nisbatan ixlosi baland ekanini taʼkidlar ekan, shunday dedi: “Biz Tolibonni afgʻon hukumati bilan muzokara stoliga oʻtirishi va siyosiy yechimni qabul qilishlariga koʻndira olamiz”.

Ey Pokiston musulmonlari va xususan qurolli kuch vakillari, Amerika Islom va musulmonlarning birinchi raqamli dushmani boʻlishiga qaramay, Bajva-Imron rejimi u bilan ittifoqdosh boʻlishga qattiq harakat qilyapti. Amerikaning dushmanligi Islomiy yurtlarga qarshi uyushtirayotgan salibchilik hujumlarida hamda yahudiy vujudi va Hindistonni qoʻllab-quvvatlashida ochiq koʻrinib turibdi. Ammo Amerikadan boʻladigan iqtisodiy yordamlarni vaʼda qilib, musulmonlarni Amerika bilan tuziladigan xoinona ittifoqqa qiziqtirishiga kelsak, bu daʼvolar barchasi soxtadir. Chunki Amerika oʻzining iqtisodiy quroli boʻlmish Xalqaro Valyuta Fondi orqali Pokistonga vayron qiluvchi zarba berdi. Pokistonda dehqonchilik va sanoat falajlangach, Amerika Hindiston davlati Pokiston bozorlarini egallashi uchun Pokistonning iqtisodiy chegaralarini ochishga harakat qilyapti.

مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتاً وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ

“Allohdan oʻzga “doʻstlar”ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (oʻzi uchun) uy qurib olib, (oʻsha uyidan panoh istagan) oʻrgimchakka oʻxshaydi. Albatta uylarning eng nimjoni oʻrgimchak uyasidir. Agar ular bilsalar edi, (oʻrgimchak uyasi kabi ojiz butlardan panoh istamagan boʻlur edilar) [Ankabut 41]

Haqiqat shuki, Ummatni kuchaytirish uchun faqat bitta yoʻl mavjud, u ham boʻlsa, Ummatni Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik soyasida birlashtirishdir.

الَّذِينَ يَتَّخِذُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ أَيَبْتَغُونَ عِندَهُمُ الْعِزَّةَ فَإِنَّ الْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعاً

“Ular moʻminlarni qoʻyib kofirlarni doʻst tutadilar. Ular oʻsha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora boʻladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir” [Niso 139]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.