Hindiston atom qurolidan voz kechish haqida gapirayotgan boʻlsa ham, Pokiston atom qurolidan aslo voz kechmasligi lozim

540
0

Hindiston atom qurolidan voz kechish haqida gapirayotgan boʻlsa ham, Pokiston atom qurolidan aslo voz kechmasligi lozim

Imron Xon atom qurollarimiz bilan bogʻliq xatarli masʼuliyatni oʻz boʻyniga oldi. Hatto xiyonatkor boʻlib qolmaslik uchun bu borada nafaqat jim turish, balki undan bosh tortish lozim edi. 2019 yil 24 iyulda Foks Nьyus kanali muxbiri Bret Bayyer Imron Xondan “Agar Hindiston atom qurollaridan voz kechishi haqida gapirsa, Pokiston ham undan voz kechadimi?” deb soʻradi. Shunda Imron Xon hech ikkilanmay: “Albatta, chunki atom urushi nomaqbul ishdir, ayniqsa Pokiston va Hindiston oʻrtasida. Chunki atom urushi tushunchasi voqeda oʻzini-oʻzi vayron qilishdir”, deb javob berdi. Imron Xon Pokistonning atom kuchi haqidagi AQShning xavotirlari borasida ularni tinchlantirar ekan, shunday dedi: “Biz AQSh bilan xavfsizlik choralari haqidagi razvedka maʼlumotlari boʻyicha hamkorlik qilmoqdamiz”. Pokiston rejimi dushmanlarimizga qattiq raddiya bildirish oʻrniga, atom qurolidan voz kechish haqida gapirmoqda. Holbuki, kuchli davlatlar atom qurollari va rivojlangan raketalardan foydalanish borasida poyga oʻynamoqdalar.

Ey Pokistondagi musulmonlar, xususan u yerdagi quvvat ahli!

Biz rejim bilan shafqatsiz munosabatda boʻlishimiz va xatarli pozitsiyasidan qaytishini talab qilishimiz lozim. Atom qurollari Hindistonni tajovuzkorona urush amaliyotlarini rejalashtirishdan qaytarmadi. Hindiston atom inqirozi iskanjasi ostida Pokistonga qarshi anʼanaviy urushni rejalashtirmoqda. Ammo rejimning Tramp va uning ittifoqchisi Modi vositachiligidagi orzulariga kelsak, Pulvamadagi Hindiston havo zarbalari Amerikaning Hindiston tarafida ekanini koʻrsatib turibdi. Amerikaning toʻliq qoʻllab-quvvatlovi bilan Hindistonda ulkan qurol-aslaha yigʻilmoqda. Chunki Hindiston Xitoyga qarshi kurashish va mintaqadagi musulmonlarga bosim oʻtkazishda Amerikaga yordam bermoqda. Razvedka maʼlumotlari borasida Amerika bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik haqida aytadigan boʻlsak, Amerikaning Afgʻonistonda turishidan maqsad bizning yadroviy sistemamizga yaqin joyga joylashishdir. Afgʻonistondagi joylashuvi esa, rejimning Tolibon bilan soʻzlashuvi orqali oson kechmoqda. Lekin Pokiston yadro qurollari programmasi borasida maʼlumot almashish – eng kamida – Islom, Pokiston va mintaqadagi musulmonlarga qarshi katta xiyonatdir.

وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ وَمِنْ رِبَاطِ الْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِ عَدُوَّ اللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَآخَرِينَ مِنْ دُونِهِمْ لاَ تَعْلَمُونَهُمُ اللَّهُ يَعْلَمُهُمْ

(Ey moʻminlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qoʻyingizki, bu bilan Allohning va oʻzlaringizning dushmanlaringizni hamda ulardan tashqari sizlar bilmaydigan — Alloh biladigan boshqa birovlarni ham qoʻrquvga solursizlar. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizlarga zulm qilinmagan holda komil qilib qaytarilur” [Anfol 60]

Bizning dinimiz dushmanlarimizni qaytarish uchun bizga zamonaviy harbiy kuch, shu jumladan, yadroviy qurollar, kosmik parvoz, yangi texnologiya va ishlab chiqarishdagi bilimdonlikka ega boʻlishimizga buyuradi. Bizning yadroviy himoyamiz nafaqat Hindiston, balki Amerika va yahudiy vujudi kabi barcha dushmanlarimizga qarshi tayyor boʻlishi lozim. Bizning harbiy yuksakligimiz bitta davlat bilan bellashish uchun emas, balki dunyoda Islom hukmronligini taʼminlash uchun tashqi siyosatni kuchaytirishga qaratilgan boʻlishi kerak. Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikkina jonlar evaziga erishgan himoya kuchimizni yuksaltiradi. Shuningdek, Ummatni Amerika hukmronligidan ozod qilib, dunyoning yetakchi davlatida birlashtiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.