Hizb ut-Tahrir – Suriya tadbirlar boshlab xoinlarning Ostona 13 konferentsiyasi oqibatlaridan ogohlantirmoqda

403
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Suriya tadbirlar boshlab xoinlarning Ostona 13 konferentsiyasi oqibatlaridan ogohlantirmoqda

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati aʼzolari yakshanba kuni Idlib atrofida qator namoyishlar uyushtirdi. Unda xoinlarning Ostona 13 konferentsiyasi oqibatlaridan ogohlantirilib, uning chiqarilgan jinoyatkorona yakuniy xulosasiga qarshi chiqildi.

Taftanoz shahridagi “Ostona 13 ulkan xiyonatdir” nomli namoyishda ishtirokchilar koʻtarib chiqqan plakatlarning birida bu rejimning jangovar yoʼl bilan olishga ojizlik qilgan narsasini sulhlar va razil muzokaralar bilan olishga urinayotgani ifodalandi. Ikkinchi bir plakatda oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi taslim boʻlishni anglatuvchi siyosiy yechim sari tashlanayotgan qadamlardan biri ekani aytilgan. Yana bir plakatda Ostona konferentsiyasida qatnashgan kimsalar ham, u yerda qatnashmasdan konferentsiya qarorlarini ijro etayotgan kimsalar ham bitta tanganing ikki tomoni ekani va shu gunohi azimda sherik ekanliklari aytildi.

Saroqib shahridagi namoyishda qatnashchilar Ostona konferentsiyasining qon va nomuslarga nisbatan xiyonat ekanini hamda Alloh, Rosuli va moʻminlarga nisbatan sotqinlik yigʻini ekanini taʼkidladilar. Plakatlarning birida “Nahotki shahidlar qonini unutib, vaʼdasiga xiyonat qiluvchi shu rejimga ishonyapmiz, xoinona konferentsiya sulhiga tayanyapmiz?!”, deyildi. Yana bir plakatda Rosululloh ﷺning “Moʻmin barmogʻini bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi”, degan hadisi zikr qilinib, “biz barmogʻimizni sulh va muzokara teshigiga yana chaqtiramizmi?!”, deyildi.

Sharqdagi Maarratu Noʻmon atrofida Hizb ut-Tahrir aʼzolari yurish uyushtirib, Shahid boʻlgan yigitlar rasmlarini koʻtarib chiqishdi hamda plakatlar orqali ularni hargiz unutmasliklarini, ularning qoni Ostona va Jenevadagi arzongarov savdoga qoʻyiladigan tovar emasligini, bu shahidlar sulh va muzokaralar uchun emas, balki Alloh kalimasini oliy qilish uchun chiqqanlarini taʼkidladilar.

Roya gazetasining 2019 yil 14 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.