Falastin rejimi xavfsizlik xizmati Zohiriyadagi doʻkonlardan Rosululloh ﷺning bayroqlarini olib tashlash uchun oʻz kuchlarini yubormoqda

507
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi xavfsizlik xizmati Zohiriyadagi doʻkonlardan Rosululloh ﷺning bayroqlarini olib tashlash uchun oʻz kuchlarini yubormoqda

Har safar hayit kunlari va tantanalarda Xalilning Zohiriya shahridagi mashhur savdo doʻkondorlari Rosululloh ﷺning bayroqlarini doʻkonlariga ilib olishni odat qilishgan. Ammo bu safar kutilmaganda rejimning bir toʻda xavfsizlik kuchlari kelib, doʻkon ishchilaridan muborak ashr kunlari doʻkonlarga fayz berib turgan roya va livo bayroqlarini olib tashlashni talab qildi. Doʻkon ishchilari bayroqlarni olib tashlashdan bosh tortishdi va odamlar bilan xavfsizlik kuchlari oʻrtasida janjal chiqdi… Shunda xavfsizlik kuchlari Zohiriya shahri boʻylab koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻlladi… Voqea joyiga yetib kelgan doʻkonlar egalarini hibsga oldi!

Oʻsha kechasi soat uchda xavfsizlik kuchlari zoʻravonlik va razilligini davom ettirib, Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birining uyiga bostirib kirdi. Ular Hizb aʼzosini hibsga olib, uni Xalildagi xavfsizlik idoralarining biriga olib ketishdi. Yana bir xonadonga bostirib kirib, tintuv oʻtkazishdi… Ertasiga ham Hizb aʼzolari uylariga bostirib kirishni toʻxtatishmadi, xonadon ahllariga profilaktik xavfsizlik xizmati ularni qidirayotganini maʼlum qilishdi.

Xavfsizlik xizmatining bunday xatti-harakati, uning Ummat madaniyatidan butunlay sugʻurilib chiqqan xizmatga aylanganini ochiq koʻrsatib turibdi. Chunki shu Ummat farzandlari shunday muborak kunlarda oʻz Rosuli ﷺning bayroqlarini koʻtarib chiqmoqda… Bu Ummatga ulugʻligi va gʻolibligini xotirlatayotgan va Allohning izni ila, yaqinda ushbu muborak zamin ozod etilgan paytda boshimiz uzra hilpiraydigan bayroqdir. Nahotki, Rosululloh ﷺning bayrogʻi va Ummatning buyuklik ramzi Falastin rejimi bilan uning xavfsizlik xizmatini gʻazablantirayotgan boʻlsa?! Xalifalikni xotirlatayotgan va kecha salibchiyu moʻgʻullar zamonida uning ostida Falastin fath etilgan, ertaga Xalifalik davlatida hilpirab, muborak zamin uning soyasi ostida yahudiylar iflosligidan poklanadigan ushbu bayroq xavfsizlik xizmatini gʻazablantirib, uni yulib tashlashga undayaptimi?!

Roya gazetasining 2019 yil 14 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.