“Qirgʻiziston goʻzali – 2019” konkursining ishtirokchilari eʼlon qilindi

916
0

“Qirgʻiziston goʻzali – 2019” konkursining ishtirokchilari eʼlon qilindi

Sputnik saytining xabar berishicha joriy yilning 26 avgust kunida Bishkek shahrida “Qirgʻiziston goʻzali 2019” konkursining final bosqichi boʻlib oʻtadi. Ushbu konkursni yil sayin uyuushtirib kelayotgan Risqul Namazbekovaning aytishicha, unda 31 ishtirokchi otin-qizlar orasidan faqatgini bir goʻzal tanlab olingan.

“Qizlarimizning eng kattasi 30 yoshda, eng kichigi esa 16 yoshni qarshilab turibdi”- dedi Namazbekova.

Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan siylanish bilan birga xalqaro goʻzallar konkursiga yoʻllanma olish imkoniyatni ham qoʻlga kiritadi.

Konkursning eng oliy sovrini sifatida avtomashina beligilgan. Bundan tashqari gʻoliblar Turkiya va BAAga sayyohlik yoʻllanmalari, shuningdek mablagʻ bilan ham taqdirlanadi.

Izoh:

Yana oʻsha mavzu, yana shaʼn-sharaf, or-nomus mavzusi.  Qadimda momolarimiz garchi yetuk Islomiy bilimdan bexabar boʻlsalar-da, uyiga kelgan mehmonga umuman koʻrinmay, hatto ovozini avrat bilib, nomahramdan saqlab, iffatida sodiq qolgan. Oʻsha konkurs katnashuvchilardan Yaratuvchi haqida soʻrasangiz, shubhasiz “albatta Alloh bor” deydi. Biroq tili bilan aytilgan zikr qalbigacha yetib bormaganligi achinarli hol. Islom mabdasi boshqa botil mabdalardan farqli oʻlaroq, inson fitratiga mos keladi.  Shunday ekan nima uchun qizlarimizni minglagan nomahramlar orasida koʻz-koʻz qilib, yana ularga sovrinlar berib, gʻolib qilyapmiz? Hatto gʻayriislomiy tushunchalar bilan yashayotgan erkaklar tabiatan ahli ayolini begonalardan qizgʻanib, xiyonatni  ogʻir musibat deb qabul qilayotgan bir paytda, bizdagi Islomiy gʻurur jumbushga kelmayotganidan hayratdan qa ushlaysan kishi. Bugungi kunda muslima qizni himoya qilish tushuchasini oʻzgartirib, ularning toʻgʻri turmush tarziga qaytarish bizning vazifamiz emasmi? Yoki shunchaki hamiyatimiz yoʻqolib qoldimi? Axir ular avvaliga oʻz yurtimizda, keyinchalik dunyo boʻylab musulmonlar nomidan chiqib, avratlarini namoyon qiladi, naxotki oʻsha gʻayridinchalik rashqiningiz kelmasa? Shubhasiz, iqtisodiy, ijtimoy va barcha sohalarda saqofatni tartibga soladigan bir Sharʼiy sistemaga ehtiyojimiz bor. Ammo oʻsha kungacha jim turib, sukut saqlab,  or-nomusimizni sotib, kun koʻrishimiz shartmikan?! Yoki davlat tiklangucha umr koʻrishingizga kafolat berildimi? Bugun qoʻshni qiz konkursda qatnashsa ertaga sizning qizlarining,  nevaralaringiz avratini ochishi mumkin. Nikohni 18 yoshga cheklab, qizlarning nikohsiz homilador boʻlishiga sabab boʻlayotgan buzuq tuzum, tabiiy ravishda kufr mafkurasini aynan qizlarimiz orqali jamiyatga olib kiradi. Harchand kuyib pishsangiz ham Alloh xohlagan nasiba sizga yetib keladi, bas rizqingiz xususida, umringiz xususida aqidangiz yechilgan boʻlsa, Qiyomatda soʻraladigan bandalik vazifalaringizga jiddiyroq munosabat bildiring. Iymoningiz, insofingiz, or-nomus va sharaf-hamiyatingizni bir avtomashinaga sotib yubormang.

Munavvara Aziz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.