Saudlar oilasi hukmdorlari AQShga qurol savdosi boʻyicha qoʻshimcha gonorarlar taqdim etmoqda

483
0

Saudlar oilasi hukmdorlari AQShga qurol savdosi boʻyicha qoʻshimcha gonorarlar taqdim etmoqda

AQSh Mudofaa vazirligi “Lockheed Martin” korporatsiyasi Saudiyaga raketalarga qarshi mudofaa tizimini sotish boʻyicha 1.48 milliard dollar qiymatidagi savdo shartnomasini qoʻlga kiritganini maʼlum qildi. Bu narsa xoin hukmdorlar til biriktiruvi bilan qurol-yarogʻ savdosi, degan soxta bitimlar orqali musulmonlar mollarini talon-toroj qilish doirasida sodir etildi. Nьyu-York Tayms gazetasi vazirlikka tayanib aytishicha, bu yangi shartnoma raketalarga qarshi mudofaa tizimi “THAAD” bilan bogʻliq. Gazetaning izohlashicha, ayni shartnoma yordamida Saudiya bilan boʻlgan “THAAD” savdosining umumiy qiymati 5.36 milliard dollarga koʻtariladi. Boshqa jihatdan, juma kuni Saudiya mintaqa xavfsizligi va barqarorligini mudofaa qilish, degan dastak ostida AQSh kuchlariga mezbonlik qilish kelishuvini imzolagan. “Podshoh Salmon mamlakatning mintaqa xavfsizligi va barqarorligini mudofaa qilish va tinchligini taʼminlash yoʻlida birgalikda harakat qilish darajasini oshirish uchun AQSh kuchlariga mezbonlik qilish kelishuvini imzoladi”, dedi mudofaa vazirligidagi bir rasmiy manba.

Roya gazetasining 2019 yil 24 iyul chorshanba kungi 244-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.