Yamandagi siyosiy va harbiy kurash faqat mustamlakachi AQSh va Britaniyaga xizmat qiladi

533
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yamandagi siyosiy va harbiy kurash faqat mustamlakachi AQSh va Britaniyaga xizmat qiladi

Rusiyal Yavm veb-sayti (hijriy 1440 yil 23 shavvol, milodiy 2019 yil 26 iyun chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Bugun chorshanba kuni erta tongda nomaʼlum shaxslar Yamanning janubiy sharqidagi Shabva viloyatidagi gaz quvurini portlatishdi. Novosti agnetligining mahalliy hokimiyatdagi manbalardan biriga tayanib xabar qilishicha, 320 km. uzunlikdagi gaz quvurining portlashi Shabva viloyatining janubiy sharqi Ruzum provintsiyasidagi Ayn Bomaʼbad hududida sodir etilgan. Portlash oqibatida quvur liniyasida kuchli yongʻin chiqqan. Bu iyun oyida sodir etilgan gaz quvuri portlatilishining uchinchisi hisoblanadi.

Yaman 2014 yildan beri Abdurobbih Mansur Hodiy hukumati bilan “Ansorulloh” harakati oʻrtasidagi siyosiy-harbiy nizoga guvoh boʻlmoqda. Yaman hukumati tarafida Saudiya yetakchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi kuchlari jang qilmoqda”.

Roya gazetasi sharhi:

Butun Yamanda xususan, Shabva viloyatida ketayotgan siyosiy kurash va harbiy janglar, shuningdek, Abdurobbih Munsur Hodiy bilan Husiylar oʻrtasida ketayotgan janglarning barchasi ularning ortida Yaman uchun kurashayotgan mustamlakachi davlatlar (AQSh bilan Britaniya) foydasiga xizmat qiladi. Aslo Yaman ahli foydasiga xizmat qilmaydi. Zotan, imon va hikmat yurti boʻlmish Yaman ahlini Alloh Subhanahu bir-birlariga qarshi urishishdan qaytardi, buni harom qildi, bir-birlariga qarshi jang qilishning oqibati yomon boʻlishi bilan tahdid etdi. Alloh Taolo bunday dedi:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِناً إِلَّا خَطَأً

“Moʻmin moʻminni faqat bilmagan holdagina oʻldirib qoʻyishi mumkin” [Niso 92]

وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِناً مُّتَعَمِّداً فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِداً فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَاباً عَظِيماً

“Kim qasddan bir moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jahannam boʻlib, oʻsha joyda abadiy qolajak va u Allohning gʻazabiga, laʼnatiga duchor boʻlgan, Alloh uning uchun ulugʻ azobni tayyorlab qoʻygandir” [Niso 93]

Ushbu imon va hikmat yurti ahli nega oʻz yurtlarini kurashuvchi dushmanlarga qoʻyib beradilar, bunga Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun faoliyat olib borayotgan xolis insonlar bilan birgalikda qarshi kurashsalar boʻladi-ku?!

Roya gazetasining 2019 yil 17 iyul chorshanba kungi 243-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.