Singapur Qirg‘iziston iqtisodiyotiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

489
0

 Qirg‘izistonga ishchi tashrif bilan kelgan Singapur savdo va sanoat vaziri Ko Po Kun Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Oleg Pankratov bilan bo‘lgan uchrashuvda, Singapur Qirg‘iziston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqchi hamda Singapur investitsiyalarining Qirg‘iziston iqtisodiyotiga kelishiga ko‘mak beradigan davlatlararo kelishuvni imzolamoqchi ekanligini ma‘lum qildi.

 Ko Po Kunning fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama shaklda rivojlanishi kerak.

 O‘z gavbatida Pankratov Qirg‘iziston ham savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorligini ta‘kidlab, o‘zaro hamkorlik uchun katta salohiyat borligini aytdi.

 “Singapur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish sohasida samarali islohotlar o‘tkazish borasida noyob tajribaga ega. Biz davlat boshqaruvi, logistika, industrial parklarni yaratish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz. O‘zaro manfaatli hamkorlik va savdo aylanmasini oshirish uchun salohiyat katta va undan ikki davlat uchun maksimal darajada unumli foydalanish kerak”,- dedi Oleg Pankratov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.