Jeenbekov: Oʻzbekiston bilan chegara boʻyicha koʻp yillik masalalarga nuqta qoʻyildi

447
0

Jeenbekov: Oʻzbekiston bilan chegara boʻyicha koʻp yillik masalalarga nuqta qoʻyildi

 “Chegaradagi mustahkamlik chegaraoldi qishloqlaridagi fuqarolarning jonbozligi, irodasi tufayli yuzaga kelgan. Botken tumanidagi asosiy muammo – chegaralar masalasi. Shuning uchun chegaralarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz”, – dedi Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 4 iyul kuni Botken tumani va Botken shahri aholisi bilan uchrashuvda.

 Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, u chegaralar masalasini hal qilish oson emasligini taʼkidlagan va Oʻzbekiston bilan koʻp yillik masalalarga nuqta qoʻyilgani hamda chegaralarning 85 foizi aniq belgilab olinganini eslatgan.

 “Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar tarixiy voqea boʻldi. Deyarli barcha masalalar boʻyicha umumiy fikrga keldik. Tojikiston bilan ham xuddi shunday samarali muzokaralar olib borilmoqda. Tojikistonga rasmiy tashrifim chogʻida biz prezident Imomali Rahmon bilan yagona fikrga keldik, bizning maqsadlar bir xil. Hurmatli prezident Imomali Rahmon yaqinda Qirgʻizistonga tashrif buyuradi, muzokaralar davom ettiriladi. Biz chegaralar masalasiga yechim topish mavzusini eʼtiborsiz qoldirmaymiz. Tojikiston prezidenti ham, men ham muzokaralar uchun ochiqmiz”, – deya taʼkidlab oʻtdi Sooronbay Jeenbekov.

 Uning qayd etishicha, ertami-kechmi bu masalalar hal etiladi, bunga vaqt va sabr-toqat talab qilinadi. 30 yildan beri mavjud boʻlgan bunday muammolarga yechim topish uchun vaqt kerak, shu kabi muammolar tezda hal boʻlmaydi.

 “Men bilamanki, hal qilinmagan chegaralar masalasi tufayli turli hodisalar roʻy bermoqda. Shu sababli, fitnalardan uzoq yurish kerak, “yaqin qoʻshni uzoq qarindoshdan yaxshi” degan xalq maqolini yodda tutish juda muhim va qoʻshni davlatlar fuqarolari bilan tinch-totuv yashash lozim. Biz qoʻshnilarimiz bilan yaqin doʻstona munosabatlarni saqlab qolishimiz hamda mustahkamlashimiz kerak. Qoʻshnilarimiz bilan talashadigan narsa yoʻq, mozorlar va bozorlar bitta. Biz dindoshlarmiz, bir ariqdan suv ichamiz”, – dedi prezident.

 Izoh:

Ha, qirgʻiz va oʻzbek  xalqi azaldan bir Ummat vakillari sifatida yashab kelishgan. Darhiqiqat ularning mozor va bozorlari bir boʻlib, bir-birlari bilan quda-andachilik rishtalari bilan chambarchas bogʻlanishgan. Ammo “boʻlib tashla va hukmronlik qil” tamoiliga asoslangan xalqaro siyosatdagi yirik va mustamlakachi davlatlar kichik va zaif davlatlar oʻrtalariga sunʼiy chegaralarni tortib, bu chegaralardan oʻzlari uchun mustamlaka qilish kuroli sifatida foydalanib kelishadi.

 Xudosiz kommunistlar hukumati ham azaldan bir Ummat vakillari boʻlgan Turkiston musulmonlarini besh respublikaga boʻlib tashladi. Respublikalar oʻrtasida sunʼiy chegaralar tortayotgan vaqtda kommunistlar ular oʻrtasida doimiy kelishmovchilik va ziddiyatlarni paydo qilish va shu orqali oʻz taʼsir doirasida ushlab turish oson boʻlishi uchun chegaralarni xuddi shaxmat taxtasidagi kataklar kabi tortib chiqishdi. Bu chegaralar bugungi kunga qadar qardosh xalqlar oʻrtasida ziddiyat va kelishmovchiliklar paydo qilish oʻchogʻi sifatida qolmoqda. “Mustaqil” davlat rahbarlari esa qondosh xalqlar oʻrtasidagi sunʼiy chegaralarni yoʻq qilish oʻrniga ularni yanada mustahkamlash, har biri oʻz hududini belgilash ustidagina fikr yuritishmoqda.

 Aslida musulmon xalqlar oʻrtasida chegara boʻlishi sharʼan joiz emas.  Oʻzbek va Qirgʻiz millatlarining oʻrtalarini bogʻlashi, birlashtirib birodar, aka uka qila olishi mumkin boʻlgan robita faqatgina Islom robitasidir. Lekin kufr olami va ularga tobe davlat rahbarlari bunday boʻlishini xohlashmaydi. Shu sababli ham yirik davlatlar oʻz malaylariga chegaralarni mustahkamlash uchun moddiy yordam berib keladi.

 Bizlarni kufrning makr-hiylalaridan omon saqlab qola oladigan Islom dini tomon harakat qilishimiz vojib. Biz Islom dini bayrogʻi ostida birlashgan taqdirimizdagina kufrning siyosiy nayranglaridan omon qolamiz. Shuni unutmaylikki, mustamlakachi kufr davlatlari hech qachon bizlarni rivojlanib ketishimizni istamaydi. Chunki rivojlanish oʻzligini tanishga olib boradi. Oʻzligini tanigan Ummat esa tubanlikka rozi boʻlmaydi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.