Bishkekda yana “Markaziy Osiyoda ekstremizm masalasi” muhokama qilinmoqda

410
0

Bishkekda yana “Markaziy Osiyoda ekstremizm masalasi” muhokama qilinmoqda

3 – 4 iyul kunlari Bishkekda “Markaziy Osiyoda ekstremizm masalasi”ni muhokama qilish seminarining navbatdagi anjuman boʻlib oʻtdi.

Shu yilning fevral oyida Bishkekda, “diniy tarmoqda davlat siyosatini yoyishda matbuotning tutgan oʻrni” masalasi muhokama qilingan edi.

 Mart oyida Bishkekda Qirgʻiziston diniy komissiyasi tashabbusi bilan “diniy oqimlararo yaqinlik paydo qilish” maqsadida yigʻin uyushtirildi.

Aprel oyida “Markaziy Osiyodagi ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha liderlar muhokamasi” nomli loiha asosida yigʻin boʻlib oʻtdi.

14 iyun kuni Bishkekda ShHT sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitda Xitoy yetakchisi Si Tszinьpin “birgalikda uch yovuz kuchga, “ayirmachilik, terrorizm, ekstremizm”ga qarshi kurashishimiz kerak” dedi. Bu tashabbusni qoʻllagan Jiyanbekov, Qirgʻiziston “ayirmachilik, terrorizm, ekstremizmga qarshi kurashda Xitoy bilan bir pozitsiyada ekanini maʼlum qildi.

Shu kunlarda Bishkekda yana “Markaziy Osiyoda ekstremizm masalasi”ni muhokama qilish seminarining navbatdagi anjumani boʻlib oʻtmoqda. 3-4 iyul kunlari boʻlib oʻtayotgan bu anjuman Atambayevning “Jiyanbekov ketsin” degan talablari ostida oʻtkazayotgan namoishi bilan bir kunga toʻgʻri keldi.

“Ekstremizm” ularning taʼbiri bilan ifodanganda, “hokimiyatni fovqulotda bosib olishga shay turgan yoki shunga harakat olib borayotgan shaxs yoki guruhga” aytiladi.

3 iyulь kuni Bishkekda “Soke (prezident) boʻlmadi (ketsin)” talabi ostida uyushtirilgan namoyish boʻlib oʻtdi. Mazkur namoyish, hokimiyat ichida turib “Qirgʻiz davlatchiligini tan olmayman” deb bayonot bergan hamda ustidan jinoiy ish ochilishiga qaramay tergovdan boʻyin tovlab, atrofiga noqonuniy xalq vakillarini toʻplab olib oʻzini ular bilan davlatdan himoya qilayotgan sobiq prezident Atambayev tomonidan uyushtirildi va moliyaviy dastaklandi. Atambayev namoyishdagi nutqida, mavjud siyosiy elita va yetakchi guruh (prezident) hokimiyatdan ketishi kerak, ularning oʻrniga oʻz atrofida turgan namoyish ishtirokchilari vakillari kelishi kerakligini ochiq taʼkidladi.

“Ekstremizm” kufr termini boʻlib, u faqat Islom va musulmonlarga qarshi ishlatiladi. Asqar Akayevni hokimiyatdan quvib, mandatni Rossiyadan turib qabul qilib olgan Omurbek Tekebayev “biz hokimiyatni notoʻgʻri (ekstremistik) yoʻl bilan olib qoʻydik” deb tan olgan edi. Shunga qaramay xalqaro siyosat ularni davlat sifatida tan olib oʻz bagʻirlariga oldi. Keyingi hokimiyatga kelganlar ham xuddi shu yoʻl bilan hozirgilar tarafidan mamlakatdan kuvib chiqarildi!

“Ekstremizm” atamasi faqat musulmonlarga nisbat berilganligi tufayli yuqoridagi seminarlar va anjumanlarning koʻpligi, vahimalilgi va jiddiyligiga qarab, “Qirgʻiziston davlati islomiy guruhlar tomonidan tortib olinayotgan holatda ekan” degan gumonga kelasan kishi. Balki xalqaro siyosat yoki Qirgʻiz hokimiyati biror maqsadni koʻzlab dunyo jamoatchiligi ongida shunaqangi tasavvur paydo qilmoqchidir. Nima boʻlganida ham “ekstremizm” termini faqat Islom dini vakillarigagina ishlatilayapti. Hatto Islomga aloqasi boʻlmaganlar tarafidan shu terminga mos harakatlar olib borilayotgan boʻlsa ham, ularga eʼtibor berilmaydi. Balki xalqaro siyosat bosimi bilan ularning demokratik haq huquqlari himoyasi davlat tomonidan kafolatlanishi talab qilinadi.

Demak xulosa qilish mumkinki, har qanday olamiy boshqaruv sistemasi ichida, oʻzga boshqaruv sistemalariga qarshi kurashish mexanizmlari mavjud. “Ekstremizm, terrorizm…” terminlari ortida demokratiyaga asoslangan kapitalistik olamiy boshqaruv sistemasining Islomiy olamiy boshqaruv sistemasi (mabdaʼsi)ga qarshi mexanizmining asoslari yotadi. Bu terminlar xalq manfaatidan kelib chiqqan umumolamiy, yaʼni muayyan jinoyatlarga qarshi qaratilgan insoniy manfaatlarni himoya qiluvchi ekani yolgʻon. Ular faqat moddiy manfaatlar olib kelishi yoki Islomning olamiy boshqaruv sistemasiga qaytishini oldini olish maqsadlaridagina ishlatiladi.

Shuning uchun musulmonlar bu terminlardan foydalanishlari va bir birlarini shu atamalar bilan atab, kufrga xizmat koʻrsatishlari mutlaq harom! Bu kabi terminlarni jamiyatlarimizga kirib kelishiga yoʻl qoʻymasligimiz, bu atamalardan hatto kundalik hayotlarimizda ham foydalanmasligimiz kerak! Moʻʼminning shu munosabatining oʻzi Islom va musulmonlarga manfaat va daʼvat deb eʼtibor qilinadi! Voqelikda yuz berayotgan har bir siyosiy holat va vaziyatlarda Islom va musulmonlarning manfaatidan kelib chiqib ish koʻraylik birodarlar! Assalamu alaykum.

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.