Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan oʻtish davri Harbiy Kengashi oʻrtasidagi suyakni sindirish (raqibning shavkatini sindirish) kurashi

482
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan oʻtish davri Harbiy Kengashi oʻrtasidagi suyakni sindirish (raqibning shavkatini sindirish) kurashi

Hasbulloh Nur qalamiga mansub

Oʻtgan oy oxirlarida Harbiy Kengash bilan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan edi. Ammo bu uchrashuv tarang vaziyatni battar taranglashtirdi. Chunki uchrashuvdan keyin ertasigayoq Harbiy Kengash bayonot chiqarib, unda kelishmovchilikning asosiy nuqtasi hanuz muallaq qolayotganini maʼlum qildi. Yaʼni, kelishmovchilik asosan, Suveren kengash va undagi raislikning fuqarolar bilan harbiylar oʻrtasida taqsimlanishi borasida ketmoqda. Masalan, muzokaralar muvaffaqiyatsiz boʻlgani eʼlon etilishi ortidan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari muzokarasi aʼzosi Rossiyaning RT kanaliga – Suveren kengashga fuqaro shaxsning raislik qilishiga oʻtish davri Harbiy Kengashi rozi emas, dedi. Taʼkidlash lozimki, shanba kuni oʻtish davri Harbiy Kengashi aʼzosi ham – armiyamiz Suveren kengashning aksar aʼzolari fuqarolardan iborat boʻlishiga rozi emas, bu qizil chiziqni buzishdir, dedi. (Sky News Arabia 2019 yil 4 may). Sayha gazetasida ham diviziya komandiri Saloh Abdulxoliqning Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari talablariga izoh sifatida – Kengashimiz Suveren kengashda fuqarolar bilan harbiylar sonining teng boʻlishiga rozi, ammo aksar kishilar fuqarolarni tashkil qilishiga aslo rozi boʻlmaydi, degan soʻzlari nashr qilindi. Nihoyat, Harbiy Kengash ovozini bir muncha balandlatib, “aksar fuqarolikka oʻrin yoʻq, Xavfsizlik apparatiga oʻrin yoʻq, muvaqqat raislikka oʻrin yoʻq”, deya uchta raddiyani koʻtarib chiqdi.

Harbiy Kengash ayni pozitsiyasini isbotlash uchun bir necha hujjat-dalillar keltirdi. Unga koʻra, “Suveren Kengash har bir shahar aholisi istagini oʻzida tamsil etadi. Biroq Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari esa, Sudan ahlining umumiy istaklarini tamsil etmaydi. Uning rejimni agʻdarishga olib kelgan harakatga aynan yetakchilik qilgani va hamon yetakchilik qilayotganining ahamiyati yoʻq. Shuning uchun bu ish oʻz egasiga topshiriladi. Bu esa, butun yurt ahli istagini oʻzida tamsil etuvchi saylangan hukumatdir. Chunki Harbiy Kengash yurtdagi har bir partiyalarga nisbatan bitta pozitsiyani ushlab kelayotgan betaraf tomondir”. Shuningdek, Harbiy Kengash keltirgan hujjatlardan yana biri, “Sudan tang va favqulodda xavfsizlik vaziyatini boshdan kechirmoqda. Butun yurt boʻylab, urushlar kechmoqda, ichkarida qurolli harakatlar koʻpayib ketgan. Shu bois, yetarlicha tayyorgarlik va tezkor qarordan boshqa narsa buni bartaraf etishga qodir emas. Buni esa, Qurolli kuchlar qoʻlidagi mustaqil qarorsiz aslo amalga oshirib boʻlmaydi”. Nihoyat, Kengashning fikricha, oʻtish davri Harbiy Kengashini oʻzida aks ettirgan qurolli kuchlar sobiq rejimni agʻdarishda asosiy kuch vazifasini bajardi. Shu jihatdan u qaror qabul qilishda faol ishtirok etishga haqli boʻlib, Sudan xalqining asl bir boʻlagi hisoblanadi.

Ozodlik va Oʻzgarish kuchlariga kelsak, ular keltirayotgan hujjat-dastak shuki, fuqarolik boshqaruvi uchun oʻtish davrini joriy qilish sudanliklarning asosiy va yagona talabidir. Shu talab sababli qoʻzgʻolon boʻlib oʻtdi, shu sababli odamlar shahid boʻldi, mana shu shahidlar tufayli hamon namoyish davom etyapti. Demak, shuncha qurbonliklardan keyin bir harbiy boshqaruvni boshqa bir harbiy boshqaruvga almashtirish notoʻgʻri. Ularning shakli va koʻrinishi boshqacha boʻladi, xolos.

Aslida esa, xoh harbiylar boʻlsin, xoh fuqarolar boʻlsin, ular koʻtarayotgan narsalar va keltirayotgan hujjat-dastaklar ortida boshqa sabablar yotibdi va shu sabablar har tomonni oʻz pozitsiyasini tiqishtirishga undayapti. Masalan, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari armiyadagilar hokimiyatga yopishib olishmoqda, regional va xalqaro davlatlar ularni tarafini olib, qoʻllab-quvvatlayapti, degan fikrni qatʼiy aytishyapti. Sisiy tajribasidagi nusxa koʻchirishni ular koʻz oldilariga keltirib olishgan va Harbiy Kengashning erta saylovlar dasturini taklif qilayotgani ayni nuqtai nazarlarini quvvatlamoqda. Shu nuqtai nazarlari, Harbiy Kengash hokimiyatni topshirishni istamayapti, degan mazmundagi koʻplab mahalliy va xalqaro siyosiy tahlillarga mos kelyapti. Masalan, AQShda chiqadigan Forin Polisi jurnalida aytilgani kabi. “Bashir ketdi, uning rejimi jang qilishda davom etmoqda”, deydi jurnalist Jeston Linch ayni jurnalda chiqqan oʻzining Sudan toʻgʻrisidagi hisobotida. Soʻng bu soʻzlarini – aftidan, Sudan rahbarlari hokimiyatni fuqarolarga topshirish toʻgʻrisidagi vaʼdalaridan voz kechishgan koʻrinadi, deya izohlaydi. Jurnalist Atlantika kengashidagi tadqiqotchilar rahbarining “Armiya ikir-chikir ishlar bilan vaqt oʻtkazib, boshqalarni oʻzaro kurashishga qoʻyib berishni Bashirdan oʻrgandi”, degan soʻzini ham keltiradi. U oʻz hisobotida Harbiy Kengashni qoʻllab-quvvatlayotgan va uni hokimiyatni topshirmaslikka qattiq undayotgan Misr, Saudiya va Amirliklar pozitsiyasiga ham toʻxtalib oʻtgan. Ayni hisobotda Amerikaning Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan boʻlgan munosabati uzluksiz davom etmayotganligi ham aytilgan. Shuningdek, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari rahbarlaridan toʻrttasining AQSh diplomatik missiyasining Xartumdagi raisi Stiven Kutsis bilan aloqa qilish mushkul boʻlayotgani haqida ham soʻz yuritilgan. Ushbu rahbarlardan biri Stivenni “mutakabbir va dimogʻdor”, degan boʻlsa, yana biri “Men AQSh elchixonasiga bormayman, vaqtimni bekor ketkazishni istamayman”, dedi. Shu ishlarning barchasi Ozodlik va Oʻzgarish kuchlarini Harbiy Kengashdan choʻchiydigan va suyakni sindirish kurashi boʻyicha harakatlanishga tayyorlanadigan qilib qoʻydi.

Oʻtish davri Harbiy Kengashi pozitsiyasi boʻyicha, u Ozodlik va Oʻzgarish kuchlarining Suveren kengashni qoʻlga olishidan choʻchimoqda. Chunki bu kengash real nufuzga ega, baʼzilar aytgandek “tantanalar uchun chiqarilgan kengash” emas hamda milliy xavfsizlik kengashidan javobgar. Shu bois, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bu Suveren kengashni oʻziga ogʻdirib oladigan boʻlsa, bu ayni kuchlarning rejim kuchlari (armiya, politsiya, milliy xavfsizlik xizmati)ni qayta strukturasini tuzib chiqishni anglatadi. Agar shunday boʻlsa, bu Harbiy Kengashning Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari kundasiga boshini qoʻyishiga olib borishi mumkin. Shuning uchun ham Harbiy Kengash Suveren kengash rahbariyatini oʻz qoʻlida ushlab, bunga oʻzi uchun hayot-mamot masalasi oʻlaroq qarayapti, u ham suyakni sindirish kurashi boʻyicha harakatlanishga tayyor turibdi.

Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bosim qilish uslubi sifatida, siyosiy ish tashlash shioridan, keyin fuqarolar isyonidan Harbiy Kengashga qarshi qurol sifatida foydalanmoqda. Bu bir oz mashaqqat talab qilsa-da, ammo tajribadan oʻtgan, faol, kuchli qurol hisoblanadi. Shuningdek, Harbiy Kengashning ham unga qarshi qurollari bor boʻlib, bu narsa unga manyovr imkoniyatini beradi. U shuning uchun ham kontrrevolyutsiyani harakatlantirishga tayanib, saylovlarni erta oʻtkazish degan narsani koʻtarib chiqdi. Kasaba uyushmalari va ittifoqlardan taʼqibni olib tashlash ham mana shu kontrrevolyutsiya harakati uchun alohida namuna hisoblanadi. Kontrrevolyutsiya harakatiga yana bir misol, Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisini hibsga olishga harakat qilgan bosh prokuraturaga Harbiy Kengashning qarshi chiqqanidir. Bundan tashqari, boshqa koʻp uslublar ham qoʻllanganki, ularning barchasi Harbiy Kengashga mansub uslublar, degan gumonni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlariga qarshi boʻlgan barcha siyosiy oqimlarni kontrrevolyutsiyaga harakatlantirish yoki qoʻllab-quvvatlash kabi. Haqiqatdan ham, Harbiy Kengash bunday hollarda nopok ishlarga qoʻl urishi va xavfsizlik tizginini qoʻldan chiqarib, boshboshdoqlikka sabab boʻlishi ham mumkin, masalan, Misr qoʻzgʻolonida boʻlgani kabi. Yoki Ramazonning sakkizinchi qonli kechasida sodir boʻlgan shubha ostidagi amaliyotlar kabi. Bu va boshqa ishlar Harbiy Kengashga qoʻzgʻolonni jilovlab olish imkonini beradi.

Sudan ahli mahalliy darajada ham, regional darajada ham toʻqnashuv yoʻlidan yurishni istamayapti. Balki ular toʻgʻri yechim qidirmoqdalar. Toʻgʻri yechim esa, albatta toʻgʻri mafkuradan olinadi. Shu oʻrinda men Alloh Subhanahu va Taoloning quyidagi kalomlarini keltirmoqchiman:

وَمَا اخْتَلَفْتُمْ فِيهِ مِنْ شَيْءٍ فَحُكْمُهُ إِلَى اللَّهِ

“Sizlar ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi Allohga (qaytarilur)”        [Shuro 10]

مَا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِنْ شَيْءٍ

“Kitobda biron narsani qoʻymay (yozganmiz) [Anʼom 38]

Bu oʻrinda Rosululloh ﷺning ushbu soʻzlarini keltirmoq lozim:

“كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأَنْبِيَاءُ، كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ، وَإِنَّهُ لاَ نَبِيَّ بَعْدِي، وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ فَتَكْثُرُ، قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الأَوَّلِ فَالأَوَّلِ، وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ”

“Bani Isroilga paygʻambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir paygʻambar halok boʻlsa, ortidan boshqa bir paygʻambar kelardi. Mendan keyin esa paygʻambar yoʻq. Xalifalar boʻladi va ular koʻpayib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bayʼatiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar, zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida soʻraydi”.

Islom saltanat Ummatniki, uni Ummat oʻzi istagan kishiga – Alloh Taoloning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlari asosida boshqarishi sharti bilan – beradi. Ana shunda Alloh, va Rosuli rozi boʻladigan, ziyon yetkazish payida yurganlar gʻazablanadigan yoʻl bilan ixtilof ham albatta koʻtariladi.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.