Atambayev “eski siyosiy doira”ga qarshi namoyishda ishtirok etishini maʼlum qildi

390
0

Atambayev “eski siyosiy doira”ga qarshi namoyishda ishtirok etishini maʼlum qildi

3 iyulь kuni Bishkekda sobiq prezident Almazbek Atambayev tarafdorlari tomonidan tinch namoyish uyushtirilishi kutilmoqda. Atambayev Qoʻy-toshdagi uyidan turib, oʻz tarafdorlariga, namoyishda ishtirok etishini bildirdi.

Atambayev tarafdorlari namoyishda, “eski siyosiy doira ketsin, oʻrniga yangi xalq vakillari kelsin” degan maʼnodagi plakatlar bilan chiqishmoqchi. Namoyish mavjud prezident Sooranbay Jeenbekovga qarshi ruhda oʻtishi kutilmoqda.

Izoh:

Atambayev bilan Jeenbekov oʻrtasidagi keskinliklar hozirda siyosiy qatlamni ikkiga boʻlib, keyingi bosqichda mamlakat fuqorolarini ham ikkiga boʻlishga qarab ketmoqda.

Atambayev Qoʻy-toshdagi xon saroyida yuzlagan odamlarning ortiga yashirinib oldi. Jiyanbekov qoʻliga oʻtgan salohiyatidan foydalanib, qonun bilan Atambayevni burchakka taqab boryapti. Har ikki tomon bir-biriga qarshi matbuot kurashi olib borish orqali fuqorolar fikrini oʻz maqsadlari tomon yoʻnaltirmoqchi boʻlishmoqdi. Ular talashayotgan siyosiy doira vakillari boʻlgan siyosatchilar ham, faqat shaxsiy manfaatlar ilinjida, ikki tomonga boʻlinib borishyapti.

Atambayev hokimiyat uchun xatarli quvvatga aylanib ketishi mumkin edi. Chunki Jeenbekov tortib olgan yetakchi guruh Atambayevning guruhi edi. Ammo ular Jeenbekov ortidan yurib, oʻz xojalarini sotib ketishdi. Ular “siyosiy doira” deb atayotgan bu guruh, har qanday yangi quvvat paydo boʻlsa, oʻsha tomonga moyillasha oladigan ishonchsiz guruh ekanligi sababli, Jeenbekov muxolifatga aylanib borayotgan Atambayev guruhini parchalab, oʻzini qamoqqa tashlamoqchi boʻlayapti.

Har ikki taraf maqsadiga yetish yoki jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish uchun fuqorolardan foydalanishmoqchi. Atambayev Jeenbekovni murosaga chaqirib, oʻzini jinoiy javobgarlikdan saqlab qolish maqsadida mamlakatda milliy, hududiy yoki boshqa keskinliklar paydo qilishdan ham toymaydi. Atambayev 6 yil qonun asosi boʻlgan konstitutsiyaning himoyachisi boʻldi. Shu kunlarda uning oʻzi qonunni buzib, prezidentni va oʻzi tuzgan sud mexanizmini tan olmasligini aytdi. Demak u mamlakatda betayinlik holatlarini keltirib chiqarish orqali muammolar paydo qilish yoʻli bilan Jeenbekovni murosaga majburlamoqchi boʻladi.

Mana shulardan koʻrinib turibdiki, xiyonat va zaiflik asosiga qurilgan va shaxsiy manfaatlari uchun tinmay bir-birini sotib borayotgan bu yetakchi guruhni, yaʼni siyosiy doirani himoya qilishdan hech qanday manfaat yoʻq. Har ikki tomon biz fuqorolarning quvvatidan foydalanib, oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini roʻyobga chiqarib olmoqchi boʻlishyapti. Buning oqibatida fuqorolararo keskinlik va parokandaliklar kelib chiqishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar ularni qiziqtirmaydi.

Birodarlar, ular berayotgan arzimas sadaqalari evaziga ularning shaxsiy manfaatlari uchun xalq manfaatlarini garovga solmaylik. Avvalgi davlat agʻdarilishlarini esga olaylik. Xalq vakillari qurbon berildi, lekin yetakchi guruh hokimiyatga erishgach, uni yana oʻzlashtirib olaverdi! Keyin undan yana boshqasiga hokimiyatni olib bermoqchi boʻlganimizda har safar xalqqa qarshi qurol bilan chiqishmadimi?! Endi oʻshalar yana xalqni bir-biriga qarshi toʻqnashuvga undamoqchi boʻlishayapti….

Abdurazzoq Moʻʼmin 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.