Amerika boshqarib-buyurib turibdi, musulmon yurtlaridagi ruvaybizalar esa, uning buyruqlarini hech qanday majburlashsiz oʻz ixtiyorlari bilan ado etishmoqda!!

427
0

Amerika boshqarib-buyurib turibdi, musulmon yurtlaridagi ruvaybizalar esa, uning buyruqlarini hech qanday majburlashsiz oʻz ixtiyorlari bilan ado etishmoqda!!

Rusiyal Yavm sayti (hijriy 1440 yil 27 ramazon, milodiy 2019 yil 1 iyun shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Saudiya Tashqi ishlar vaziri Odil Jubayrning maʼlum qilishicha, Makka mezbonligida oʻtgan Arab davlatlari sammiti (uchlik sammiti), Eronga mintaqada olib borayotgan xatti-harakatlarini va mintaqa davlatlari ishlarigi aralashishini qoralovchi ochiq murojaat yoʻlladi.

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz chaqirgan ushbu sammit Arab va musulmon davlatlar oʻrtasida hamkorlik va muvofiqlashuvni hamda yagona pozitsiyaga birlashishni talab qilayotgan mintaqaviy oʻzgarishlar manzarasida oʻtmoqda, dedi Odil Jubayr juma kuni Islom Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Yusuf Asimin bilan birgalikda bergan matbuot konferentsiyasida.

Uning taʼkidlashicha, “Eron asosiy eʼtiborini oʻz potentsiallarini terrorizm, vayronagarchilik va qirgʻinlarni qoʻllab-quvvatlashga sarflashga qaratish oʻrniga, eronlik xalqning turmush tarzini yaxshilashga qaratishi kerak”. Keyin “Hukumatlar vazifasi oʻz xalqlariga gʻamxoʻrlik qilish hamda xavfsizlik, barqarorlik va tinchlik bilan taʼminlashdan iborat, Eron vazifasi kabi, vayronagarchilik keltirish emas”, deya qoʻshimcha qildi.

Jubayr Eronni “Davlatlar suverenitetini hurmat qilishga, ularning ichki ishlariga aralashmaslikka hamda terrorchi jangarilarni qoʻllab-quvvatlash va ballistik raketalarni uchirishdan voz kechish”ga chaqirdi. Xalqaro hamjamiyatning Eronga nisbatan belgilagan qattiqqoʻl sanktsiyalari unga yoʻllangan bir noma boʻlib, “uning bunday yoʻlda davom etishi sanktsiyalarni yana-da kuchaytirilishiga olib borishi va qimmatga tushishi mumkin, degan mazmunni oʻz ichiga oladi”, deya taʼkidladi”.

Roya gazetasi sharhi:

Eronga shu kabi tahdidlar ustida, shubhasiz, Amerika turibdi. Aynan Amerika 2019 yil may oyi boshida mintaqada AQSh kuchlari uchun tahdid mavjud ekanini daʼvo qilib, zudlik bilan mintaqaga oʻzining askarlarini, samolyotlari va uchoq tashuvchi yirik kemasini yubordi va bunga ham Eron tahdidini roʻkach qildi. Bunday qaynoq muhitni paydo qilishdan maqsad, musulmonlar bilan yahud vujudi oʻrtasidagi kurashga yakun yasab, yangi kurashga maydon ochishdir. Bu kurash maydonida qarshilik harakati maydonini Amerika uchun Eron boshqarib turadi, NATOning arab davlatlari maydonini Amerika uchun Saudlar oilasi boshqarib turadi.

Shuning uchun barcha musulmonlar zimmasiga, Saudlar oilasining Amerika rahnamoligi, balki, amr-farmoni bilan oʻtkazayotgan bu kabi zahriqotil sammitlari qarorlariga qarshi chiqmoq va qirgʻinbarot urushlarga kirishmaslik vazifasi tushmoqda. Zotan, Amerika tomondan uyushtirilayotgan bu urushlardan maqsad, butun mintaqani uzun yillar mobaynida urush iskanjasiga solib, energiyasini tugatib-bitirishdir.

Roya gazetasining 2019 yil 5 iyun chorshanba kungi 237-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.