Saudiya qiroli arab davlatlari favqulodda majlisini chaqirdi

424
0

Saudiya qiroli arab davlatlari favqulodda majlisini chaqirdi

 Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Oli Saud arab davlatlari yetakchilarini favqulodda majlisga  chaqirdi.

 “Ikki muqaddas dargoh xizmatkori (Saudiya podshohining rasmiy unvoni) oʻzining Arab davlatlari Ligasi hamda Fors koʻrfazi hamkorlik Kengashidagi aka-ukalarini 30 iyun kuni Makkada favqulodda ikki sammit oʻtkazish uchun taklif qildi”, – deyiladi xabarda.

 Ushbu chaqiriq, avvalombor, Arab davlatlari Ligasi va Fors koʻrfazi hamkorlik Kengashi boʻlgan davlatlari rahbarlariga qaratilgan, lekin aynan shu kunlarda Makkada Islom hamkorligi Tashkiloti aʼzolarining uchrashuvi ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

 Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayrning aytishicha, Saudiya Arabistoni urush boʻlishini istamaydi, lekin ikkinchi tomon urushni tanlasa “bor kuch va gʻayrati bilan javob beradi”.

 Oʻtgan hafta Fors koʻrfazida nomaʼlum shaxslar tomonidan, Saudiya Arabistoniga tegishli boʻlgan tankerlar  va neft quvurlariga qarshi hujum uyushtirilgan edi. AQSh maxsus xizmatlari xabariga koʻra, ushbu hujumlar Tehronga xayrixoh boʻlgan kuchlar tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.