Iqtisodiy taraqqiyot nima bilan boʻladi?

773
0

Iqtisodiy taraqqiyot nima bilan boʻladi?

Har qanday davlatning rivojlanishi faqat ogʻir sanoatning rivojlanishiga bogʻliq. Qirgʻizistonda yuz berayotgan iqtisodiy krizisning asosiy sababi ham, xalqaro siyosat tarafidan sanoatlashishdan man qilinayotganidir.

Mamlakatning yengil sanoati, xizmat koʻrsatish tarmogʻi, qishloq xoʻjalik va infrastruktura tarmoqlarining barchasi ogʻir sanoatga qaramdir! Shuningdek, yengil sanoatning barcha turi, yoʻl va temir yoʻl qurilishi, infrastruktura tarmoqlarini qurish va qayta qurish ishlari mashinasozlik va stanoksozlik singari ogʻir sanoat tarmoqlariga muhtojdir.

Masalan Qirgʻizistonni olib koʻrsak, siyosiy va iqtisodiy muammolarning barchasi faqat tashqi kuchlarga qaramligi kasofatidan paydo boʻlayotganiga guvoh boʻlamiz. Bor tabiiy boyliklarimizni va hatto inson mehnatiga aloqador imkoniyatlarimizni ham oʻz xohish ixtiyorimizga koʻra tartiblashtira olmaymiz! Hatto eng katta korruptsiya kasofati ostida qolgan asfalьt yoʻlni ham, boshqa davlatlar qurib berishiga muhtojmiz. Hatto temir yoʻlini ham oʻzimiz qura olmaymiz! Chunki yoʻl qurilishi uchun kerakli texnika ishlab chiqarish imkoniyatiga ega emasmiz. Ogʻir sanoati rivojlangan davlatlar esa, yurtimizga faqat oʻz kompaniyalari bilan kirib, vaqti vaqti bilan infrastrukturamizni yangilab millionlagan mablagʻlarimizni olib chiqib ketishadi!

Qirgʻizistondagi qashshoqlik muammosi olamiy boshqaruv sistemasining notoʻgʻri, yaʼni faqat yirik davlatlar manfaati asosida ishlab chiqilgan xalqaro qonunlarga tayangan ekanligiga borib taqaladi!

Xalqaro qonunlar, uchunchi olam (qishloq xoʻjaligiga asoslangan va faqat xom ashyo yetkazib berishga asoslangan) davlatlarini ogʻir va harbiy sanoatlashivuning oldini olish asosiga qurilgan! Yirik davlatlar uchinchi olam, yaʼni agrar davlatlarning yer osti va usti boyliklarini xom ashyo sifatida olamga olib chiqishlaridan manfaatdor. Buni ular “olamiy iqtisodiy globallashgan (markazlashgan, tartiblashtirilgan) boshqaruv sistemasi” deb atashadi.  Yirik va yetakchi davlatlar, olamda yetishtirilayotgan xom ashyolar va qazib olinayotgan yer osti boyliklarining hisobini olib, shunga koʻra kerakli ogʻir sanoat uskunalarini tayorlashadi va oʻzlarining qayta ishlash korxonalari vositasida ogʻir va yengil sanoatni kuchaytirib borishadi. Ular hatto bizning yurtlarimizdagi yer osti va usti boyliklarimizni ham oʻzlari qazib olib chiqib ketishadi!

Qirgʻiziston iqtisodiy krizis botqogʻiga botib boryapti. Bu yerdagi siyosiy doira esa, faqat investor tortish bilan muammoni hal qilish haqida fikrlashdan nariga oʻta olmaydi! Shu siyosiy doira Qumtorni kufrga berib, hozirgacha qaytarib olish u yoqda tursin, hatto yillar mobaynida oʻz ulushining koʻp qismini ham ololmayapti. Xalqaro siyosat va xalqaro sud tizimlarining barchasi mustamlakachilar manfaatlarini himoya qilishadi, ularni xalqaro qonun bilan yengib boʻlmaydi! Shunda ham Qirgʻiziston siyosiy doirasi birini qoʻyib ikkinchi yetakchi davlat korxonalariga yer osti va usti konlarimizni sotishda davom etishyapti.

Qirgʻiriston siyosiy doirasi va yetakchi guruhi xalqaro siyosat bilan hamkorlikda ish olib boradi. Ikkalasi bir boʻlib, xalqni aldash va yetakchi davlatlar manfaati yoʻlida olib borilayotgan hiyla nayranglariga ularni koʻndirish haqida fikrlashdan nariga oʻtolmay qolishdi. Masalan Bishkekdan boshlangan “xavfsiz shahar” nomi ostidagi yoʻl harakatini markaziy kompьyuter orqali nazorat qilish tarmogʻini olsak: juda katta moliyaviy manfaat keltiradigan  bu loiha Rossiya kompaniyasi tomonidan olib boriladi. Fuqorolarning oxirgi somlarigacha tortib olinib, (Qirgʻizistonga tegadigan kichik bir qismidan tashqari) barchasi Rossiya kompaniyasiga berib yuboriladi. Vazirlar bu ish ustidan pora olib, loihaning xavfsizlikka oid tomonlarini koʻpirtirib gapirish bilan kufr manfaatlarini himoya qilishdi va fuqorolar manfaatini oyogʻ osti qilib yuborishdi. TETsdagi kelishuvlar, uran koni atrofidagi shu kunda yuz berayotgan keskinliklar, temir yoʻl tranzit vositasi, Xitoy bilan Rossiya oʻrtasidagi tortishuvlar shular jumlasidan. Prezident va hukumat yirik davlatlarning qaysi biriga xoinlik qilsak ekan, degan siyosiy doira asosidagi fikr bilan boshi qotib qoldi.

Muxolif kuchlar ham shu siyosiy doira vakillaridan hisoblanadi. Ular hokimiyatni olish ilinjida boshqa yirik mustamlakachi davlat bilan til biriktirib, hokimiyatni qoʻlga olishi bilan oʻsha tashqi davlat manfaati uchun xizmat qilishdan boshqa yoʻlni bilmaydi. Shu manfaat asosida oʻzlarini vatanparvar fidoiy qilib koʻrsatishga harakat qilishadi. Hokimiyatning xoinliklarini fosh qilish orqali xalqni jumbushga keltirish yoki xalq ovozini pul bilan sotib olish bilan hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ular ham ishni xoinlik bilan davom ettirishdan oʻzga chora topa olmaydi. Chunki ushbu kapitalistik xalqaro boshqaruv sistemasi ichida mustaqillikka oʻrin yoʻq!

Mustaqil boʻlish uchun mavjud olamiy kufr boshqaruv sistemasini inkor qilish kerak! Xalqaro qonunlarni rad etib, davlat qonunlari va siyosiy elitasi faqat oʻz fuqorolari eʼtiqod qilgan Aqida asosidagi boshqaruv sistemasi (mabdaʼ) asosidagi tuzum bilan boshqarish kerak. Chunki davlat mamlakatni faqat oʻz xalqi eʼtiqod qilgan aqida asosida boshqargandagina oʻygʻonadi! Shunda davlat bilan xalq mamlakatni boshqaradi, uni gʻam tashvishi bilan birga yashay boshlaydi!

Qirgʻizistonning aksariyat fuqorosi musulmonlardan iborat ekanligi sababli, unga demokratik eʼtiqod asosidagi har qanday tuzumni tadbiq qilish uni oʻygʻota olmaydi. Yaʼni, xalq bilan davlat oʻrtasida uygʻunlik paydo boʻlmaydi, aksincha ular oʻrtasidagi jarlik toboro kengayib boraveradi. Demak Qirgʻiziston faqat islomiy hukmlarni sharʼiy tatbiq etilishi bilangina oʻygʻoq va mustaqil mamlakatga aylanishi mumkin!!!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.