Buyuk Britaniya Ukraina bilan birga Rossiya tajovuziga qarshi turmoqchi

496
0

Buyuk Britaniya Ukraina bilan birga Rossiya tajovuziga qarshi turmoqchi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni oʻz mamlakatiga “imkon boʻlgani hamono” safarga taklif qildi. Bu haqida Buyuk Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

Mey va Zelenskiy 23 aprelda telefon orqali muloqot qilgan. Bosh vazir prezidentni saylovdagi gʻalaba bilan qutlagan.

Mey Buyuk Britaniya va Ukraina hamkorligini kengaytirish, xususan, “Rossiya tajovuzini ushlab turishda xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlash” taklifini bildirgan. Bosh vazir shu bilan birga Buyuk Britaniya Ukrainaning suvereniteti va xududiy yahlitligini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Suhbat davomida har ikki tomon yaqin hamkorlik qilishga kelishib olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.