Saylovlarning sharʼiy hukmi

794
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Saylovlarning sharʼiy hukmi

Saylovlardan musulmonlar harom ishga qoʻshilishlari bilan birga oʻz kelajaklarida biror bir oʻzgarishlar, yaxshi tomonga siljishlar boʻlarmikin degan umidda har safar aldanishmoqda. Buning sababi oʻz nomzodini koʻrsatganlarda emas, balki ularga oʻz chchegaralaridanchiqishlariga imkon berayotganimizda, chunki musulmonlar uchun nima qilishlari yoki kim qilishi ham aniq bayon qilingan. Faqat jiddiy musulmon(Islomga boʻysunuvchi)lar boʻlib, Islomimizni kufr aytayotganidek; ruhiy poklanish, ibodat yoki baʼzi bir ijtimoiy masalalardagina deb emas, balki toʻlaligicha, Alloh Taolo nozil qilgandek tushunishligimiz kerak. Chunki Islom hech qanday shubha qoldirmaydigan qilib, hayotning har bir sohasini aniq yechib qoʻygan.

Shu oʻrinda saylov voqeʼligiga aloqador hukmlar haqida mufassal aytmoqchi emasmiz. Faqat Islomda “xalifa”dan boshqasini musulmonlar oʻzlari uchun rahbar qilib olishlari harom ekanini eslatmoqchimiz. Barcha olamlar Rabbisi farz qilgan Islomdagi boshqaruv nizomi – Xalifalik nizomidir. Bu nizomda Allohning Kitobi va Rasulining sunnatiga binoan Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqarishga berilgan bayʼat orqali xalifa tayin qilinadi. Bunga Kitob, sunnat va sahobalar ijmosidan dalillar juda koʻp.

Muslimning Abu Hozimdan qilgan rivoyatidir. U shunday deydi: Men Abu Hurayra bilan besh yil birga boʻldim va undan Rasululloh(s.a.v)ning shunday deganlarini eshitdim:

“كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمْ الأنْبِيَاءُ كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ وَإِنَّهُ لا نَبِيَّ بَعْدِي وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ

فَتَكْثُرُ قَالُوا فَمَا تَأْمُرُنَا قَالَ فُوا بِبَيْعَةِ الأوَّلِ فَالأوَّلِ أَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ”

“Banu Isroilga paygʻambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir paygʻambar halok boʻlsa, ortidan boshqa bir paygʻambar kelardi. Mendan keyin esa paygʻambar yoʻq. Xalifalar boʻladilar. Koʻp boʻladilar. (Sahobalar bizni nimaga buyurasiz? – deb soʻrashdi. Aytdilarki): Eng birinchisining, yana birinchisining bayʼatiga vafo qilinglar. Ularning haqlarini oʻzlariga beringlar. Zero, Alloh ulardan raiyat (fuqaro)ni qanday boshqarganlari haqida soʻraydi”.

Islomdagi (Xalifalikdagi) boshqaruv nizomining shakli olamdagi maʼlum boshqaruv shakllaridan butunlay farq qiladi. Islom nizomi podsholik tuzumi ham emas, shuningdek, Islom nizomi imperatorlik nizomi ham emas. Islom nizomi federativ nizom ham emas. (Bu mavzuʼlarni yoki xalifani saylash hukmlarini “Xalifalik davlati jihozi” kitobidan mufassal, dalillari bilan bilib olishingiz mumkin.)

Islom nizomi respublika nizomi ham emas. Chunki respublika nizomi avval boshdanoq podsholik nizomi zoʻravonligiga rad javobi sifatida vujudga kelgan edi. Oʻsha davrlarda podsho cheklanmagan hukmronlik va saltanatga ega boʻlib, mamlakat va aholi ustidan qanday xohlasa, shunday hukm yuritar, qonunlarni oʻz xohishiga qarab chiqarar edi. Unga qarshi rad javobi sifatida respublika nizomi vujudga keldi va hokimiyat va saltanatni demokratiya degan nom ostida xalqqa oʻtkazdi. Natijada qonunlar chiqaruvchi, yaʼni halol va harom qiluvchi, yaxshi va yomon, deb baho beruvchi xalqning oʻzi boʻlib qoldi. Boshqaruv esa prezidentlik boshqaruviga tayanadigan respublika nizomida prezident va vazirlar qoʻlida, parlament bashqaruviga tayanadigan respublika nizomida esa vazirlar kengashi qoʻlida boʻlib qoldi. (Bunday holatni – yaʼni boshqaruv vazirlar kengashi qoʻlida boʻlishini qirollik tuzumlarida kuzatish mumkin. Bunday tuzumlarda boshqaruv salohiyati qiroldan olib qoʻyilib, u podsholik qiladigan, lekin hukm yuritmaydigan bir ramz boʻlib qoladi).

Islomda esa qonun chiqarish huquqi xalqniki emas, balki faqat ALLOHnikidir. Allohdan boshqa hech kimning halol yoki harom qilishga haqqi yoʻq. Islomda qonun chiqarishni xalqqa topshirib qoʻyish katta jinoyatdir.

Islomdagi boshqaruv nizomi haqiqiy maʼnodagi demokratiya ham emas, yaʼni qonun chiqarishni, narsalarning halol-harom, chiroyli va xunukligini belgilashni hamda shariat hukmlariga rioya qilmay hurriyat degan nom bilan xalqqa berib qoʻygan demokratiya emas. Musulmonlar haqiqiy maʼnodagi demokratiyani qabul qilmasligini kofirlar juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun mustamlakachi kofir davlatlar – bugungi kunda xususan Amerika – musulmonlar yurtlariga demokratiyani aldov yoʻllari bilan kiritishga urinishmoqda, mususulmonlarga adashtiruvchi tasavvurni berish uchun demokratiya hokimni saylash mexanizmidir, deb musulmonlarning tuygʻularini qitiqlashayotganini koʻrasiz. Goʻyoki demokratiyadagi asosiy ish hokimni saylash qilib koʻrsatishadi. Chunki musulmonlar yurtlari – ular podsholik yoki respublika deb nomlanayotgan rejimlar boʻladimi, farqi yoʻq – zoʻravonlik, zulm, ogʻizlarni yopish va diktaturaga mubtalo boʻlgan. Shuning uchun biz aytamizki, bunday balolarga mubtalo boʻlgan musulmon yurtlarda kofirlar “demokratiya hokim saylash yoʻli”, deb uning “bozorini chaqqon” qilishlari oson boʻlib qoldi va kofirlar undagi asosiy narsani, yaʼni qonun chiqarish, halol-harom qilishni Allohga emas, insonga berish ekanligini oʻrab berkitishdi. Hatto baʼzi islomchilar, balki baʼzi shayxlar ham yaxshi niyat bilanmi, yomon niyat bilanmi, bu aldovga laqqa tushishdi. Agar ulardan demokratiya haqida soʻrasangiz, uni hokimni saylash degan eʼtibor bilan joiz deyishadi. Ulardan yomon niyatlilari esa demokratlar demokratiyaga bergan haqiqiy maʼnodan uzoqlashib, uni oʻrab berkitadilar. Demokratiyaning haqiqiy maʼnosi esa hukmronlikni xalqqa berish boʻlib, xalq koʻpchilikning raʼyi bilan xohlagandek qonun chiqarib, narsalarni halol-harom qilib, ularni chiroyli va xunuk deydi. Shuningdek, shaxs oʻz ishlarida erkin boʻlib, xohlagan ishini qiladi, demokratiya va erkinliklar degan nom ostida aroq ham ichaveradi, zino ham qilaveradi, murtad ham boʻlaveradi va muqaddas narsalarni ham soʻkaveradi. Demokratiyaning mazmuniyu voqesi va haqiqati – mana shu. Shunday ekan, Islomga iymon keltirgan musulmon demokratiya joiz yoki demokratiya Islomdan deyishga qanday jurʼat qiladi?!

Alloh nozil qilgan shariatdan oʻzga shariatni, asosni yoki qonunni qabul qilishi musulmonlar uchun aslo mumkin emas. Xalq bunga rozi boʻladimi yoki rozi boʻlmaydimi buning hech ahamiyati yoʻq. Chunki qonun chiqarish yolgʻiz Allohning haqqidir. Qonun chiqarishda biror kishining Allohga sherik boʻlishga haqqi yoʻq. Zero Alloh shunday deydi:

إِنْ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ

– “Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir”. [12:40]

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

– “Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻyinsunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar”. [4:65]

وَلَا تَقُولُوا لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمْ الْكَذِبَ هَذَا حَلَالٌ وَهَذَا حَرَامٌ لِتَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ

– “Alloh shaoniga yolgʻon toʻqish uchun (yaoni Alloh buyurmagan hukmlarni Allohniki deyish uchun) tillaringizga kelgan yolgʻonni gapirib: “Bu halol, bu harom” deyavermanglar! Chunki Alloh shaoniga yolgʻon toʻqiydigan kimsalar hech najot topmaslar”. [16:116]

Adiy ibn Hotam Paygʻambar alayhis-salom huzuriga kirgan paytda Paygʻambar j:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

– “Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmand va rohiblarini Parvardigor deb bildilar”. [9:31]

oyatini oʻqiyotgan edilar. Shunda Adiy ibn Xotam: “Ular roxiblarini Xudo qilib olmaganlar” dedi. Paygʻambar j:“Ularga haromni halol qilib, halolni esa harom qilib berishmaganmi axir. Mana shu ularni (yaoni rohiblarini) Xudo qilib olishlaridir” deb aytganlar.

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.