“Bir kamar, bir yoʻl” ikkinchi forumida 37 davlat yetakchisi ishtirok etadi

951
0

“Bir kamar, bir yoʻl” ikkinchi forumida 37 davlat yetakchisi ishtirok etadi

 Ikkinchi marotaba oʻtkaziladigan “Bir kamar, bir yoʻl” forumida 37 ta davlat prezidentlari va bosh vazirlari ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I matbuot anjumanda maʼlum qildi. 

 “Ikkinchi “Bir kamar, bir yoʻl” forumi Pekinda 25-27 aprelda boʻlib oʻtadi va joriy yilda Xitoydagi bosh xalqaro tadbir boʻladi. Uning ishida 37 ta davlat yetakchisi ishtirok etadi”, deb aytgan Van I.

 Uning taʼkidlashicha, forumda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining raisasi Kristin Lagard va BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ham ishtirok etadi.

 Van Ining maʼlum qilishicha, forum dasturi turli tadbirlarga ancha boy boʻladi. 25 aprelda 12 ta tematik forum va anjuman, 26 aprelda tantanali ochilish marosimi, 27 aprelda umumiy yigʻilish boʻlib oʻtadi. Barcha tadbirlarga Xitoy yetakchisi Si Tszinьpin raislik qiladi.

 Birinchi forum Pekinda 2017 yil mayida boʻlib oʻtgandi. Unda 29 ta davlat yetakchisi ishtirok etgan.

 “Bir kamar, bir yoʻl” kontseptsiyasi Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 dan koʻproq davlatini bogʻlovchi savdo-transport yoʻlaklarini tashkil etish va mavjudlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro tashabbusi boʻlib, ushbu davlatlar va Xitoy oʻrtasida savdo munosabatlarini rivojlantirishda koʻmak berishga chorlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.