Mana sizga “Ayollar huquqlari”, deya jar solayotgan Gʻarbning asl basharasi

1990
0

Mana sizga “Ayollar huquqlari”, deya jar solayotgan Gʻarbning asl basharasi

Pokistonning Karachi shahrida tugʻilgan Ofiyat Siddiqiy, AQShning eng mashhur universitetlaridan biri Garvard universitetini faxriy diplom bilan bitirgan yagona doktordir. U Massachusets Texnologiya Institutida tibbiyotdan taʼlim oldi. Uning turli universitetlardan olgan 144ta faxriy diplomi ham bor. Nevrologiya sohasida ishlab, neyroxirurg (miya jarrohi) sifatida diplomga ega boʻldi. Tabobat sohasida unga teng keladigan doktor hatto AQShda ham topilmaydi…!

Oʻqishni bitirgandan soʻng oʻz yurtiga qaytib, hijobga kirgan doktor insoniyatni biologik qurollar halokatidan qutqaradigan yangi dastur ustida ishlay boshladi. Hamma balo Ofiyat Siddiqiyning turmush oʻrtogʻi uning maxfiy ishlarini amerikaliklarga maʼlum qilgan kundan boshlandi. Chunki, agar u oʻz ishini muvaffaqiyatli yakunlasa, milliardlab dollar evaziga yaratilgan AQShning biologik qurollari bir pulga qimmat matohga aylanishi taʼyin edi. Shuning uchun AQSh razvedkasi unga “mazkur dasturni toʻxtatishni va uni chala holatida boʻlsa ham, katta pul evaziga oʻzlariga sotishni” taklif qildi, ammo u “hanuz tamomlamadim”, deya bu taklifni rad etdi.

Shundan soʻng 2003 yilda onasini ziyorat qilish uchun Islomoboddan Karachiga borayotgan Ofiyat Siddiqiy aeroportda uch farzandi bilan birga gʻoyib boʻldi. Keyinroq esa, Pokiston politsiyasining yordami bilan AQSh razvedkasi tomonidan oʻgʻirlab ketilganligi maʼlum boʻldi. Aeroportda majburan ukoldan hushini yoʻqotgan Ofiyatxonim AQSh va Afgʻonistonning sharmandali yuzi boʻlgan Bagram qamoqxonasida oʻziga keldi. Uni erkak mahbuslarning orasiga tashlashdi. Soqchilarning uzluksiz azoblashlari va mahbuslarning zoʻrlashlari sababli uning chinqiriqlari kechasi bilan quloqlarni larzaga solardi. Qiynoqlar tufayli bitta buyragi va ichaklarining bir qismidan ajraldi. Ruhan qiynoqqa solish uchun bir necha kunlab dahshatdan qichqirayotgan farzandlarining ovozlari eshittirildi. 7 yoshli farzandining qonga belangan rasmini koʻrsatishdi, qizi Maryamning kasallikdan vafot etganligini aytishdi. U besh yildan ortiq qamoqxonaning bir kishilik kamerasida yolgʻiz saqlandi.

Afgʻonistondagi Tolibon tomonidan garovga olinib, qoʻyib yuborilgan va keyinroq musulmon boʻlgan mashhur Ingliz jurnalisti Ivonn Ridlining bildirishicha, Ofiyat Siddiqiyga nisbatan qoʻllanga qiynoqlarga hatto eng kuchli erkaklar ham dosh bera olmas edi. Nьyu-Yorkda birinchi sudga chiqqanda ahvoli oʻta ogʻir, mustaqil oyoqda turolmas, hatto oʻtirganda ham bir kishiga suyanib turishi kerak edi. Juda ozib ketgan, tanasida qonab turgan joylari ham bor edi.

Qoʻlga olingan paytda berilgan nomaʼlum dorining taʼsiridan psixologiyasi buzilgan va yoʻqolgan farzandlarining gʻami bilan qattiq ruhiy tushkunlikka tushgan hamda qiynoqlar tufayli ogʻir jarohatlar olgan Ofiyat Siddiqiy jiddiy davolanishga muxtoj boʻlgan boʻlsada, AQSh bunga aslo izn bermadi.

Mana sizga “Ayollar huquqlari”, deya tinmay jar solayotgan Gʻarbning asl basharasi.

Ofiyat Siddiqiyning onasi ramazon oylarining birida u bilan telefon orqali gaplashish imkoniga muyassar boʻldi. Ofiyatxonim suhbat chogʻida onasiga shunday dedi: “Men tushimda tez-tez Paygʻambar sollollohu alayhi vasallamni koʻrib turibman. Bir koʻrganimda meni Oisha roziyallohu anhoning yonlariga olib borib, “qizimizni yoningga ol”, deya marhamat qildilar”.

Xalifalik davlati qulatilganidan keyin Islom ummati mana shunday ahvolga tushib qoldi. Vaholangki, bu Ummat insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatdir. Bu ummat “ey Moʻʼtasim, qayerdasiz” deb faryod solgan bitta muslima ayolning or¬nomusini himoya qilish uchun Rum qoʻshiniga qarshi butun boshli Islom lashkarini ayoqqa turgʻizgan Moʻʼtasimning nabiralaridir!

Rosululloh s.a.v. shunday marhamat qildilar:

إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ

“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”.

Ofiyat Siddiqiy hodisasi mazkur hadisi sharifda aytilgan “qalqonga” juda muhtojligimizni yana bir bor koʻrsatib turipti. Yaʼni biz oʻzimizni himoya qiluvchi Xalifamizga muhtojmiz. Ummatni Alloh Subhanahu va Taoloning shariati asosida birlashtiradigan bitta Xalifaga muhtojmiz. U Xalifa hamma joydagi Ummatni ozod qilish uchun armiyani safarbar qiladi. Faqat Xalifalik davlati barpo boʻlgandagina Ummatni himoya qilishi mumkindir. Faqat oʻshandagina ayollar nomusi saqlab qolinadi.

Shunday ekan Islom ummati koʻzini kattaroq ochishi va paygʻambarlik minjohi asosidagi Xalifalik davlatini barpo qilish uchun bor kuchi bilan harakat qilishlari vojibdir. Zero, Xalifalik nafaqat Ofiyatxonimni, balki dunyoning har bir yerida Faqat musulmon boʻlganligi uchun aziyat chekayotgan barcha musulmonlarni ozod qiladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.