Rossiya harbiy sudi Hizb ut-Tahrir yigitlariga qarshi navbatdagi qamoq hukmini chiqardi

459
0

Rossiya harbiy sudi Hizb ut-Tahrir yigitlariga qarshi navbatdagi qamoq hukmini chiqardi

Rossiyaning Privoljskiy tribunali 2019 yil 13 martda Hizb ut-Tahrirning Tataristondagi aʼzolaridan toʻrt nafarini qamoq jazosiga hukm qildi. Quyida ularning ism shariflarini keltiramiz:

–     1977 yilda tugʻilgan Ruslan Sungatov 22 yil, ikki yilini yakka tartibdagi qamoq jazosida oʻtaydi;

–     1985 yilda tugʻilgan Rustam Yamaliyev 20 yil, ikki yilini yakka tartibdagi qamoq jazosida oʻtaydi;

–     1984 yilda tugʻilgan Ilьnar Zinnatov 19 yil, bir yarim yilini yakka tartibdagi qamoq jazosida oʻtaydi;

–     1979 yilda tugʻilgan Murat Tulyakov, bir yarim yilini yakka tartibdagi qamoq jazosida oʻtaydi;

–     1985 yilda tugʻilgan Irek Nasirov 18 yil, bir yarim yilini yakka tartibdagi qamoq jazosida oʻtaydi.

Sud bu yigitlarni jinoyat kodeksiga koʻra, aybdor deb topdi. Bunda 2003 yildagi Rossiya oliy sudining Hizb ut-Tahrirga nisbatan terroristik tashkilot, deya chiqargan qaroriga tayandi. Ushbu qarorga koʻra, Rossiyaning adolatsiz qonunlari boʻyicha Hizbga aʼzo boʻlish jinoyat sanaladi.

Shu xususda Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot boʻlimi chiqargan bayonotda bunday deyiladi:

“Sudning bunday qaror va hukmi siyosiydir. Har galgi sudlovlarda boʻlgani kabi, bu gal ham, Rossiya Federal xavfsizlik kuchlari Hizb ut-Tahrir aʼzolariga nisbatan shunday hukm qilishni buyurgan. “Men nima ham deya olardim, axir, sud Beshinchi maxsus xavfsizlik kuchlari nazorati ostida qolgan boʻlsa?!”, deydi rus advokati Genri Reznik”.

Matbuot bayonotida qoʻshimcha qilinadi:

Sudning bu hukmi Hizb ut-Tahrir yigitlari uchun kutilmagan fojia boʻlgani yoʻq. Chunki ular Rossiyaning Islomga boʻlgan adovatini yaxshi biladilar. Buni ularning ustidan hukm chiqarilishidan bir oz avval oʻzlari turmadan chiqargan quyidagi maktub ham aytib turibdi:

“Rossiya Islom va musulmonlarga urush ochgan bir paytda biz uning qamogʻida yotibmiz. Biz koʻrdikki, Federal xavfsizlik kuchlari “terrorizm” ayblovi bilan 82 yoshli qari keksa ayolning uyiga bostirib kirishdi va qattiq qoʻrqib ketish oqibatida bu ayol kasalxonada hayotdan koʻz yumdi… Chelyabinskda Federal xavfsizlik kuchlari bir nogironni tergov izolyatorida uzoq vaqt qiynoqqa tutdi… Kavkazda musulmon yigitlar hech qanday aybsiz oʻldirib yuborildilar… Volga boʻyida musulmonlar oʻz erkinliklaridan mahrum qilinmoqdalar… keksalik nafaqasidan bir qismini hibsdagi musulmonlarga ehson qilmoqchi boʻlgan qariyalarga Federal xavfsizlik kuchlari tahdid qilinmoq. Endi esa, ayni shu federal xavfsizlik kuchlari – goʻyo biz armiya safidagi jinoyatchilardek – bizni harbiy tribunalda sudlashyapti.

Daʼvatni yetkazayotganlar qamoqdan hech qachon chiqmasliklari uchun qamoq muddatlariga yana qoʻshib qoʻyilayotganiga ham guvoh boʻlib turibmiz. Bularning barchasi Allohga daʼvat qilish va Rosululloh ﷺning tariqatlariga amal qilishdan voz kechishimiz uchun sodir etilmoqda. Biroq biz Rosulullohning tariqatlarini tanlaganmiz hamda ahli oilalarimiz va yaqinlarimizdan toabad mahrum etishsa-da, Allohning izni ila, bunda sodiq qolib, ularga Alloh Taoloning ushbu kalomi bilan javob beramiz:

فَاقْضِ مَا أَنتَ قَاضٍ إِنَّمَا تَقْضِي هَذِهِ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا

“Bas, qiladigan hukmingni qilaver. Sen faqat mana shu dunyodagina hukm qilursan” [Toha 72]

Ayni paytda, biz shuni yaxshi bilamizki, togʻutlar zamoni oxirlab qoldi, yaqin kunda yer yuzi Parvardigor nuriga burkanajakdir. Biz Allohning qazo va qadariga rozimiz, bilamizki, haqiqiy baxtga ushbu haq yoʻl olib boradi”.

Roya gazetasining 2019 yil 20 mart chorshanba kungi 226-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.