Yana moliyaviy krizis boʻlishi mumkinmi?

491
0

Yana moliyaviy krizis boʻlishi mumkinmi?

Ustoz Jamol Garved qalamiga mansub

Soʻnggi paytlarda dunyodagi asosiy iqtisodiyotga yana bir krizis zarba berishi mumkin, degan taxminlar kuchaymoqda. Shunday boʻlishi tabiiy. Chunki oxirgi krizis toʻliq yengib oʻtilmadi. Iqtisodiy oʻsish atigi 2 %ni tashkil qilganini hisobga olganda, krizis deyarli yengil oʻtilmadi deyish mumkin. Yuz bergan oʻsish ham ulkan miqdorda pul bosib chiqarilishi hisobiga boʻldi. Ustiga-ustak, AQSh va Yevropada byudjet defitsiti ortmoqda. Mudom hukumatlar har doim qilib kelmagan ishni, yaʼni sarf-xarajatlarni cheklashni uddalolmas ekan, koʻproq pul bosib chiqarishga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, riboli foiz stavkalari nisbati ortib ketdi. Bu narsa qarzlarga qoʻshimcha foiz stavkalarini ham toʻlash bilan byudjet defitsitini orttirib yuboradi. Masalan, AQSh soliqdan tushgan kirimlaridan qarz xizmatlari uchun 25 % toʻlaydi, Britaniya 26 % toʻlaydi… Boshqalar bundan ham yomon ahvolda. Masalan, Irlandiya 50 %. Soʻnggi krizisdan beri global qarz (hukumatlar, shirkatlar va shaxslar qarzlari) yana ham ortmoqda. Bugun global qarz 250 trillion dollardan oshib ketdi. Bu – dunyo iqtisodiyoti hajmidan besh barobar koʻp demakdir. Xitoy qarzi (davlat va xususiy shirkatlar qarzi) 34 trillionga yetdi.

Siyosatchilar va bankirlar AQShdagi iqtisod haqida soʻz yuritishyapti. Biroq iqtisod jar yoqasida turibdi. Birja bozori 20 %dan ortiq tushib ketish bilan toʻqson yildan beri eng yomon oyni boshdan kechiryapti. 2008 yilgi krizisda birja bozori 50 %dan pastlab ketdi. AQSh maʼmuriyati yetarli darajada xavotirga tushib qoldi. Shuning uchun ham moliya vaziri Stiven Mnuchin 24 dekabrda Amerikaning oltita yirik banklari bilan bogʻlandi. Oʻsha paytdan beri “choʻkishdan qutqarib qolish guruhi” birjadagi pasayishni koʻproq yopish maqsadida Amerika fond bozorini va u yerdagi qimmatbaho qogʻozlarini dadil sotib olayotgan edi. Qimmatbaho qogʻozlar bozoridagi bunday surunkali pasayish xatarli muammolarni kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Chunki iqtisoddagi ishonch bozorga boʻlgan ishonch bilan chambarchas bogʻliqdir. Bunga qoʻshimcha, pensiya jamgʻarmalari, mahalliy boshqaruv organlari, bank aktivlari va yirik shirkatlar ham shu bozorga bogʻliqdir. Choʻkishdan qutqaruv guruhi ishi ham notoʻgʻri. Chunki hukumat real boʻlmagan “erkin bozor”da omma mulkidan foydalanish orqali aralashmoqda.

Federal bankning taʼkidlashicha, protsent stavkalari nisbatini koʻtarish qisqa vaqt toʻxtatib turiladi. Ular nol foiz stavka belgilashdek – oxirgi krizis uchun belgilangan favqulodda hisoblangan – gʻayrioddiy siyosat endi tugadi, iqtisod kuchli degan narsani koʻrsatish uchun protsent stavkalarini koʻtarib qoʻyishgan edi. Biroq bu krizisni tinchlantirish uchun 10 yil ketdi… Bugun esa, navbatdagi krizisni bartaraf qilishga urinilib, protsent stavkasi yana tushiriladi! Xoʻsh, bor kuchni sarflab, (hech qanday asossiz ravishda pul bosib chiqarish bilan) nisbatan yengillashtirishga yana qancha vaqt kerak, ayniqsa, Tramp himoya qilayotgan byudjetda ulkan defitsit kuzatilayotgan boʻlsa?!

AQSh dollari xalqaro valyuta zaxirasi sifatida hukmron edi. Biroq bugun xitoylar, ruslar va boshqalar oʻzlarining oltin zaxiralarini tobora koʻpaytirishmoqda hamda dollar xalqaro savdodagi yagona valyuta boʻlib turgan bir paytda, oʻzlarining mahalliy valyutalarini ishga solishmoqda. Garchi ular hozirda AQSh dollari hukmronligiga qarshi kurashadigan vaziyatda boʻlmasalar-da, biroq maʼlum bir pozitsiyani qabul qilishdi. Darvoqe, mana shu dollar ishlatilar ekan, Amerika qarzi 21 trillionga yetdi… Zero, qimmatbaho qogʻozlar, aktsiyalar va koʻpikdan iborat koʻchmas mulklar… barchasi rekord darajada yuqori miqdorda bozorga toʻkildi va 21 trillion qarz shundan kelib chiqdi. Birin-ketin kelayotgan maʼmuriyatlar pul bosib chiqarish bilan shugʻullanib, boylik toʻplashning gʻirrom yoʻlini yaratishdi (masalan, uy-joylar kabi odamlarning aktivlari bahosi oshib ketyapti, yaʼni, iqtisod borasida koʻproq xarajat qilishyapti). Lekin bu koʻpik yorilib ketsa, xuddi fond bozori va koʻchmas mulklar kabi, buning taʼsiri halokatli boʻladi.

Inflyatsiya darajasi ortmoqda, uzoq muddatli stavkalarni – kapitalistik bozor talabiga binoan – koʻtarishga toʻgʻri kelyapti. Oʻz navbatida, bu (protsent stavkalari nisbati koʻtarilib, qimmatbaho qogʻozlar narxi tushib ketgan paytda) qimmatbaho qogʻozlar bozoriga taʼsir qiladi. Shuningdek, riboli protsent stavkalariga nisbatan “bosim” bor. Buni byudjetdagi defitsitning ochiq koʻrinib turgani, oʻsish degan narsa xom xayol ekanini koʻrsatib turibdi. Katta koʻrsatkichlardan katta defitsit tushuniladi, qanchalik koʻp pul bosib chiqarilgani sari, shunchalik tiklanish yomonlashmoqda, defitsit shunchalik kattaymoqda, markaziy banklar nazoratini yoʻqotmoqda.

Kelgusi krizisning manbasi Yevropa boʻlishi mumkin. Ayni paytda kantitativ yumshatish uchun Amerika 2.4 trillion ajratgan boʻlsa, Yevropa Ittifoqi 3 trillion ajratdi va ularning iqtisodi inqirozga uchramoqda. Nol foizli stavkalar koʻtarilmagan boʻlsa-da, Italiya suveren qimmatbaho qogʻozlarning protsent stavkasi oshib ketishini boshdan kechirmoqda. Bu albatta, Yevropa Ittifoqi davrida shunday boʻlishi tabiiy. Portugaliya, Italiya, Irlandiya, Gretsiya va Ispaniyadan iborat mamlakatlardagi ahvol – ayniqsa, xususiy bank tizimlarida – juda xatarli. Irlandiyaning har bir shaxsga 100.000 dollar toʻgʻri keladigan mablagʻi bor va u Breksitning yakuniy natijasidan xavotirlanmoqda. Bugun bu yurtlarda xalq noroziligi alanga olishi hamda siyosiy partiyalar va ularning rahbarlariga qarshi noroziliklar koʻtarilishi gʻayritabiiy holatda emas.

Aholi orasida tartibsizliklar masalasida Londondagi Lordlar palatasining kam ish haqi boʻyicha qoʻmita rahbari Ader Terner bunday dedi: “Kapitalizmning egalitar (barobar taqsimlovchi) emasligini hamma yaxshi biladi. Biroq oʻnlab yillar mobaynida – barchaning oʻz qayigʻi yaxshi suzmoqda, barcha maʼlum rohat-farogʻat his etmoqda, degan katta-katta vaʼdalar mavjud, ammo bu xatodir”, dedi. Keyin u ishlab chiqarishda zahri qotil krizis borligini, real maoshlar pastligini, tengsizlik tobora oʻsayotganini taʼkidlab bunday dedi: “Buning zahri qotilligi shundaki, koʻpchilik odamlar kapitalizm tuzumining ularga yaxshilik bermaydi, deb his etmoqdalar, bu esa, iqtisodchilar uchun katta muammodir”.

Isteʼmolchining ishonchi pastlamoqda, boylik hamon bir siqim boylar qoʻlida qolmoqda. Shunga qaramay, bu boylar koʻproq xarajat qilish va koʻproq qarz berishda shu odamlarga suyanishyapti, vaholanki odamlar ulardek emaslar. Iqtisod juda zaif, oʻsishga muhtoj.

Kapitalistik iqtisod ishonchga tayanadi. Biroq bu ishonch degan soʻz yolgʻon ishonch yoki vazifani band etish kabi iboraning bir qismi, xolos. Kapitalizm bozorlari hukumat aralashuvi bilan qoʻllab-quvvatlanadi, uning mollari esa, hech qanday qoʻllab-quvvatlovi yoʻq bir qogʻozdan iborat. Bu qogʻozni koʻproq bosib chiqarish siyosatchilar nafs-havosiga bogʻliq. Oʻz qonun-qoidalarini xuddi paypoq almashtirgandek almashtirib ketishaveradi.

Aslida, masala hech qanday krizis boʻlmaydigan zamon masalasidir.

أَلا إِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلَـكِن لاَّ يَشْعُرُونَ

“Ogoh boʻlingizkim, ular albatta buzgʻunchilardir, lekin oʻzlari buni sezmaydilar”       [Baqara 12]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.