Yevroparlament Moskvaga qarshi jiddiy choralar koʻrishga kirishmoqda

468
0

Yevroparlament Moskvaga qarshi jiddiy choralar koʻrishga kirishmoqda

Yevroparlament Bryussel va Moskva siyosiy munosabatlari toʻgʻrisidagi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Hujjatda “Shimoliy oqim – 2”ni toʻxtatish haqida ham taklif bor.

Hujjat matnida “Shimoliy oqim – 2” Yevropa ittifoqini Rossiyadan yetkazib beriladigan gazga tobeligini oshirishi, shuningdek, Yevropa ichki bozoriga tahdid solishi va YeI energetika siyosati yoki YeIning strategik manfaatlariga mutlaqo muvofiq kelmasligi haqida taʼkidlangan.

Hujjat shuningdek: personal sanktsiyalarni kengaytirish imkoniyatini koʻrib chiqish, Rossiya uchun moliya va texnologiyalarga yoʻlni yopish, Moskvani boshqa strategik sherik hisoblamaslikka chaqiradi.
Yevropa komissiyasi va yevropa diplomatik xizmatlariga “zudlik bilan YeI uchun umumiy boʻlgan “Magnitskiy qonuni” boʻyicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqish” taklif etilgan.
Bu vizaviy taʼqiqlar va manzilli sanktsiyalarni kiritish imkonini berishi kutilmoqda. Misol uchun, “EI yurisdiktsiyasi doirasida alohida shaxslarga nisbatan mol-mulk va mulkiy manfaatlarni bloklash” kabi. Shuningdek, tegishli sanktsiyaviy roʻyxatni tuzish ham rejalashtirilmoqda.
Hujjat matnida, Rossiya endilikda strategik sherik deb tan olinmasligi, negaki sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim printsiplariga “endi amal qilinmayotgani” haqida aytilgan. YeI aʼzolariga Moskvaga nisbatan tashqi siyosatni qaytadan koʻrib chiqish taklif etilgan.
Ushbu rezolyutsiya tashabbuskori Latviya vakili yevrodeputat Sandra Kalniyetedir. Ayol talabi boʻyicha “Agarda Rossiya tomonidan xalqaro huquq buzilishi davom etsa” Moskvaga nisbatan choralar kiritilishi lozim.
Ushbu hujjat uchun 402 deputat ovoz bergan, 163 nafari qarshi chiqqan, yana 89 nafari betarafligini bildirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.